Marketing darslik


  6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

 


81 
6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH
MARKETING NAZORATI 
6.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari 
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini 
ifodalab, sotish va foyda olish ko„rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. 
Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir. 
Quyidagi rasmda strategik rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.1- 
rasm). 
6.1- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni 
 
Strategik rejalashtirish, bu korxonani istiqbolda ko„rish, korxonaning 
iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o„rni, rolini bilish va 
yangi darajaga erishish yo„llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik 
rejalashtirishda aniq hisoblangan ko„rsatkichlar bo„lmaydi, balki turli 
bashoratlar asosida mo„ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat. 
F. Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb 
yozadi: «Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari 
orasidagi 
strategik 
muvofiqlikni 
qo„llashni boshqaruv jarayonidir. 
Tashkilotning vazifalarini aniqlash
Strategik xo„jalik bo„limlarini vujudga keltirish
Marketing maqsadlarini belgilash
Holat tahlili
Marketing strategiyasini ishlab chiqish
Taktikani amalga oshirish
Natijalarni kuzatish


82 
Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, 
yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo„ljallashiga, sog„lom xo„jalik 
portfeli va o„sish strategiyasiga tayanadi»
1

Korxona dasturi o„z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning 
mijozlari, mijozlar uchun qadrli tomonlari, korxona istiqboli haqidagi
ma‟lumotlarni oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat 
markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turishi 
kerak. Korxona dasturi maqsad qo„yishga, uning ahamiyatini oshirishga 
ko„maklashadi va maqsadga erishishga yo„llaydi. 
Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko„rsatiladi. Bu 
doiraning chegarasi bo„lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, 
ular ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. 
Masalan, korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar 
sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo 
korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti kengroq bo„lishi kerak. 
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichida har bir boshqaruvchi, 
rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo„yadi. 
O„z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir. 
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo„lsa, unga erishish uchun 
foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko„paytirish, ular hissasini oshirish 
lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko„paytirish esa, tovar manbalarini 
topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi.
Bulardan o„z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar 
marketing vazifalari bo„lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab 
etadi. Bunda bozorni o„rganish, taklif manbalarini o„rganish, korxonaga 
tegishli har bir tovar bo„yicha konyunkturani o„rganish va xulosa chiqarish 
jarayoni bajariladi. 
Korxona xo„jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning 
muhim 
bosqichi 
hisoblanadi. 
Bunda 
xo„jalik faoliyatining bosh 
yo„nalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi 
aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko„ra uni savdoda qoldirish yoki 
qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak 
bo„ladi. Yuqori rentabellik tovarlarga ko„proq moliyaviy resurslarni 
safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlarni 
rejalashtiriladi. 
1
Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. – М.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – с.56 . 


83 
Quyidagi rasmda korxona va marketing strategiyasi darajasidagi 
rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.2-rasm).

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish