Marketing darslik



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


92 
7-bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TATBIQ ETISH 
7.1. 
Bozor konyunkturasi haqida tushuncha 
Konyunkturani o„rganish marketing xizmatining ajralmas qismini 
tashkil etadi. Mamlakatimizda konyunkturani o„rganish 20-yillarda tashkil 
etildi. «Konyunktura» lotincha so„z bo„lib, holat degan ma‟noni anglatadi, 
u keng ma‟noda ularning o„zaro aloqasidan olingan shartlarning 
yig„indisidir. Bozor konyunkturasi, bu ma‟lum bir vaqtda, ma‟lum bir 
hududda talab bilan taklif o„rtasidagi nisbat hisoblanadi. 
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, 
ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni 
taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy 
konyunktura xizmatlariga egadirlar, ular o„z faoliyat doirasida jahon va 
milliy 
miqyosda 
konyunktura 
rivojlanishini 
kuzatadilar. 
Iqtisodiy 
konyunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va 
o„zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir 
ko„rinishdir. 
Bu 
ko„rsatilgan 
aniqlik 
o„z 
ichida 
konyunktura 
tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o„zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy konyunktura predmeti ko„rsatilgan, ya‟ni 
bozor, ayirboshlash sohasidagi konyunkturani avval olib borilayotgan 
ishlar bilan bog„laydi.
Ikkinchidan, konyunkturani faqat ayirboshlash sohasidagina emas
balki butun ishlab chiqarish jarayonini, ya‟ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, 
muomala, iste‟mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o„z 
ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, konyunktura dinamik o„sish davrlarida ko„riladi.
To„rtinchidan, konyunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy 
sharoitlari bilan bog„liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun 
omillar va konyunktura rivojlanishining sharoitlari mosligi o„ziga xosdir.
Beshinchidan, uning asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining 
nisbatidir. Bir so„z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holati va 
dinamikasini 
aniqlashda 
markaziy 
bo„g„in 
bo„lib 
hisoblanadi. 
Konyunktura tadqiqotining 2 ta obyektiga ko„ra - ya‟ni iqtisodiy 
konyunktura tushunchasidagi xo„jalik va tovar bozori, 2 mustaqil tarkibiy 
qismga ajratiladi
1) umumxo„jalik konyunkturasi
2) tovar bozori konyunkturasi.
Umumxo„jalik 
konyunkturani 
tuzilmaviy 
birlik 
deb, 
shunga 
qaramasdan tovar bozorlarining va ko„plab o„zaro munosabatlar 


93 
konyunkturasini yig„indisi deb qarash mumkin. Tovar konyunkturasi 
umumxo„jalik konyunkturasini tashkil etadi, umumxo„jalik konyunkturasi 
esa tovar bozorlari konyunkturasini keltirib chiqaradi. Tovar bozorlari 
konyunkturasini 
umumxo„jalik 
konyunkturasining 
elementi 
sifatida 
birlashuvi, bir butun kabi tovar konyunkturasini tashkil etuvchilarga 
mavjud bo„lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi 
va bo„g„inlarining belgilari o„zaro ta‟sirchanligi va o„zaro aloqadorligi 
shakllarining fe‟l - atvorini, umumxo„jalik va tovar konyunkturasi 
rivojlanishini aniqlaydi. 
Bozorni, avvalo butun bozor konyunkturasini kompleks izlanishlar 
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko„ra, ishbilarmonlarga ularning xo„jalik 
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo„l qo„ymasligi uchun tavakkalchilikni 
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy konyunkturani izlash, faqatgina 
ayirboshlash sohasi rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish 
jarayonining boshqa bosqichlari bilan o„zaro aloqadorligining umumiy 
qonunchiligini o„rganish bilan chegaralanib qolmaydi.
Tovar bozori o„zida, birinchidan, ma‟lum bir tovarni ishlab 
chiqaruvchilar 
va 
iste‟molchilar 
o„rtasida, 
ikkinchidan, 
ishlab 
chiqaruvchilar guruhi va iste‟molchilar guruhi o„rtasida iqtisodchilar 
aloqalari tizimini o„zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko„rinishi 1-turi 
bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo 
raqobatning mexanizmi orqali o„zaro ta‟sirga ega va u milliy bozorni 
butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarining tarixiy rivojlanishi 
davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar 
bozorlari shakllanadi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish