171
Bunda lisoniy birliklar muayyan tartibda, ketma-ketlikda kelib, gorizontal chiziqqa
joylashishi bilan ajralib turadi.
Eslatamiz, sintagmatikada sintagmatik munosabatda ishtirok etuvchi har bir lisoniy birlik
o`zining muayyan o`rniga (pozitsiyasiga) ega bo`ladi. SHunga ko`ra u tavsiflanishi bilan ham
ajralib turadi. Muayyan pozitsiyadagi birlik ayni vaqtda muayyan nutqda vazifaga - egaligi bilan
ham muhimdir. Nutq jarayonidagi lisoniy birlikning o`rni (pozitsiyasi) ayni vaqtda uning
nutqdagi nisbiy joylashishidir.
Qiyoslang: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni. Vatan mustaqilligini mustahkamlash har
birimizning vijdoniy burchimizdir.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, qat‘iy xulosa shuki, sintagmatik munosabatlar tilning
bosh vazifasini-kommunikativ vazifasini ta‘minlaydi.
Sintagmatik munosabatlarning reallashishiga ko`ra til birliklaridan axborot tashuvchi gaplar
- nutq birliklari, nutqiy "asarlar", hosilalar shakllanadi, hosil bo`ladi.
Demak, sintagmatik munosabatlar shunday munosabatlarki, ularga ko`ra til aloqa vositasi
sifatida xizmat qiladi, ya‘ni tilning kommunikativ vazifasi sintagmatik munosabatda namoyon
bo`ladi va shu munosabatga tayanadi.
Xullas, paradigmatik va sintagmatik munosabatlar o`zaro dialektik bog‘liqlikda, bir butun,
yaxlit holda sistemalar umumiyligi, jami sifatida tilning aloqa quroli bo`lib xizmat qilishini,
ijtimoiy-amaliy faoliyatini ta‘minlaydi.
1. Til sistemasi lisoniy birliklar va qoidalar xazinasi bulib, ular paradigmatik va sintagmagik
aspektlarda o`rganiladi.
2. Paradigmatika paradigmalar sistemasidir. Paradigmalar sistemasi til birliklarining
umumiy va xususiy ma‘nolariga ko`ra tashkil topadi.
3. Paradigmalar sistemasi birliklarining o`zaro ichki munosabati paradigmatik munosabatdir.
4. Paradigmatika - paradigmatik munosabat til bilan - til imkoniyati bilan bog‘lanadi. Ushbu
munosabat til birliklarining nutqqacha-nutq faoliyatigacha bo`lgan munosabati til faktidir.
5. Sintagmatika til sistemasi birliklarining nutqda muayyan tartibda ketma-ketlikda
joylashishi, kelish jarayoni bilan bog‘lanadi.
6. Nutq faoliyatida o`zaro mantiqiy aloqaga kirishgan birliklar orasidagi munosabat
sintagmatik munosabatdir. Nutq birliklari - nutqiy hosilalar sintagmatik munosabatning
voqelashishidir.
7. Sintagmatik munosabat tilning kommunikativ vazifasini namoyon qiladi. Sintagmatik
munosabatga ko`ra til aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi.
8. Sintagmatik munosabat nutq bilan, nutq faoliyati bilan bog‘lanadi, nutq fakti hisoblanadi.
9. Sintagmatikada - sintagmatik munosabatda ishtirok etayotgan birliklarning har biri
o`zining muayyan o`rniga (pozitsiyasiga) ega.
10. Paradigmatik va sintagmatik munosabatlar, til va nutq kabi, o`zaro dialektik bog‘liq
bo`lib, tilning jamiyatda aloqa quroli sifatida xizmat qilishini, ijtimoiy-amaliy faolligini
ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: