33
turistlarga xizmat ko‗rsatish
usullari, shakllari va jarayonlarining bayoni;
turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayonlarining tavsifi;
zarur xodimlar soni va ularning kasbiy tayyorgarligi;
xizmat ko‗rsatishni ta‘minlashning kafolati;
rekreatsion resurslar mulkdorlari, sanitar-epidemiologik nazorat organlari,
yong‗in nazorati va h.k. lar bilan kelishuv.
Xizmat ko‗rsatish jarayonini loyihalash xizmatlarni
taqdim etishning alohida
bosqichlari va ularning har biri uchun alohida texnologik haritalarni tuzish bo‗yicha
amalga oshiriladi.
Turni loyihalashning natijasi bo‗lib, texnologik hujjatlashtirish hisoblanadi.
(texnologik haritalar, yo‗riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va h.k.)
―Turistik sayohat‖ xizmatini loyihalash 2 bosqichni ko‗zda to‗tadi.
1) Turistlarga xizmat ko‗rsatish dasturiga muvofiq ―turistik sayohat‖ xizmatiga
kiruvchi har bir turni loyihalash.
2) ―Turistik sayohat‖ xizmatini umumiy ravishda loyihalash.
Turist talablariga binoan xizmatlarni loyihalashda xizmatni ijro etuvchi
tashkilotlarning imkoniyatlari inobatga olinishi lozim. ―Turistik sayohat‖ xizmatining
qisqacha tavsifi ma‘lum hududdagi rekreatsion resurslar imkoniyatlarini o‗rganish, aholi
ehtiyojlari va to‗lov qobiliyatini, hamda turistik sayohatlar turiga bo‗lgan
talabni
o‗rganish asosida tuziladi. Tavsif turistlarga xizmat ko‗rsatish dasturi loyihasida
aniqlashtiriladi. Xizmat ko‗rsatish dasturini ishlab chiqishda qo‗yidagilar aniqlab
olinadi:
sayohat marshruti;
xizmatlar ijrochilari-turistik tashkilotlar ruyxati;
har bir xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotning xizmatlarni taqdim etish davri;
ekskursiyalar va diqqatga sazovar ob‘ektlar tarkibi;
bo‗sh vaqt tadbirlari kompleksi;
marshrut har bir punktiga
tashrifning davomiyligi;
sayohatda ishtirok etuvchi turistlar soni;
ichki tashuvlarga mo‗ljallangan transport turlari;
gidlar, ekskursiyachilar, chet ellik vakillar yo‗riqchilar, tarjimonlar shuningdek
ularning tayyorgarligiga bo‗lgan talab;
transport vositalarining zaruriy miqdori;
reklama axborot vositalarini tayyorlash tartibi.
Turni loyihalashning natijalari bo‗lib:
turistik sayohatning
texnologik haritasi;
tashkilotning yuklanish grafigi;
turistlarga xizmat ko‗rsatish dasturi.
Turistik xizmatlarga bo‗lgan talablar:
Majburiy xayot va sog‗liq, mol-mulk xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi;
Tavsiya etiladigan vazifaga muvofiqlik, bajarishda tezkorlik va aniqlik,
komplekslik xizmat ko‗rsatuvchi persanalning aholi qo‗laylik erganomlik, estetiklik.
Vazifaga muvofiqlik.
Turistik xizmatlar ular yo‗naltirilgan iste‘molchilarning
jismoniy imkoniyatlari va umidlariga muvofiq kelishi lozim.
Bajarishda tezkorlik va aniqlik. Taqdim
etilayotgan xizmatlar xajmi, muddati va
xizmat ko‗rsatish shartlari yo‗llanma chipta, kvitansiya va h.k. ko‗rsatilganlarga muvofiq
bo‗lishi kerak.
34
Komplekslik.
Xizmatlarni taqdim etish turistlarning normal xayot kechirish uchun
qo‗shimcha xizmatlar (maishiy, aloqa, savdo va h.k.) olish imkonini ta‘minlash lozim.
Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning ahloqi. Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar xulq
atvorning ahloqiy normalariga rioya qilish lozim. Iste‘molchiga xizmat ko‗rsatish
xodimning xushmuomila, do‗stona va kommunikabellik munosabatlari kafolatlanishi
lozim.
Qulaylik.
Turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun yaratilgan qo‗lay
sharoitlarda
taqdim etilishi lozim.
Estetiklik turistik tashkilotlar xududi, turistik maqsadlarda foydalaniladigan
ob‘ektlar, binolarning ko‗rkamligi dizaynining mukammalligi. Xizmat ko‗rsatuvchi
binolar intererining ko‗rkamligi, hamda xizmat ko‗rsatuvchi xodimning tashqi ko‗rinishi
va muomala madaniyati estetik talablarga javob berish lozim.
Erganomiklik xizmat ko‗rsatish davomiylik turistik va ekskursion marshrutlarning
murakkabligi, turistlarga taqdim etiladigan asbob-anjomlar, foydalaniladigan transport
vositalari, mebel va h.k. turistlarning fiziologik va psixologik
imkoniyatlariga muvofiq
kelishi lozim. Xizmatlarni loyihalashda turistlarga xizmat ko‗rsatish sifatini nazorat qilish
usullarini inobatga olish lozim.
Sifat nazoratini loyihalash o‘z ichiga
:
xizmatlar tavsifining xatolarini tuzatish usullarini aniqlash,
nazorat qilinayotgan tavsiflarni baholash usullarini aniqlash,
nazorat usullari: vizual (marshrutlar va ob‘ektlarni ko‗zdan kechirish); analitik
(hujjatlar tahlili); ijtimoiy (turistlar so‗rovi) va h.k.
Xizmatni loyihalashning yakunlovchi bosqichi bo‗lib, loyihani tahlil qilish va
buning natijasida xatolarni topish va bartaraf etish hisoblanadi.
Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni va loyihalangan turistik xizmatlar hujjatlarini
turistik tashkilot rahbari buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Loyihada
o‗zgarishlar faqat buyurtmachi bilan kelishilgan holda va faqat asoslangan hollardagina
tur tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: