Нигинахон шермухамедова


Borliq va yo‗qlik dialektikasi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Borliq va yo‗qlik dialektikasi.
Keltirilgan fikr 
amalda mavjud
narsagina 
borliqqa ega bo‗lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «
Yo„qlik
» 
har qanday tilda amalda mavjud bo‗lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va 
boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‗qlik borliqni 
inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong (ya‘ni amalda mavjud bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan narsalar) o‗zligini yo‗qotgan holda «yo‗qlik» atamasi ayni shu ma‘noda 
ishlatiladi va ular haqida «yo‗qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof 
falsafiy ma‘noda bu fikrni to‗g‗ri deb bo‗lmaydi. Borliq va yo‗qlik o‗rtasida 
dialektik o‗zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko„ra, biz yashayotgan 
Olam bo„shliqdan bino bo„lgan. SHu ma‟noda bo„shliq materiyaning alohida 
holati hisoblanadi
. Bo‗shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‗ziga xos potensial 
borliq sifatida namoyon bo‗ladi, zero unda mumkin bo‗lgan barcha zarralar va 
holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‗q
1
.
1
Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, 
гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб., 1997. – С.93. 



YAna shuni ham e‘tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va 
boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, 
chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli Olamlarning 
cheksiz sonidan tashkil topadi. SHu ma‘noda borliq va yo‗qlikning o‗zaro aloqasi 
muammosi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo„lgan narsaning ob‟ektiv borlig„i yo„qlikka 
chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya‟ni u muayyan narsa 
sifatida fikrlanayotgan bo„lsa, bu narsa ongda mavjud bo„ladi va o„zining 
«ikkinchi» borlig„ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob‟ektning nusxasi, ideal 
obraz bo„lib qoladi.
SHunday qilib, 
o„tgan zamondagi borliq yo„qlikdir. Borliq doim hozirgi 
zamonda mavjud bo„ladi, u faqat hozirgi zamonda o„zini namoyon etadi, basharti 
u dolzarb va amalda namoyon bo„lish imkoniyatiga ega bo„lsa, agar u potensial, 
ya‟ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo„lishi ob‟ektiv rivojlanish 
mantiqi bilan belgilangan bo„lsa. Amalda yo„q bo„lgan narsa haqida fikrlash 
mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-
shamoyilini berish mumkin. O„tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu 
ma‟noda so„z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma‘noda biz g‗oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki 
o‗zimizga yaqin odamlar to‗g‗risida so‗z yuritamiz, bunda ular yo‗qlikka 
aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‗zgacha borliq kasb 
etganini nazarda tutamiz.
XX asr oxirida yo‗qlikni oqlovchi falsafiy traktatlar paydo bo‗ldi. Xususan, 
A.CHanishev «Yo‗qlik haqida traktat» asarida yo‗qlikning birlamchiligini quyidagi 
dalillar asosida isbotlashga harakat qilgan: 
1. Vaqt dalili: hozirgi zamonning mavjudligi o‗tmish va kelajakning, ya‘ni 
allaqachon yo‗q bo‗lgan yoki hali yo‗q narsalarning mavjudligini nazarda tutadi. 
Bu yo‗qlikning vaqt modusidir.
2. Makon dalili: biron-bir narsaning muayyan joyda mavjudligi uning boshqa 
joyda mavjud emasligini nazarda tutadi. Bu borliqning makon modusidir.
3. Harakat dalili: harakatlanayotgan jism u mavjud bo‗lmagan joyda mavjud 
va u mavjud bo‗lgan joyda mavjud emas. Bu yo‗qlikning harakat modusidir.
4. YAngining yuzaga kelishi bilan bog‗liq dalil: yangi - bu uni vujudga 
keltirgan sabab va shart-sharoitda mavjud bo‗lmagan narsadir. Lekin u mavjud 
bo‗lmagan paytda qaerda bo‗lgan? Yo‗qlikda. Bu yo‗qlikning emerjent modusidir.
5. Qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq dalil: dunyolar va aksildunyolar, 
zarralar va aksilzarralar, musbat va manfiy sonlar, umuman, har qanday qarama-
qarshilik yo‗qlikda bir-birini tugatadi va undan xuddi koordinatalar tizimi noldan 
paydo bo‗lganidek yuzaga keladi.
6. Tafovut dalili: amalda mavjud bo‗lgan hamma narsa (boshqacha 
mavjudlik bo‗lishi mumkin ham emas) nafaqat mavjud bo‗lgan narsa, balki mavjud 
bo‗lmagan narsa hamdir: A V bo‗lmagani, S bo‗lmagani, D bo‗lmagani uchun A 
dir.



7. Tasodif dalili: bo‗lishi mumkin bo‗lgan narsa tasodifdir, lekin u 
bo‗lmasligi ham mumkin, binobarin, tasodifning mavjudligi yo‗qlikning 
mavjudligini nazarda tutadi.
8. Substansiya dalili: modomiki xossalar, aksidensiyalar mavjud ekan, 
ularning tashuvchisi - substansiya ham bo‗lishi lozim. Lekin u ko‗rinmaydi, chunki 
narsalarda ularning xossalaridan boshqa hech narsa yo‗q. Substansiya ta‘riflanib, 
shu orqali muayyan tus olgani zahoti xossaga aylanadi. Binobarin, ta‘rifi mavjud 
bo‗lmagan yo‗qlikkina substansiya bo‗lishi mumkin.
9. Sub‘ekt dalili: sub‘ektning o‗zida ko‗zdan kechiruvchi hamma narsa 
ob‘ektga aylanadi, demak, ikkitadan bittasi: yo sub‘ekt umuman mavjud emas, yo 
sub‘ekt - yo‗qlik
1
.
SHunday qilib, hozirgi zamon postmodern falsafasi mantiqan tugallangan 
shaklda borliqni ham, sub‘ektni ham inkor etadi. Bu yagona urinish emas. SHu 
narsa e‘tiborga molikki, fransuz ekzistensializmining asoschisi Jan Pol Sartr (1905-
1980) o‗z asarini «Borliq va yo‗qlik» deb nomlagan
2
. J.Sartrda biron-bir narsani 
yo‗qlik qobig‗iga o‗rash iborasiga duch kelish mumkin. J.Sartr ushbu holatga ong 
borlig‗i sifatida tushunilgan inson borlig‗ining eng muhim xususiyati sifatida 
qaragan. J.Sartr ko‗rsatishga harakat qilgan 
insonning o„z borlig„ida borlig„i - bu 
azob-uqubat borlig„idir. Bunda o„z baxtsizligi chegarasidan chetga chiqish o„z 
borlig„i chegarasidan sakrab o„tishni anglatadi 
SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni uning butun 
rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo‗lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish 
imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‗z xususiyatlari, xossalari 
bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi sanalgan insonni 
bilish yo‗lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-
barangligi, turli darajalari, ko‗rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar 
haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning 
uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun
 
kabi yangi 
falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o‗zi va umuman dunyo haqida o‗ylar ekan, odatda muayyan narsalar 
va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‗radi. Ayni vaqtda u o‗zini qurshagan 
dunyoni sinchiklab o‗rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish 
uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-
shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida
masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‗rta 
asrlar falsafasida Xudo, 
Dekart
da: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», 
degan ongli inson amal qilganini ko‗ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‗xtab qolmagan va o‗zini 
qurshagan borliqning ko‗p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha 
narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli 
voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga 
harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‗p sonli turli-tuman 
1
Чанышев А. Трактат о небытие.-М.: Мысль, 1995.-С.89 
2
Сартр Ж.Бытие и небытие.-М.: 2003.- 308 с. 



shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‗lgan bir nechtasini farqlash imkonini 
beradigan tajriba va bilim to‗pladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish