Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


VIII .Suv va ichimliklar tadbiri haqida



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   204
Bog'liq
dorivor

VIII .Suv va ichimliklar tadbiri haqida 
Mo`tadil mizojli odamlarga eng yoqadigan suv sovuqligi o`rtacha yoki 
tashqaridan muz bilan sovutilgan suvdir, lekin muz solib suv ichish yaxshi emas. 
Chunki suvda erigan muz asablarga, nafas a`zolariga va umuman ichki a`zolarga 
zarar qiladi. Ichiga muz solib sovutilgan suv qoni juda ko`p bo`lgan bemorlarga 


103 
tavsiya etilgan, boshqa kishilarga tavsiya etilmagan. Bunday suv darhol zarar 
qilmasa ham, vaqt o`tishi bilan va yosh ulg’ayishi bilan zarar qiladi. Nahorda 
badantarbiyadan keyin suv ichish, hammomga tushgandan keyin, ayniqsa och 
qorinda suv ichish, shuningdek, kechasi mast kishilarda paydo bo`ladigan 
yolg’ondakam tashnalikda, hamda tabiat ovqatning hazmi bilan ovora bo`lib turgan 
vaqtda suv ichish zararlidir. Juda sovuq bo`lgan suvni ichish eng yomondir. Agar uni 
ichmaslikni iloji bo`lmasa, yetarli darajadagi ovqatdan keyin ichish kerak. Iliq suv 
ko`ngilni aynitadi. Undan ko`ra issiqroq suvni ko`p ichish, me`dani sust qiladi. Agar 
goh - gohida suv ichilsa, u me`dani yuvadi va ichni yumshatadi. Sharob safrosi 
ko`paygan kishilarga safrolarini siydik orqali chiqarish bilan, ho`lligi ko`paygan 
kishilarga ho`lliklarini yetiltirish bilan foyda qiladi. Sharobning xushbo’yligi, 
tiniqligi va mazasi qancha yaxshi bo`lsa, o`sha eng muvofiqidir. Sharob ovqatni 
gavdaning hamma qismiga yaxshi o`tkazuvchidir. Sharob balg’amni kesadi va 
eritadi, siydik va boshqa vosita bilan safroni chiqaradi, qora o`tni so`rilishini 
qiyinlashtiradi, uni osonlik bilan gavdadan chiqaradi, uning zararli ta`sirini 
qaytaradi. Badanni ortiqcha qizdirishdan saqlab, undagi barcha qotgan narsalarni 
eritadi. 
IX. Badantarbiyadan keyin keladigan charchash haqida 
Dastavval Ibn Sino charchashning turlarini 3 ga bo`lib, keyinchalik ularga 
to`rtinchisini ham kiritgan. Charchash paydo bo`lishining sababi 2 tadir. 
Charchashning 3 turi: yarali charchash, qotib charchash va shishli charchash. 
Qo`shimcha to`rtinchi tur rangpar, qurib va ozib charchash deb ataladi. Yarali 
charchash shuki, unda terining yuzida yoki tagida yaraga tegishli va qadalish 
vaqtidagi kabi bir narsa seziladi. Buning eng kuchlisi eng chuqur joyda bo`lganidir. 
Shu turi ushlab ko`rganda seziladi, goho kishi uni harakat vaqtida sezadi; u kishi 
gavdasida tikan qadalish kabi bir holatni sezadi. Shu xil charchashga uchragan 
kishilar hech bir harakatni, hatto kerishishni ham yoqtirmaydilar va kuchsizgina 


104 
kerishadilar. Bu xil charchash qattiq bo`lsa, kishining etlari uvishadi, agar oshib 
ketsa, unga qaltiratuvchi isitma tegib, isitmalaydi. 
Bu xil charchashning sababi-suyuq o`tkir chiqindilarning ko`pligi yoki 
harakatning qattiqligidan go`sht va yog’ning erishidir. Umuman buning sababi 
yomon xiltlar bo`lib, tomirlarga tarqalishi bilan qonni parchalaydi. Bu uning 
zararidir. Yomon xiltlar teri atrofiga tarqalsa, aziyat yetkazadi, xolos. Zararning eng 
ozi yarali charchashni keltirishidir, agar yomon xiltlar bir oz tarqalsa, et uvishishni, 
ko`p tarqalsa-qaltiratuvchi isitmani paydo qiladi. Ba`zi vaqt o`tkir xiltlar tarqalib, 
tomirlarda yetilgan balg’am qoladi. Ba`zan xom balg’am ham go`shtda qoladi. Qotib 
charchash shuki, unga charchagan kishi go’yo gavdasini bosilgan va majaqlangan 
singari his qilib, gavdasiga issiqlik va taranglik sezadi. U kishi harakat qilishni, xatto 
kerishishni ham istamaydi, ayniqsa, agar charchash biror mehnat sababli bo`lsa, 
harakatni sira yoqtirmaydi. Bu turli charchash mushakda qamalib qolgan 
chiqindilardan vujudga keladi; lekin u chiqindilarning moddasi yaxshi bo`lib, ularda 
kuydirib achitish bo`lmaydi. Ba`zan, bu xil charchash boddan paydo bo`ladi, bu ikki 
turning paydo bo`lishi yengil va og’ir holatga ajratiladi. Bu xil charchash ko`p vaqt 
raso bo`lmagan uyqudan keyin ham paydo bo`ladi. Charchash ko`p uyqudan keyin 
paydo bo`lgani ham uchun bu tur charchash yomondir. Eng yomoni esa mushak 
bo`laklarini turganicha qotirib tarang qilib qo`yuvchi charchashdir. Shishli 
charchashga kelsak, bunda gavda odatdagidan qiziganroq bo`lib, hajmi, rangi 
o`zgaradi va harakatni yoqtirmaydi, shishganga o`xshab turadi. Bu bilan ham 
taranglik seziladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish