70
2.
Rivojlanish maqsadlarini aniqlash (marketing sintezi). Ishlab
chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor
maqsadlari va bozorda
foydaga erishish yo„llarini aniqlash.
3.
Strategiyani ishlab chiqish. Korxonaning moddiy, mehnat va moliya
resurslaridan samarali foydalanishni ko„zlagan uzoq muddatli maqsadni
aniqlash (bozor segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish vaqti va
boshqalarni tanlash).
4.
Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar,
reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish
xarajatlari va natijalarini
rejalashtirish tizimi.
5.
Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor
holatiga to„g„ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning
bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-
sharoitlari (tashqi muhiti) va o„zining ichki salohiyati to„g„risida batafsil
axborotlar to„plab, aniq xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni
kompleks tadqiq qilish» va «Holatli tahlil» usullaridan foydalaniladi.
Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang„ich davri bo„lib, korxona
marketing dasturi va rejasini tuzish manbai hisoblanadi. Holatli tahlil,
firma faoliyatini o„ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o„z
ichiga oladi.
Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda, avvalo,
uning ichki
imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o„sishi orqali yoki
bozorda o„z ulushini ko„paytirish, obro„sini ko„tarish yo„li bilan erishilishi
yoki erishilmasligi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish
maqsadlari marketing tajribasiga ko„ra, bir necha yo„nalishlar orqali
amalga oshirilishi mumkin:
birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya‟ni egallangan bozorda (bozor
segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko„paytirish
orqali daromadni oshirish;
ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo„l bilan
ekstensiv
imkoniyatlar
tugagach,
yangi
bozorlarga
chiqish
yoki
segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif
etiladi.
Uchinchidan,
integratsiyalashgan
rivojlanish
orqali
sotish,
korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni
ko„paytirish, to„rtinchidan, diversifikatsiya yo„li bilan, ya‟ni korxona o„z
marketing faoliyati doirasida qo„shimcha xomashyo, tovar, texnologiya,
iste‟molchilarni o„zlashtirish orqali raqobatbardoshligini
oshirishga va
ko„proq foyda olishga erishadi.
71
Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat
qilish kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish
korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste‟molchilar, baho, reklama,
sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo„nalish belgilaydi, har bir bo„limi
maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi.
Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab, ular korxonalar
faoliyatida hisobga olinishi mumkin:
1.
Bozor bir xil emas, u o„ziga xos tabaqalar (segmentlar)dan iborat.
2.
Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda
tutishi
mumkin.
Ammo
har
doim
tanlangan
bozor
tabaqalari
(segmentlari)ni o„ziga
jalb etishda, ko„proq muvaffaqiyat kozonishni
o„ylash lozim.
3.
Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda
faoliyat ko„rsatishi mumkin.
4.
Marketing vositasini tanlashda, ko„proq bir-biriga mos va o„zaro
vazifalari bilan bir-birini to„ldirib turuvchilarni ishga solishni ko„zda tutish
kerak. Masalan, tovar aylanmasi bilan narx, tovar harakati bilan sotish
joyi, iste‟molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo„shib olib borish tavsiya
etiladi.
5.
Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama
hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon‟yukturasi
holatini, raqobatchilar bilan tutgan o„rni va boshqalar.
Marketing strategiyasini ishlab
chiqishda eng muhim muammo,
korxonani foyda olishga yo„naltirish hisoblanadi. Uning yechimini
topishda jahon tajribasida quyidagi yondoshuvlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: