Marketing darslik


-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

6.2-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi 
rejalashtirish jarayoni 
Korxonaning o„sish strategiyasi korxonaning kelgusida yana qanday 
tovarlarni sotishni o„zlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e‟tiborni 
kuchaytirishi, kuch sarflashini o„z ichiga oladi. Korxonaning o„sish 
strategiyasini uch bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish mumkin. 
Birinchi bosqichda hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin 
bo„lgan imkoniyatlari aniqlanadi, ya‟ni bunda o„sishga jadallashtirish 
omili 
orqali 
erishiladi; 
tovar 
yoki 
bozorning 
mavjud 
holatida 
imkoniyatlarni topish va o„sishga intilish o„rin egallaydi. Ularning
imkoniyatlari turlicha bo„lishi mumkin. Jumladan, tovarni bozorga 
chuqurroq singdirish (xaridorning e‟tiborini ko„proq qozonish maqsadida 
raqobatchiga nisbatan tovarni arzonroq sotish, sotilgan tovarlar ma‟lum 
songa yetganida xaridorga mukofot berish bilan rag„batlantirish, shu 
Korxona bo„yicha 
umumiy rejalashtirish 
Marketingni strategik 
rejalashtirish 
Moliyaviy rejalashtirish 
Mahsulot ishlab 
chiqarishni rejalashtirish 
Marketingning 
strategik rejasi 
Sotish rejasi 
Reklamalarni chop 
etish rejasi 


84 
tovarning yangi iste‟molchilarini topish) yo„li bilan sotishni ko„paytirish 
mumkin. 
Boshqa imkoniyati bozor chegarasini kengaytirish, ya‟ni yangi 
bozorlar topish va mavjud tovari bilan ularda savdo-sotiq yuritishdan 
iborat. Navbatdagi imkoniyati tovarni takomillashtirish, ya‟ni mavjud 
tovardan keskin farq qiladigan, sifati, iste‟mol qiymati yuqori bo„lgan 
tovarning yaratilishi bilan bog„liq. 
2-bosqichida korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan 
hamkorlikda (integraцiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida 
taqsimot tizimi qat‟iy nazorat qilinadi, ya‟ni bunda raqobatchi firmalari 
ustidan doimiy nazorat olib boriladi. 
Korxonaning o„sish strategiyasining 3-bosqichida tarmoq doirasida 
o„sish imkoniyatlari qolmagan bo„lsa, korxonaning mavjud turiga yaqinroq 
yangi yo„nalishini tanlash, o„zlashtirishdan iborat jarayon amalga 
oshiriladi.
Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yo„nalishlarini 
belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha 
harakatlarning maqsadga muvofiq yo„nalishini aks ettiradi. So„ngra har bir 
yo„nalish bo„yicha puxta rejalar tuziladi, chunki marketing konsepsiyasini 
qo„llaydigan korxonalar faoliyat natijalari ko„proq savdo sohasi bilan 
belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan tortib, to pirovard 
sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini qamraydigan marketingni 
rejalashtirish alohida o„rinni ega bo„ladi.
Asosiy ko„rsatkich ma‟lumotlar yig„indisi, joriy marketingga oid 
vaziyat bayoni, xatarlar va imkoniyatlar tafsili, vazifa va muammolar 
tafsili, marketing strategiyasi, harakat dasturi, budjet va nazorat. 
Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-doimiy ravishda operativ 
va strategik nazoratga tayanishidir. Bu esa strategiyaga tayinli davr 
mobaynida turli o„zgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga 
moslashish imkonini beradi. 
Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita strategiyani ishlab chiqish 
bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki 
harakat bosqichi bo„lib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. 
Ushbu bosqichda: asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, «favqulodda» 
holatlarni vujudga kelish tendensiyalari va ularni bartaraf etish 
imkoniyatlari hal etiladi. 
Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik kurashidagi mavqei tahlil 
qilinadi. Ushbu bosqichning asosiy vositasi - firma faoliyatining qaysi 


85 
yo„nalishida «raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi 
ish faoliyatini yaxshilash mumkin?» degan savolga javob topiladi. 
Uchinchi, 
eng 
muhim 
harakat 
bosqichi-strategiyani 
tanlash 
hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyatlari bo„yicha istiqbolini 
qiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat 
yo„nalishlari bo„yicha resurslarni taqsimlash asosiy o„rin egallaydi.
Lekin ko„pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi 
istiqbol uchun ma‟qul bo„lmaydi. Buning sabablari bo„lib, firmaning ichki 
faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab bo„lmaslik, uzoq va qisqa 
istiqbolda ularning mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarining rejalashtirish 
ishlarida tashqi muhit o„zgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab 
chiqish zarurati hisoblanadi. 
Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya yo„llarini tahlil qilish 
jarayoni sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo„lib, amaldagi 
faoliyati ko„lami tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun 
samarali bo„lgan yo„nalishlarni aniqlash hisoblanadi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish