94
Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab
chiqaruvchilar miqyosiga va
sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog„liqdir, narx- navoga, modaning
o„zgarishiga qarab har xil bo„ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab
chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo„shimcha resurslar,
ularni
qaytarish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import,
shuningdek narx - navodagi o„zgarishlar yo„nalishiga qarab aniqlash
mumkin. Bu bilan tovar taklifi o„rganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo„lgan talab
va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo„nalishiga qarab,
shuningdek, aholi
xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta‟minlanish darajasini hisobga
olib talab o„rganiladi.
Uzoq muddatli o„sish imkoniyalarini aniqlash va konyunktura tahlili
bir -biri bilan bog„liq va u bir-birini to„ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to„plangan ma‟lumotlarni 3 ta guruhga
bo„linadi:
-o„tgan davr konyunktura ma‟lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr konyunktura ma‟lumotlari;
-kelgusidagi konyunkturaga ta‟sir etuvchi ma‟lumotlar.
Konyunkturani tahlil qilish shakli konyunktura sharhi bo„lib
hisoblanadi.
Konyunkturani
tahlil
qilish
savollariga
o„tishdan
avval
konyunkturaning ko„rsatkichlar tizimini ko„rib chiqish darkor.
Ko„rsatkichlar shartli ravishda makro va mikroko„rsatkichlarga
bo„linadi.
Makroko„rsatkichlarga
-
umumxo„jalik
konyunkturasini
tavsiflovchi ko„rsatkichlar:
yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad,
ishlab chiqarish ko„rsatkichlari, tovar aylanma ko„rsatkichlari, pul
muomalasi
ko„rsatkichlari,
iste‟mol
ko„rsatkichlari
kiradi.
Mikroko„rsatkichlarga
esa
alohida
tovarlar
bozorini
tavsiflovchi
ko„rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko„rsatkichlari, mahsulot sotilishi va
iste‟moli, narx dinamikasi va h.k.
Umumxo„jalik konyunkturasi tahlilini izlanish maqsadiga ko„ra ikki
yo„l bilan olib borish mumkin:
1.
Agar ma‟lum bir vaqt ichida konyunkturaning rivojlanish
tendensiyasi va sur‟atlarini bilib olish masalasi qo„yilgan bo„lsa, u holda
konyunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o„rganish yo„li
bilan olib boriladi.
2.
Agar eng oxirgi sanaga konyunktura holatini aniqlash masalasi
qo„yilgan bo„lsa, u holda iqtisodiy davrning fazasi
va faza ichidagi misol
tariqasidagi joyini aniqlash yo„li bilan olib boriladi. Shuni e‟tiborga olish
95
kerakki, konyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini
aniqlash o„zora bog„liq va bir - birini to„ldiradi.
Konyunktura tahlili jamiyatning xo„jalik hayotining qiyinligini
hisobga
olmagan
holda
u
yoki
bu
qarashlarni
tasdiqlaydigan
o„zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistik ma‟lumotlarga
yondashib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig„indisiga
yondashish kerak. Konyunktura tahlilining shakli bu konyunktura sharhi
va ma‟lumotnomasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish belgilanganligiga qarab,
mahsulotning
mutlaq birligi o„lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davri
davomiyligi, iste‟molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq konyunktura
o„zgarishini aks ettiradi.
Ba‟zi tarmoqlar, masalan qora metallurgiya,
havo va suv transporti,
qurilish belgilangan iste‟molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi
bo„yicha ishlaydilar. Boshqalar esa, ya‟ni avtomobil, radioelektron va shu
kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma‟lum
iste‟molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarish
qisqarishi yoki o„z ishi natijasida ishlab
chiqarish konyunkturasini
yaxshilash yoki yomonlash aniq ko„rsatkich bo„lib hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: