Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Pifagor 
(mil. av. 580-500 yillar) o‗sha davrning bosh falsafiy masalasi – 
«hamma narsa nima?» degan savolga, «hamma narsa sondir», deb javob beradi. U 
Erning sharsimonligi haqidagi g‗oyani birinchi bo‗lib ilgari surdi. Pifagor 
uyushmasida musiqa va matematika darslari katta rol o‗ynagan. Bu borada 
quyidagi mashhur kashfiyot yaratilgan: bir xil tortilgan tebranuvchi torlar uyg‗un 
ohanglar chiqaradi, basharti ularning uzunligi bir-biriga nisbatan oddiy oqilona 
nisbatda bo‗lishi lozim. Pifagorchilar fikriga ko‗ra, dastlab mustaqil bo‗lgan ikki 
qismni bir butunga birlashtirish va shu tariqa go‗zallik yaratishga matematik 
yondashuvgina qodirdir. Mazkur g‗oya ta‘sirida pifagorchilar ta‘limotida 
fikrlashning yangi shakllari sari yuksalish yuz berdi. 
Parmenid
(mil. av. 540-480-yillar) keyinchalik bu g‗oyani qo‗llab-
quvvatladi va unga yozma ta‘rif berdi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‗lib 
borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga 
aylantirdi. Parmenid fikricha
borliq paydo bo„lmagan va yo„q ham bo„lmaydi, 
chunki undan boshqa hech narsa yo„q va bo„lishi mumkin ham emas. Borliq bor, 
yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir
. U o‗z chegaralariga ega bo‗lib, 
«ulkan mutlaqo yumaloq SHarga» o‗xshaydi. U yo‗qlikning yo‗qligini inkor 
qiladi. Faqat mavjud narsalar bor, yo‗q narsalar esa yo‗qdir.
Parmenid borliq haqida fikr yuritish uchun unga mos keluvchi ob‘ektga ega 
bo‗lmaslik mumkin emasligini, fikr va borliqning bir xilligi zarurligini ko‗rsatadi. 
Parmenidning: «Bo‗lish va bilish – ayni bir narsadir», degan mashhur iborasining 
mohiyati ana shunda. Uningcha, fikr mazmuni va fikr qaratilgan ob‘ekt ayni bir 
narsadir. Fikr doim narsa haqidagi fikrdir, fikrning ob‘ektliligi borliq bilan 
belgilanadi. Yo‗qlik fikr ob‘ekti bo‗lishi mumkin emas, uni tasavvur qilib, ifodalab 
bo‗lmaydi, demak, yo‗qlik ob‘ektiv borliq sifatida mavjud emas. Borliqning 
Parmenid taklif qilgan yo‗li yo‗qlikni yo‗q qiladi, uni «unutilish»ga mahkum etadi. 
Lekin «yo‗qlik» unutilishiga amalda erishildimi? 
Parmenid paradoksida insonning dunyodagi borlig‗i, uning «shu erda» va 
«hozir» mavjudligiga dastlabki ishonchi qayd etilgan. Ammo bu ishonch 
mustahkamlangani zahoti juda ko‗p savollar ko‗ndalang bo‗ladi: dunyo shu erda 
mavjud bo‗lsa, u hamma erda mavjudmi? Dunyo bittami yoki dunyolar ko‗pmi? 
Dunyo o‗zgaruvchanmi yoki o‗zgarmasmi, cheklimi yoki cheksizmi? Odamlar 
tug‗iladi, yashaydi va o‗ladi. Hayotning mohiyati yo‗qlikdan borliqqa emas, balki 
borliqdan yo‗qlikka o‗tishdadir. Ibtidosi bor hamma narsaning intihosi ham bor
tug‗ilgan hamma narsa o‗lishi kerak; bu – borliqning abadiy qonuni. SHu bois 
Parmenidning «Borliq mavjud, yo‗qlik esa mavjud emas» shiori yunon tafakkurini 
bir joyda uzoq vaqt ushlab turishi mumkin emas edi. Dunyoning chekliligi va 
cheksizligi, uning tuzilishi va o‗zgarishi haqidagi masalalarni echishda faylasuflar 
turli yo‗llardan bordilar.
Melis
«Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz 
ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, 
bu borliq yo‗qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq, hamonki yo‗qlik 
mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‗lishi mumkin emas.
SHunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‗lgan davrida 
ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‗sha davr atoqli faylasuflarining deyarli 


10 
barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‗rganadi, uni, odatda, boqiy 
va barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya‘ni moddiy-hissiy dunyo bilan 
tenglashtiradi. Masalan, 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish