O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik


-ma‟ruza  Til sistemasi, til birliklari o`rtasidagi munosabatlar



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

13-ma‟ruza 
Til sistemasi, til birliklari o`rtasidagi munosabatlar.
Sintagmatika va paradigmatika 
 
Reja: 
1.
Til sistemasi o`rtasidagi munosabatlar 
2.
Sintagmatik munosabatlar 
3.
Til sistemasidagi birliklarning paradigmatik munosabati 
 
Asosiy tayanch tushunchalar:
 
Til ikkilamchi material sistema sifatida ideal sistemalarning, yani g‘oyalar, fikrlar, 
tushunchalarning "moddiylashishi", voqelashishi uchun xizmat qiladi.
Til sistemasi - bu lisoniy (lingvistik) birliklar va ularning jamiyat talabiga - kommunikativ 
jarayonga mos holda o`zaro bog‘lanishi, mantiqiy munosabatga kirishishi uchun xizmat 
qiladigan muayyan qoidalar xazinasidir, imkoniyatdir.
Til sistemasi tarkibidagi moddiy kommunikativ birliklar muayyan qoidalar asosida o`zaro 
zaruriy aloqaga, munosabatga kirishadilar, muayyan guruhlarni (paradigmalarni) tuzadilar, nutq 
birliklarini - hosilalarini yaratadilar. Bu aloqa munosabatlar mutlaqo mantiqiy, ob‘ektiv, ijtimoiy 
bo`lib, ikki yo`nalishda paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlarda kuzatiladi, reallashadi. 
Ushbu aspektlarda tadqiq va tahlil qilinadi, o`rganiladi. Anig‘i, til birliklari orasidagi bog‘lanish, 


169 
aloqa paradigmatik va sintegmatik munosobatni hosil qiladi. Demak, til sistemasi tarkibidagi 
birliklarning asosiy munosabatlari paradigmatik va sintagmatik munosabatlar hisoblanadi. Til 
sistemasi faoliyati, amaliyoti, harakati, mavjudligi aynan mana shu paradigmatik va sintagmatik 
munosabatlar asosida yuz beradi. SHunga ko`ra til sistemasi bilan bevosita — tabiiy bog‘liq 
paradigmatika - paradigmatik munosabat va sintagmatika sintagmatik munosabat kabi 
tushunchalarni aniqlash, ularning til sistemasidagi mavqeini, ahamiyatini, o`rnini belgilash 
nazariy tilshunoslukning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. 
Eslatamiz, paradigmatika, paradigmatik munosabat (assotsiativ aloqa) va sintagmatika, 
sintagmatik munosabat tushunchalari Ferdinand de Sossyur tomonidan tilshunoslik nazariyasiga 
kiritilgan. 
Paradigmatika til birliklarini til sistemasining elementlari sifatida, struktural birliklarning 
jami sifatida tekshirish aspekti hisoblanadi. Aytmoqchimizki, paradigmatikada til sistemasining 
struktural birliklari muayyan paradigmalarga birlashib, o`zaro bir-biri bilan taqqoslanishiga, 
qiyoslanishiga ko`ra xarakterlanadi. Demak, paradigmatika ayni vaqtda paradigmalar 
sistemasidir. Paradigmalar sistemasi esa aytilganidek, til birliklariga aniqrog‘i, ularning umumiy 
va xususiy ma‘nolariga ko`ra - ular asosida tashkil topadi, ya‘ni paradigmalar o`zaro mantiqiy 
munosabatga kirishgan qator til birliklarinnng umumiy ma‘nolariga ko`ra birlashib, xususiy 
ma‘nolariga ko`ra esa farqlanadi. Masalan: otlarning kelishik bilan turlanishi hamda grammatik 
son va egalik shakllari paradigmasi, fe‘llarning shaxs-sonda tuslanish paradigmasi va boshqalar.
Demak, paradigma hosil qilgan ayni birliklar leksik (umumiy) ma‘nosiga ko`ra bir xil 
grammatik (xususiy) ma‘nosiga ko`ra esa farqlanishi bilan o`ziga xosdir. SHuningdek, 
paradigmalar sistemasi ko`pincha tik (vertikal) joylashishi bilan ham ajralib turadi.
Ma‘lum bo`ldiki, muayyan paradigmaga birlashuvchi til birliklarining o`zaro munosabati 
paradigmatik munosabat sifatida namoyon bo`ladi. 
Paradigmatik munosabat bir paradigma bir birliklari doirasidagi - orasidagi munosabatdir, 
ichki jarayondir. 
Til va nutq dixotomiyasiga ko`ra paradigmatika-paradigmatik munosabat tushunchasi til 
bilan - til imkoniyati bilan bog‘lanadi. CHunki paradigmatik munosabat birliklari ham aslida 
imkoniyat sifatida nutqda - Nutq birliklarida voqelashadi, muayyanlashadi, nutq uchun ashyo, 
zaruriy, material vazifasini o`taydi, nutqqacha bo`lgan jarayon hisoblanadi. SHunga ko`ra ular 
sintagmatik munosabatdan farqlanadi, ular kabi bevosita ruhiy - fikriy ta‘sir qilish quvvatiga — 
kommunikativ aloqa imkoniga ega bo`lmaydi, umumiylik sifatida mavjud bo`ladi. 
Paradigmatik munosabat tushunchasi keng bo`lib, lisoniy birliklarning, masalan, so`zlarning 
muayyan bog‘lanishlarini sinonimlar (bo`kmoq, ivimoh, ozmoq, oriqlamoq, ozg‘inlamoq, 
shalpaymoq, shalvaymoq, shalviramoq) tematik guruhlar (suv, ariq, kanal, ko`l, daryo, dengiz, 
okean), (shimol, janub, sharq, g‘arb), (tepalik, balandlnk, tog‘, cho`qqi) so`z turkumlari (ot, sifat, 
son, olmosh, fe‘l, ravish); antonimlar (keng-tor, kun-tun, qattiq-yumshoq, oq-qora, yaxshi-
yomon, achchiq-shirin, yosh-qari) kabilarni ham o`z ichiga oladi. 
Demak, paradigmatik munosabatlar lisoniy birliklarning o`xshash, umumiy belgi-
xususiyatlariga ko`ra bog‘langan, birlashgan gururuhlaridir, sistemasidir. Ular til birliklari 
orasidagi o`xshashlik va farqlanishga asoslanadi. 
Paradigmatik munosabat til bnrliklarining nutqqacha bo`lgan munosabati, imkoniyat sifatada 
til hodisasi bo`lib, tilshunoslikda assotsiativ munosabat, assotsiativ aloqa nomi bilan ham 
yuritaladi. 
Paradigmatik (assotsiativ) munosabatni tashkil qiluvchi til birliklarining miqdori 
chegaralanmagan, nisbatan noaniq, davomiydir. SHuningdek, paradigmatik munosabatdagi 
birliklar o`zaro hokim-tobelik aloqasiga kirishmaydi, kirisha olmaydi. CHunki ular muayyan 
umumiy belgi asosida bog‘langan alohida teng huquqli mustaqil birliklar-paradigma birliklari 
sifatida paradigmatik munosabatni hosil qiladi. SHunga ko`ra paradigmatik munosabat til 
birliklarining nutqqacha-nutq faoliyatigacha bo`lgan munosabati, aytilganidek, imkoniyat 
sifatidagi til faktidir. Demak, til va nutq dialektikasi nuqtai nazaridan paradigmatika-
paradigmatik munosabat umumiylik sabab, imkoniyat sifatidagi, til hodisasi hisoblanadi. 


170 
Paradigmatika, paradigmatik munosabat bilan bog‘liq bo`lgan sintagmatika sintagmatik 
munosabat esa til va nutq dixotomiyasiga ko`ra ularning qaysi biri bilan bog‘lanadi? 
Til sistemasi o`z mavjudligi va amaliy qudratini, ijtimoiy harakatin ushbu tayanch, eng 
asosiy munosabatlarga ko`ra amalga oshirar ekan, qayd etilgan savolning berilishi mutlaqo 
mantiqiydir. 
Ta‘kidlaymiz, til sistemasi uning birliklari va qoidalari paradigmagika-paradigmatik 
munosabat birliklari-paradigma a‘zolari til hodisasi, til fakti sifatida o`zining ta‘sir kuchini, 
harakatini, ijtimoiy-amaliy faolligini va faoliyatini-kommunikativ vazifasini sintagmatikada-
sintagmatik munosabatda namoyon qiladi, ko`rsatadi. CHunki paradigmatik mutosabat birliklari 
ijtimoiy amaliyot natijasi, fakti, hodisasi sifatida sintagmatik munosabat orqaligina til 
birliklarining valentlik munosabatiga kirishuvi semantik-sintaktik bog‘lanishiga ko`ra amalga 
oshadi. Demak, sintagmatika, sintagmatik munosabat nutq bilan, nutq jarayoni bilan bog‘lanadi, 
nutq hodisasi, nutq fakti hisoblanadi. CHunki nutq, nutq faoliyati kommunikativ faoliyatdir, fikr 
almashish jarayonidir, til sistemasining. noparadigmatik munosabati birliklarning jamiyatdagi 
faolligidir, harakatidir. 
Nutq hodisasi, nutq fakti bo`lgan sintagmatika, sintagmatik munosabat tushunchalari o`ziga 
xos xususiyatlari, muayyan "shaxsiy" jihatlari bilan ajralib turadi. Aniqrog‘i, sintagmatika til 
sistemasi birliklarining nutq faoliyatida muayyan tartibda, ketma-ketlikda joylashishi o`zaro 
mantiqiy munosabatga kirishishidir. 
Ma‘lum bo`ldiki til sistemasi birliklarining faollashishi, nutqning aniq birligiga aylanishi 
sintagmatika, sintagmatik munosabat tufayli yuz beradi. Bundan mantiqiy ravishda 
paradigmatikaning sintagmatika bilan bog‘liqligi kelib chiqadi. Aytish mumkinki, sintagmatika 
paradigmatikaning mavjudlik va namoyon bo`lish shaklidir. 
Sintagmatika til birliklarining nutq jarayonida o`zaro bog‘langan holda qo`llanishini 
tekshiradi. 
Demak, lisoniy birliklarning - masalan, so`zlarnnng nutq faoliyatida ketma-ket kelishi 
muayyan tartibda joylashishi sintagmatika sifatida namoyon bo`ladi. 
Sintagmatikada lisoniy birliklar orasidagi munosabatlar aniqligi va izchilligi bilan ajralib 
turadi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish