16
Materializm tarafdorlari bu holni faqat tirik tabiatga nisbatan tan olgan
bo‗lsalarda, lekin notirik tabiat uchun jumladan, kosmosning shakllanishi uchun bu
g‗oyani qo‗llab bo‗lmaydi, deb ta‘kidlaganlar. Lekin hozirgi davr fani (astrofizika,
kosmologiya, tizimlar nazariyasi, ayniqsa, sinergetika) tirik va notirik tabiat
orasidagi bu chegarani olib tashladi. Aristotelning bu g‗oyasi butun borliqqa
tegishli.
Aristotel o‗z ontologiyasida asosan Platon ta‘limotiga tayansada, uni
g‗oyalarning
materiyadan mustaqil, tabiatdan tashqari va harakatsiz mavjudligini
tan olganligi uchun tanqid qiladi. Biroq shakl sababi, harakatlantiruvchi sabab,
maqsad sabab ularning materiyadan mustaqil mavjudligini tan olgan.
Bizningcha, Aristotel idealizmi bilan Platon idealizmi orasidagi ziddiyat
juda katta emas. Buni boshqa faylasuflar ham ta‘kidlagan. (Xususan, A.N.Forobiy,
Foma Akvinskiy, XX asr o‗rtalarida esa fransuz sufiysi R.Genon). Masalan, al –
Forobiy «Ikki faylasuf: ilohiy Platon bilan Aristotel orasidagi muvofiqlik» degan
asarida Platon va Aristotel ta‘limotlarining ichki birligini ochib bergan. R.Genon
ham g‗oyalar masalasida Platon bilan Aristotel orasidagi ziddiyatni bo‗rttirish
to‗g‗ri emasligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, Platonning qarashlarida g‗oyalarning
asosan transsendental jihatiga chuqurroq e‘tibor berilgan bo‗lsa,
Aristotel
ta‘limotida immanent jihatiga alohida e‘tibor qaratilgan.
F.Akvinskiy esa masalani yanada oddiyroq yoritib, g‗oyalar narsalarga qadar
ham (Xudoning ongida, transsendental ravishda (Platon)), narsalar bilan birga ham
(immanent ravishda (Aristotel)) va narsalardan keyin ham mavjud bo‗ladi, deydi.
3. Borliqning imkoniyat va voqelik munosabati orqali tahlili.
Aristotelning
«shakl» kategoriyasi Platonning materiyasiz sof quvvat (kuch, qudrat, energiya)
ma‘nolarini o‗zida mujassamlashtiradi. YA‘ni shakl ham ong ham quvvat
(energiya)dir. (Ong - quvvat yoki quvvat - ongdir yoki ongli quvvat yoki quvvatli
ong), u eng oliy reallik, (mavjudlik)dir.
Materiya esa passiv substrat sifatida sof imkoniyat tarzidagina mavjud.
Bularni Aristotel «Akt va potensiya» tushunchalari vositasida tushuntiradi. Akt bu
voqelik, chinakam borliqni, potensiya esa imkoniylikni, imkonda borliqni
ifodalaydi.
Ushbu ma‘nolarni shakl (akt) va materiya (potensiya)ga nisbatan qo‗llasak,
shakl tufayli materiya imkoniy borliqdan real borliqqa aylanishi (o‗tishi), ya‘ni
voqe bo‗lishi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Demak, shakl xomashyo vazifasida
turgan materiyaga tashkillovchi (strukturalovchi) ta‘sir ko‗rsatmagunicha materiya
namoyon bo‗la olmaydi, voqelikka aylana olmaydi. Demak shakl materiyani
namoyon holatdan ayon holatga o‗tkazuvchi real va ongli kuchdir.
Imkoniyat va voqelik tahlili orqali Aristotel «harakat» va «rivojlanish»
jarayonini ham yoritadi.
Materiyaning shakl ta‘sirida imkoniyatdan voqelikka o‗tishi, ya‘ni
strukturlangan konkret bir (butun) narsaga aylanishi harakat yoki jarayon (kinesis)
tushunchasida ifodalanadi.
Harakat tushunchasi orqali Aristotel ontologiyaga rivojlanish g‗oyasini ham
olib kirgan. Bu aktual borliqni potensial borliqdan ajratishga asoslanadi. SHu
ajratish tufayli imkoniy borliqdan voqe bo‗luvchi borliqning (reallikning)
kelib
17
chiqishi, ya‘ni «genezis»i, kengroq ma‘noda qaraganda esa bir narsaning boshqa
narsaga aylanishi (shakllanish) sodir bo‗ladi. Aynan harakat («kinesis») va kelib
chiqish, narsalarning boshqa narsalarga aylanishi («genezis») tufayli borliqda
rivojlanish sodir bo‗ladi. «Aktual mavjud, - deb tushuntiradi Aristotel, - hamisha
potensial mavjuddan aktual mavjud amaliyoti oqibatida kelib chiqadi»
1
. YAxlit,
butun olam uchun esa bunday dastlabki aktual asos (va ayni zamonda olamni
harakatlantiruvchi, shakllantiruvchi va maqsadga yo‗naltiruvchi sababi) Xudodir
yoki borliqning harakatsiz birinchi harakatlantiruvchisidir.
Bu asos hech qanday
moddiyat yoki potensiallik (imkoniylik) bilan aralashmagan, olamga va vaqtga
bog‗liq bo‗lmagan (ya‘ni abadiy mavjud bo‗lgan), o‗z – o‗zini anglaydigan (oqil)
va o‗zining uzluksiz ijodkorligi bilan olamdagi barcha imkoniyatlarni o‗z erosi
(muhabbati, rahmoniyligi)ning ob‘ekti sifatida voqe etadigan va barcha narsalar
o‗zining eng oliy maqsadini bilib, unga intiladigan sof (eng nomoddiy) kuch -
qudrat Xudo bo‗lishi kerak.
Bunda Aristotel Xudoni yoki borliqning
harakatsiz dastlabki asosini,
harakatsiz harakatlantiruvchisi bo‗lgan kuch - qudratni tavsif etadi. Ushbu tavsifda
quyidagi asosiy belgilar ko‗rsatilgan:
1.
Dastlabki asosda modda yoki potensiallik (imkoniylik) yo‗q, ya‘ni u
materiyadan musaffo;
2.
U Olamga va makonga bog‗liq emas, undan mustaqil mavjud bo‗la oladi;
3.
Vaqtga bog‗liq emas, ya‘ni abadiy;
4.
Uning faoliyat tezligi beqiyos katta va uzluksiz;
5.
Butun borliq Uning mehr – muhabbati (erosi)ning natijasi o‗laroq kelib
chiqqan;
6.
U borliqdagi barcha narsalar o‗zining ezgu maqsadi sifatida intiladigan eng
oliy maqsad;
7.
U behad oliy ong egasi, U haq, odil, hikmat sohibi, biluvchidir;
8.
U buyuk kuch - qudrat egasi;
9.
Uning quvvati ongda, ongi esa quvvatda namoyon bo‗ladi (Ong va quvvat
o‗zaro uzviy);
Bu ong - quvvat nomoddiy. Demak qadimgi mutafakkirlarning borliq
muammosini tushunishida eng umumiy tizim hosil qiluvchi tamoyillarni uning
paradigmalar to‗plami darajasigacha yaxlitlab, quyidagi manzaraga guvoh bo‗lish
mumkin.
Antik dunyoni tushunish markazida koinot joylashgan, u kosmotsentrikdir.
Koinot qonuniyati polis hayoti qonunlarini, dunyoga qarash tarzini belgilaydi,
inson hayotida mikrokoinotdagidek aks etadi. Koinot qonunlari, burjlarning
muayyan uyg„unligi barcha davlat tadbirlari, chunonchi: yurishlar, istilolar,
qurilishlar muvaffaqiyatiga, shuningdek, inson taqdiriga ham ta‟sir ko„rsatadi.
Zero qadimiyat zamirida shunchaki ob‟ektiv-moddiy va hissiy emas, balki jonli va
aql-idrokli kosmologizm yotadi. Keyinchalik falsafa tarixida biz borliqning ko„p
sonli har xil talqinlariga duch kelamiz, lekin ularning barchasi borliq haqidagi
hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va
yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo„ladi.
1
Қаранг: Асмус В. Античная философия. –М..: Луч, 1996. –С.32.