31
Samarqand bo‗ylab obzor
ekskursiya;
Teatrda tomosha;
Mehmonxonada kechki ovqat;
2 - kun
Mehmonxonada nonushta;
Kasbiy uchrashuv va muzokaralar uchun bo‗sh vaqt;
Mehmonxonada tushlik;
Kasbiy maqsadlarda avvaldan kelishilgan maxsus joylar
(birja)ga tashrif hohlovchilar (muzokaralarda
qatnashmagan rafiqa, farzandlar)
uchun bu vaqtda shahar
ko‗chalari bo‗ylab sayr;
―Karimbek‖ restoranida kechki ovqat;
3 - kun
Nonushta;
Siyob dehqon bozoriga ekskursiya, «O‗zbekiston xalqlari
tarixi» muzeyiga tashrif;
Kechki ovqat mehmonxonada.
4.5.Xizmat yetkazib beruvchilar.
Turistlarga xizmat ko‗rsatishda sayohat vaqtida ko‗pgina turli tuman tashkilotlar
va korxonalar qatnashadi. Ularga joylashtirish vositalarini taqdim etuvchi tashkilotlar
(mehmonxona, turbaza, motellar va h.k.). Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran,
kafe, oshxona va h.k.).
Ekskursion tashkilotlar, transport kompaniyalari, shou, kino va
video va h.k. Shunga o‗xshash tashkilotlar,
sport tashkilotlari, rekreatsion tashkilotlar.
Maishiy xizmat firmalar, savdo va h.k. turli tashkilotlar. Tur davomida turistlarga
kompleks xizmat ko‗rsatishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlarni turizm
amaliyotida xizmatlar yetkazib beruvchilar deb nomlash qabul qilingan.
Turistik mahsulotni yaratish va sotishdagi turoperatorning roli haqida so‗z
ketganda xizmatlar yetkazib beruvchilarining asosiy ekanligini ham unutmaslik lozim.
Chunki, turist tomonidan mahsulotni sifatli deb tan olinishi
har bir alohida xizmatning
hususiyatlariga bog‗liq.
Shuning uchun turdasturlarini tuzishida xizmatlar yetkazib beruvchilariga alohida
e‘tibor beriladi va xizmatlar yetkzib beruvchilar bilan ishlashda:
hamkor tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatiga jiddiy yondashuv.
Shuningdek ushbu firmaning bozordagi obro‗yini inobatga olish;
mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, transport xizmatlari turi va
darajasining konkret tur mo‗ljallangan turizm turi va iste‘molchilarning
ijtimoiy bo‗g‗iniga muofiqligi;
hamkorlik bo‗yicha shartnomaviy hujjatlashtirishga jiddiy va e‘tiborli
yondashuv chunki bu kelajakda firma obro‗ysiga ta‘sir ko‗rsatish mumkin.
Istqbolli hamkorni topish uchun u yoki bu mamlakatda ro‗yxatdan o‗tgan ko‗p
sonli firmalar ichidan siz bilan hamkorlik qilishga qiziqayotgan va sizning bu boradagi
talablaringizga javob bera oladigan firmani tanlashingiz lozim.
Qidiruvda siz turli
ma‘lumotnomalar, internet va h.k. kommunikatsiya vositalaridan foydalanishingiz
mumkin. Xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan maxsus ko‗rgazma, yarmarka va h.k.
aloqa o‗rnatish odatiy usullardan biridir. Xizmatlar yetkazib beruvchilar hududiy
qiziqish, turizm turi, dasturning tarkibi, shuningdek iste‘molchilarning yoshi ijtimoiy va
iqtisodiy segmentlari bo‗yicha tanlanadi. Undan tashqari firmaning obro‗yi va kasbiy
sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.
32
Taklif etilayotgan xizmatlar paketining joriysi uchun qo‗yidagi xizmatlar yetkazib
beruvchilar zarur:
-
Yuqori darajali mehmonxona, qo‗lay avtobuslar va turistlarga ijaraga berish uchun
mashinalarga ega transport kompaniyalari.
Yuqori darajali, taomni xonaga
yetkazib berish va menyuni turistlar bilan kelishish imkoniyatini beruvchi
restoran;
-
guruhli va individual ekskursiyalarni tashkil etuvchi va yuqori darajadi gidlarni
taqdim eta oladigan ekskursion
tashkilotlar;
-
teatr-manzarali tashkilotlar, tungi klublar, akvapark,
tabiiy va tematik parklar,
baliq ovlash xo‗jaliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: