11
o‗ziga
mos kelish, eydos (g‗oya)ning ko‗rinmas ma‘no chegaralarini tasavvur
qilish demakdir. Bunda hissiy idrok etiluvchi moddiy dunyoning nomukammal
tuzilmalariga ideal shakllar barkamolligi qarshi qo‗yiladi. G‗oyalar dunyosi haqiqiy
oliy borliq bo‗lib, u moddiy dunyoda ko‗plab ko‗rinishlarga parchalanadi, hamda
namoyon bo‗ladi. Borliq tengsiz turlarga bo‗linadi. 1) Bu eng avvalo narsalar
dunyosidan oldin keluvchi
va uni hal qiluvchi abadiy, o‗zgarmas mohiyatlar,
g‗oyalar dunyosi, borliqning yangi shakli; 2) bu abadiy bo‗lmagan narsalar
dunyosi, ya‘ni qandaydir yarim borliq; 3) bu materiya, undan dunyoviy hunarmand,
ma‘naviy yaratuvchi, dunyoviy ruh ideal namunalarda oliy borliq narsalarini
yaratadi. Materiya borlig‗i
Platon fikricha bu noborliq, chunki u mustaqil
mavjudlikka ega emas va borliq sifatida faqat narsalar shaklida namoyon bo‗ladi.
Platon ontologiyasi teistik (metafizik) xarakterga ega. CHunki unda
Xudo
haqidagi ta‘limot asosiy o‗rin egallaydi. Platonning ta‘limotida Xudo shaxslangan,
personalistik xarakterga ega (antropomorf).U Xudo haqida ikki ma‘noda gapiradi:
«Davlat» asarida Xudoni «Futurgos», «Timey» dialogida «Demiurg» deb ataydi.
Futurgos – Xudo g‗oyalarini yaratuvchi, Demiurg – Xudo esa bu g‗oyalarni
namuna (proobraz) qilib, o‗zini, butun borliqni ularga muvofiqlashtiradi.
Platonning «Timey» nomli dialogida «yaratuvchi» Tangri ma‘nosini ifodalaydi.
Demiurg – lug‗aviy ma‘nosiga ko‗ra yunoncha hunarmand, mohir usta degan
tushunchaga mos keladi. Platonning «Davlat» nomli asarida Demiurg – «Olamning
ijodkori va otasi» deb ko‗rsatiladi. Demiurg o‗zidan quyida turadigan Xudolarni,
butun olam jonini, inson jonining o‗lmas qismini,
shuningdek, kosmosni ham
yaratgan. U kosmosni kosmos bilan birga abadiy mavjud bo‗lgan, hamisha tartibsiz
harakatdagi materiyadan («plastik massadan») abadiy mavjud birinchi obraz
(proobraz) – paradigma – eydos (g‗oya)ga qarab yaratadi. Boshqacha aytganda,
Demiurgning o‗zi keyin yaratiladigan kosmosning dastlabki abadiy timsoli,
paradigmasidir. Demiurg olamni yo‗qlikdan emas, balki materiya va g‗oya
(birinchi obraz)dan yaratadi. Materiya ham, g‗oya ham Demiurgga bog‗liq emas,
uning faoliyati cheklangan. Demiurg – aql(Nus) Olamni «iloji boricha yaxshi»
tashkillashtirishga
intiladi, lekin bu intilish materiya (xaos)ning «zaruriy» -
deterministik sababiyatli qarshiligiga duch keladi (Axuramazda va Axriman kabi).
«Timey» da tasvirlangan bu Demiurg Aristotelning cheklanish bilan
cheksizlikning «birlashuvi sababchisi» yoki amaliy sababidir (Aristotelning
teologiyasi shaxssiz, xarakterga ega). Qadimgi Akademiyada «Timey»
kosmologiyasini vaqtdan tashqari mavjud bo‗lgan ontologik strukturalarni yoritish
didaktik maqsadga xizmat qilgan majoziy til deb, ham talqin etilgan.
Platonizmning eng yorqin namoyondalari bu oliy ilohiy transsendensiya tamoyilini
yaratish jarayonida materiya bilan bevosita bog‗lanadigan Demiurgdan yaratuvchi
vazifasini olib, bu vazifani birinchi tamoyildan emanatsiya qiladigan ikkinchi
vositachi – Xudoga taalluqli deb, ham ko‗rsatgan. Aleksandriyalik Filon
Demiurgni Laos bilan aynan bir deb qaragan bo‗lsa, Numeniy (II asrning ikkinchi
yarmida antik faylasuf neopifagorizm va o‗rta
platonizm namoyandasi,
neoplatonizmdan oldingi davr faylasufi) uni Aql (Nus) bilan aynan deb hisoblagan
va «ikkinchi Xudo» deb atab, «Aql o‗zidan boshqa aqlni – Demiurgni yaratdi»
degan.
12
Demiurg – (Aql) o‗zidan boshqa quyi Xudolarni ham yaratadi. Bular
«falaklarning Xudolaridir». Ularning hammasi beistesno olov stixiyasidan paydo
bo‗lgan. Ular sharsimon osmon jismlari yulduz va planetalar bo‗lib, bir tekis yoki
notekis harakatda bo‗ladilar. Osmon ichra Er ham ilohiy sifatga ega qilib yaralgan
(Vernadskiyning noosfera konsepsiyasi).
Platonning Demiurg haqidagi ta‘limotini tushunish bo‗yicha keyinchalik
katta ziddiyatlar yuzaga kelgan.
Umuman, Platon ta‘limotida g‗oyalar yaratuvchi Xudoga (Futurgosga)
nisbatan Demiurg haqida ko‗proq tasavvur berilgan. Platonning «qonunlar» asarida
esa Xudo barcha narsalar me‘yori deb ta‘kidlangan.
Platon ontologiyasi idealistik xarakterda
.
CHunki u g‗oyalarni birlamchi va
ob‘ektiv, inson ongidan mustaqil reallik va tabiatdan oldin mavjud deb
hisoblangan. (Lekin uning g‗oyalarni yaratuvchi Xudoning
maavjudligi haqidagi
fikri e‘tiborga olinmay kelindi).
Platon ta‘limotida inson shaxsiga xos iroda, tuyg‗ular va o‗zlikni bilish
kabi xususiyatlar, ob‘ektiv xarakterda va tabiatdan tashqari mustaqil mavjud. Bu
Platonda olamni ongli ravishda yaratuvchi ijodkor Tangri tushunchasida
ifodalangan. G‗oyalar esa, yaratiluvchi narsalarning Futurgos – Xudo ongidagi
timsollari (sur‘atlari yoki paradigmalarida). SHu ma‘noda ular moddiy narsalardan
oldin paydo bo‗lgan. U o‗zining «Qonunlar» nomli asarida «hamma
narsa
tabiatdan va tasodifan kelib chiqqan» degan faylasuflarga qarshi chiqadi va ularni
boshqa faylasuflarga qarama - qarshi qo‗yadi. CHunki Platon ular «olov, suv,
tuproq va havoni barcha narsalarning asosi deb qaraydilar va mana shularni tabiat
deb ataydilar. Jonni ham keyinchalik shu asoslardan kelib chiqqan deb biladilar»,
deydi. Platon uchun esa birinchi asos olov ham, suv ham emas, balki jondir, zero
jon birlamchidir. Tabiatda bor barcha narsalar ―jon‖dir, vujud (jism, moddiyat) esa
jonga nisbatan ikkilamchidir. «Qonunlar» asarida Platon idealizmni tiezm bilan,
materializmni esa, ateizm bilan bog‗laydi. SHu ma‘noda Platon idealizmi ratsional
– falsafiy idealizm emas, balki diniy, mifologik idealizmdir.
Platon falsafasida hamma narsa qorishib ketadi. Dastlabki faylasuflar
qarashlirida materiya bilan ayniy borliq noborliq darajasiga tushiriladi. Haqiqiy
borliq esa g‗oyalar borlig‗i deb e‘lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: