44
Shesternali nasoslarning tuzilishi juda sodda. Oddiy
shesternali nasoslarning
asosiy ish detallari ikkita bir xil shesterna bo’lib, ular korpus ichiga joylashgan
bo’ladi. Etaklovchi shesterna harakatni dvigateldan oladi. Nasosda ikkita qopqoq
bo’lib, ularda etaklovchi va etaklanuvchi valiklar podshipnik va salniklar bilan
ta`minlangan. Nasos korpusida ikkita teshik bor, bittasi S – so’rish teshigi – shesterna
tishchalari o’zaro
ajralayotgan tomonda, ikkinchisi teskari tomonda – tishchalar
ishlayotgan tomonda bo’lib, haydash teshigi deyiladi.
Nasosning ishlash printsipi quyidagicha. Etaklovchi val o’zida o’rnatilgan
shesternasi bilan dvigatel yordamida harakatga keltiriladi, etaklanuvchi shesterna esa,
undan aylanma harakat oladi. Shesternalar aylanayotganda tishlar so’rish bo’shlig’ida
(S) bir–biridan uzoqlashadi. Natijada tishlar orasidagi chuqurchada suyuqlikning
katta tezlikda olib ketishi sababli so’rish bo’shlig’ida siyraklanish vujudga keladi va
so’rish teshigiga suyuqlik kela boshlaydi.
Tishlar orasidagi chuqurchalardagi suyuqlik tishlar o’zaro ilash paytida haydash
bo’shligi (x) ga siqib chiqariladi, natijada haydash bo’shligida bosim ortib, suyuqlik
tarmoqqa
uzatiladi.
Shesternali
nasoslar
ishlayotganda
tishlar
orasidagi
chuqurchalarda katta bosim vujudga kelib, u valik va nasos tayanchiga beriladi. Bu
kuchlarni kamaytirish uchun tishlar orasidagi teshikchalarda
suyuqlikning qolib
ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Shu maqsadda yuqori bosimli nasoslardagi
chuqurchalarga radial ariqchalar qilinadi. Bu ariqchalardagi qoldiq suyuqlik chiqarib
yuboriladi, natijada nasos tayanchi va valiklardagi yuk kamayadi. Shesternali
nasoslar tashqi va ichki ilashuvchi qilib yasaladi. Tashqi ilashuvchi nasoslar ko’p
ishlatiladi. Ichki ilashuvchi kompakt nasoslar kichik qurilmalarda ishlatiladi.
Shesternali nasoslar hosil qilgan bosimga qarab past (10 kg/sm
2
gacha), o’rtacha
(30 kg/sm
2
gacha) va yuqori (100 kg/sm
2
) bosimli bo’ladi. Past bosimli nasoslar
stanok
va mashinalar, ichki yonuv dvigatellarining sistemalarida qo’llaniladi.
O`rtacha bosimli nasoslar kuch organlariga harakatni tez uzatish kerak bo’ladigan
stanoklarning gidrouzatmalarida (masalan, parmalash, pardozlash stanoklarida)
ishlatiladi. Yuqori bosimli nasoslar stanokning ichki organiga katta kuch uzatish
lozim bo’lgan gidrouzatmalarda qo’llaniladi. Shesternali nasos 2, 3, 4 va hatto 5
45
shesternali bo’lishi mumkin, ammo 3 dan yuqori shesternalar qo’llanilganda FIK
kamayib ketadi. 3 shesternali nasos 2 shesternaliga nisbatan katta ish unumiga ega,
lekin hajmiy FIK kichik.
20-rasm. Shesternali nasosning ishchi qismi
.
So'nggi paytlarda xom ashyoni qabul qilish
va tashish usullarini
takomillashtirishga ko'proq e'tibor berilmoqda.
Urug’larni qabul qilishda pnevmatik uskunalarga alohida e'tibor
qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: