46
10.
Pnevmatik va aerozol transport qurilmalari.
11.
Nasoslar turlari, ishlash printsipi.
2-qism. MOYLI URUG’LARNI MOY OLISHGA TAYYORLASH
III- bob. MOYLI URUG’LARNI ARALASHMALARDAN TOZALASH
JARAYONI VA USKUNALARI
3.1.Urug’larni tozalash usullari
Zavodga qabul qilinadigan moyli urug’lar tashish vaqtida har xil chiqindilar
bilan ifloslanishi mumkin. Urug’larga qo’shilib qolgan aralashmalar asosan uch xil:
moyli, organik va anorganik chiqindi bo’ladi.
Yog’li chiqindilar singan, ezilgan, po’chog’i chaqilgan, mag’zi ezilgan urug’dan
iborat bo’lib, chigit va boshqa moyli urug’larni saqlash va qayta ishlashda katta zarar
yetkazadi. Chunki ular havodagi namlik va kislorod ta‘sirida buzilib, yog’ kislotalari,
ketonlar va boshqa har xil uchuvchan
moddalarga parchalanadi, natijada moyning
sifati buziladi.
Organik chiqindilarga g’o’za po’chog’i, barglar, paxta tolalari va xas-xashaklar
kiradi. Bunday chiqindilar urug’ni tez qizdirib yuboradi, moy olishda mashinalarning
ayrim joylariga tiqilib qolib, avariyaga olib kelishi mumkin.
Anorganik chiqindilar tosh, g’isht
maydalari, qum, tuproq, temir, mix, bolt va
shunga uxshashlardan iborat. Bularning miqdori 1-10 % gacha bo’lishi mumkin.
Bunday chiqindilar texnologik uskunalarni va mashinalarni ishdan chiqaradi,
sindiradi va yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Urug’larni tozalash natijasida ularning
saqlash barqarorligi oshadi, ishlab
chiqilgan mahsulot (moy, kunjara, shrot)ning sifati va texnologik qurilmalarning ish
unumdorligi oshadi, eyilishi kamayadi, omborlar sig’imidan
rasional foydalaniladi,
ishlab chiqarish sexlar va korxonalarda sanitar holati yaxshilanadi.
Moyli urug’lar yaxshi saqlanishi va sanoatda turli noxush hodisalar ro’y
bermasligi uchun ular tozalanadi.
Korxonalarda moyli urug’larni tozalash jarayoni ikki bosqichda:
47
saqlashdan oldin;
ishlab chiqarishga yuborishdan oldin (texnologik tozalash) amalga oshiriladi.
Birinchi va ikkinchi bosqichda tozalashda bir xil texnologik uskunalardan
foydalaniladi, lekin ular turli rejimda ishlatiladi.
Moyli urug’lar quyidagi xususiyatlariga asosan aralash moddalardan
tozalaniladi:
-urug’ va aralash moddaning o’lchami va shakliga asosan. Urug’larni tozalashda
o’lchami va shakli har xil bo’lgan elaklar qo’llaniladi;
-urug’ va aralash moddalarning aerodinamik xususiyatlariga asosan.
Bunday
tozalashda urug’ massasini havo oqimida separatsiya qiladigan qurilmalar
qo’llaniladi;
-urug’ va aralash moddalarning magnitlanish xususiyatlariga asosan, ya’ni urug’
va aralash moddalarning ferromagnit xususiyatlari farqi hisobidan.
Hozirgi vaqtda sanoatda ishlatilayotgan tozalash qurilmalarining ko’pchiligi
moyli urug’ va aralash moddalarning yuqoridagi hamma hususiyatlarini hisobga
olgan holda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: