Нигинахон шермухамедова


Borliq masalasiga Demokrit va Platon yondashuvi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Borliq masalasiga Demokrit va Platon yondashuvi.
SHartli qilib 
aytganda, o‗sib, rivojlanib hozirgi zamon tafakkur tarziga aylangan ikki 
dunyoqarash Demokrit va Platon yondashuvi bilan bog‗liq. Birinchi 
Demokrit 
yondashuvi borliqni turli tarzda namoyon bo„lishi va ongda aks etishi (diskret 
vaziyatli-empirik) ko„rinishida tushunishni nazarda tutadi hamda naturalizm 
sifatida namoyon bo„ladi
. Bu holda borliq muayyan empirik harakatlarga bog‗liq 
bo‗ladi va insonning har bir kuni nimadan tashkil topsa, shuning o‗zidangina 
tashkil topadi. Ikkinchi 
Platon yondashuvi borliqning mohiyati xususida alohida 
mushohada yuritishga yo„naltiradi, bunda borliq g„oyaga, erishib bo„lmaydigan 
orzuga, amalga oshmaydigan, noreal jarayonga aylanadi
. Borliqning mazkur 
sxolastik talqini shiorlar, dasturlar, chorlovlar va deklaratsiyalarda hozirgacha 
mavjud. Real hayot jarayonida bu ikki qarama-qarshi yondashuv yakka, xususiy va 
umumiyning o‗zaro aloqadorligi bilan barham topadi. Zero, o‗zining yakkaligida 


13 
o‗z umumiyligini ifoda etmaydigan, o‗zining mavjudlik holati bilan o‗zgarish va 
yo‗q bo‗lishni nazarda tutmaydigan bironta ham narsa va hodisa yo‗q. Voqealar 
borliqning mohiyatini namoyon etadi, haqiqiy hayot faoliyatining parchasi tarzida 
yangi sifat kasb etadi. Ushbu jarayondagi shakllanish, o‗zgarish, rivojlanish hayot 
jarayonining tarkibiy qismlaridir.
Aristotel (miloddan avvalgi 322-384 yillar). 
«Borliq nima?» degan 
savolga javobning Aristotel taklif qilgan varianti borliqning muayyanlik jihatiga 
e‘tibor qaratib, bizni tafakkur va borliqning bir xilligi g‗oyasiga qaytaradi. 
Aristotelning fikricha, 
«borliq kategorial so„zlash shakllari orqali ifodalanuvchi 
barcha narsalarga o„z-o„zidan bog„lanadi. Zero, bunday so„zlash usullari qancha 
bo„lsa, borliq ham shuncha ma‟noda ifodalanadi. Ayrim iboralar narsaning 
mohiyatini, ayrimlari - sifatini, ayrimlari - miqdorini, ayrimlari – nisbatini, 
ayrimlari – harakati yoki o„zgarishini, ayrimlari – «qaerda»ligini, ayrimlari – 
«qachon»ligini anglatgani sababli, borliq ularning har biriga mos ma‟nolarga ega 
bo„ladi»
1

Aristotel ontologiyasi asosida uchta ta‘limot yotadi: 
a) borliqning kategorial tahlili (kategoriyalar haqidagi ta‘limot) 
b) borliqning kauzal tahlili (borliqning sabablari haqidagi ta‘limot) 
v) borliqning imkoniyat va voqelik munosabati orqali tahlili.
 
(imkoniy 
borliqdan voqelikka o‗tish jarayonining tahlili). 
Demak, Aristotel ontologiyasini tushunish uchun ana shu uch ta‘limot yoki 
tahlil mazmuniga tayanish kerak . 
1. Borliqning kategorial tahlili.
Ushbu tahlilni tushunish uchun avvalo 
«kategoriya» tushunchasining ma‘nosini, undan keyin Aristotelning kategoriyalari 
bir yo‗la ikki yoqlama - ham mantiqiy, ham ontologik tabiatga ega ekanini 
tushunib etish zarur. 
Demak, avvalo, «kategoriya» tushunchasiga to‗xtalamiz. «Kategoriya» 
atamasi yunon tilida «aytmoq» degan ma‘noni bildiradi. Falsafaga uni Aristotel 
kiritgan edi. Unga qadar «Kategoriya» (lotincha «predikat») bo‗lib, u gapning 
mantiqiy egasi degan ma‘noni bildirgan va predmetning xossalarini ifodalashga 
xizmat qiladigan tushuncha hisoblangan. Aristotel ta‘limotida kategoriya 
borliqning asosiy xususiyatlarini ifodalash uchun xizmat qiladigan tushunchalarga 
nisbatan qo‗llanadi, ya‘ni u fundamental falsafiy tushuncha ma‘nosida ishlatiladi. 
Aristotel ontologiyasining asosida o‗nta shunday tushunchaning tahlili yotadi. 
Bular quyidagilar: 
1)
mohiyat; 
2)
miqdor (qanchalik); 
3)
sifat (qandaylik); 
4)
munosabat (nisbatdoshlik); 
5)
joy - (makon, fazo, manzil, hujra) – (qaerdalik); 
6)
vaqt (zamon) (qachonlik); 
7)
holat (ahvol); 
8)
egalik (moliklik); 
9)
harakat (ish, ta‘sir, faollik); 
1
Аристотел // Всемирная энциклопедия.-Т.: Современный литератор, 2001. –С.24. 


14 
10)
ta‘sirlanish (o‗zgarish). 
Bular ichida faqat bittasi – «mohiyat» kategoriyasi substansiyaga oid 
bo‗lib, qolganlari aksidensiallikka taalluqlidir. 
Ushbu kategoriyalarning ikkiyoqlama tabiati ularning mantiqiy va ayni 
zamonda, ontologik tabiatga egaligini bildiradi (ya‘ni ular nafaqat gnoseologik 
kategoriyalar, balki ontologik reallik hamdir).
Aristotel va undan keyingi deyarli barcha faylasuflar ontologik 
muammolar tahlilida shu kategoriyalarga tayandilar. Falsafaning (ontologiyaning) 
qolgan kategoriyalari esa shu kategoriyalar mazmunini yoritishga xizmat qiladi. 
Ontologiya - borliqning mohiyatini nima tashkil etadi yoki substansiya 
nima?, mohiyatning aksi bo‗lgan o‗tkinchi borliq (hodisalar borlig‗i) nimani 
bildiradi va u qanday kelib chiqadi? Narsa va hodisalar qachon (vaqt, zamon), 
qaerda (qaysi joyda, makon), nima uchun, qay maqsadga ko‗ra qancha (miqdorda) 
kelib chiqadi? Qancha vaqt mavjud bo‗ladi? va h.k. oid masalalar asosiy 
tushunchalar bo‗lgan, 10 ta kategoriyaning ta‘rifi va talqiniga tayanadi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish