Mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari milliy xisoblar tizimi



Download 36,19 Kb.
bet1/5
Sana28.06.2022
Hajmi36,19 Kb.
#711900
  1   2   3   4   5

Mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
milliy xisoblar tizimi

  1. Makroiqtisodiyot tushunchasining mazmuni uning o’lchami va ko’rsatkichlari.

  2. Nominal va real yalpi ichki mehnat ko’rsatkichlari.

  3. Milliy mahsulotni hisoblash tizimi. YaIMni hisoblash usullari.

Asosiy tayanch tushunchalar
Makroiqtisodiyot, Milliy hisoblar tizimi, Yalpi milliy mahsulot (YaMM), Qo’shilgan qiymat, Yalpi ichki mahsulot (YaIM),Sof milliy mahsulot (SMM), Milliy daromad, Shaxsiy daromad.,Nominal YalM, Real YalM, Oraliq mahsulot, Pirovard mahsulot, Xufyona iqtisodiyot.
1. Makroiqtisodiyot tushunchasining mazmuni uning o’lchami va
ko’rsatkichlari
Makroiqtisodiyot - bu milliy iqtisodiyot, uning alohida mulkiy sektorlari va jahon xo’jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan iqtisodiyot tuzilmasidir.
Makroiqtisodiyotning har qanday darajasidagi tarkib topgan tuzilmasi ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv rivojining natijasi hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot - alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o’zaro bog’langan tarmoqlar, sohalar va infratuzilma muassasalaridan iborat yaxlit iqtisodiy tuzilmadir.
Iqtisodiyot sektorlari- iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga ko’ra alohidalashgan hususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat bo’g’inlaridir.
Jahon xo’jaligi-xalqaro mehnat taqsimoti orqali tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisiga aylangan alohida milliy davlatlar iqtisodiyotlari majmuasidir.
Har qanday darajadagi makroiqtisodiyot o’zining turli xil o’lchamlariga ega. Jumladan, milliy iqtisodiyotning mulkiy, hududiy, tarmoq, takror ishlab chiqarish o’lchamlari farqlanadi. Milliy xo’jalikning iqtisodiy o’lchamlari makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar milliy (yoki jahon) iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlarining holatini, faoliyat qilishi va natijalarini ifodalaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yer osti va yer usti boyliklari zahiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

  • Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

Bular bandlik, ishsizlik, inflyatsiya, iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi va uning o’zgarishi, savdo aylanmasi, to’lov balansi holati va boshqalar.

  • Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaMM va uning harakat shakllari).

  • Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular YalM da iste’mol va jamg’arma nisbati, ish haqi va boshqa omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqalar.

Milliy iqtisodiyotni o’rganishda makroiqtisodiy tahlildan foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlil resurslarning to’liq bandligiga erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish, ishsizlikni kamaytirish orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni va pirovard natijada iqtisodiy o’sishni ta’minlash muammolariga qaratiladi.
Makroiqtisodiy tahlilda yaxlit iqtisodiyotga tegishli o’rtacha miqdorlardan foydalaniladi. Bular narxlarning o’rtacha darajasi, foizning bozor stavkasi, inflyatsiya, bandlik, ishsizlikning o’rtacha darajasi va h.k.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Makroiqtisodiy modellar-iqtisodiyot va unda ro’y beradigan real voqelikning mantiqiy (nazariy), miqdoriy (matematik) va grafik o’lchamlarda abstrakt tasvirlanishidir.
Asosiy makroiqtisodiy modellar quyidagilar:

  • doiraviy oqimlar (aylanishlar) modeli

  • yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli

  • tovarlar miqdori va pul massasi IS-LM) modeli

  • Fillips, Laffer egri chiziqlari


Download 36,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish