Marketing darslik


 Marketing nazorati va uning turlari



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

6.3. Marketing nazorati va uning turlari 
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- maqsadga erishish darajasini belgilash; 
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; 

korxona 
moslashuvchanligini 
talab 
qilingan 
atrof-muhit 
o„zgarishlariga mos kelishini aniqlash va hokazolar. 
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotilishi ustidan 
nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini 
nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik 
nazorat hamda marketing taftishini nazarda tutadi. 
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini 
rejalashtirilgan ko„rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo„li bilan 
amalga oshiriladi. 
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish 
alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, 
hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va 
boshqalar bo„yicha amalga oshiriladi. 
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-
sotish va ilmiy-texnik faoliyatini rivojlantirishning asosiy qiyinchiliklari 
va istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini 


87 
chamalaydi. Marketing taftishi marketing makro- va mikromarketing 
muhiti, marketing xizmatlarini, faoliyat yuritish samaradorligi tahlilini 
hamda marketing siyosati: tovar, narx, sotish va reklama tadbirlarini o„z 
ichiga oladi. 
Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi: 
1. 
Yillik rejaning bajarilishini nazorat qilish; 
2. 
Foydadorlikni nazorat qilish; 
3. 
Strategik nazorat. 
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo„ljallangan natijalarga 
erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, korxonaning 
bozordagi ulushi tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish 
o„rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi 
nazorat usullaridan keng foydalaniladi. 
Foydani nazorat qilishning maqsadi firma nima hisobiga daromad 
topayotganligini va qaysi o„rinlarda uni yo„qotayotganligini aniqlashdan 
iborat. 
Strategik nazoratning maqsadi esa, haqiqatan ham firma o„zidagi 
marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayotganligi yoki 
foydalanmayotganligi aniqlanadi. 
Marketing taktikasi strategiyasidan farqli o„laroq, bosh maqsadda 
firma mahsulotiga bo„lgan iste‟molchilar talabini shakllantirish va 
qondirish tamoyillarini hamda konyunktura sharoitlarini ifodalaydi. 
Marketing taktikasi ma‟lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi 
bo„yicha hamda aniq bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish bilan bog„liqdir. U konyunktura va haqiqiy bozor holati 
dinamikasini hisobga olish, shuningdek, marketing strategiyasi asosida 
shakllanadi. Marketing taktikasining vazifasi korxonada marketing 
faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bog„liq. Marketing 
taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta‟minlashda 
marketingni amalga oshirish yo„llari va vositalari, shakl va usullarini 
aniqlaydi va tartibga soladi. 
Marketingni operativ rejalashtirishda qisqa davr uchun reja chora-
tadbirlarini belgilash yo„li bilan taktik dasturlar aniqlashtiradi. 
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish 
jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-
biridan muddati bo„yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o„rta muddatli va 
qisqa muddatli bo„ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga 
portfel tahlil, morfologik tahlil, delfi uslublarini kiritish mumkin. 


88 
O„rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli 
rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt bo„yicha qaror qabul qilish uslubi, 
morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, 
evristik uslublar kiradi. 
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli 
rejalashtirish 
texnikasi, 
chiziqli 
dasturlash, 
transport 
masalalarini 
optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli 
rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash 
uslublari keng qo„llaniladi. 
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o„z ichiga 
oladi: 
1. Nazorat qilishga mo„ljallangan reja ko„rsatkichlarini asoslash 
(masalan, bozor ulushi, aylanma va hokazo). 
2. 
Faoliyatni 
haqiqiy 
ko„rsatkichlari 
natijalarini 
o„lchash 
(ma‟lumotlarni yig„ish) 
3. Faoliyatni reja va haqiqiy ko„rsatkichlari natijalarini solishtirish. 
4. Haqiqiy reja ko„rsatkichlarining imkoniyat farqining tahlili. 
5. Yangi rejalar ishlab chiqish, to„g„rilash. 
Marketing sohasida nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagi 
rasmda berilgan. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish