19
2-BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR VA
ULARNI HISOBLASH
Reja:
2.1.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy
ko‘rsatkichlar
2.2.
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy
shartlari
2.3.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
2.4.
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular
o‘rtasidagi nisbat
2.5.
Nominal va real yalpi ichki mahsulot
2.6.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
2.1.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan
asosiy ko‘rsatkichlar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish,
milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Hukumat
statistik raqamlardan
rivojlanish darajasini monitoring qilish va iqtisodiy siyosatni
shakllantirish maqsadida foydalanadi
5
Alohida
firmalar faoliyatiga baho
berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‘rsatkichlar
milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho
berish, makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon
xo‘jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:Yalpi ichki mahsulot (YaIM),
Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD),
Sof milliy
daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi
daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‘arish ko‘rsatkichlarining hajmi va
o‘sish sur’atlari; iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi,
YaIMdagi ulushi
va o‘sish suratlari;
resurslardan foydalanishning samaradorligini
xarakter-
lovchi ko‘rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
5
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers,
2013): 17
20
davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste’mol
baholari indeksi,
inflatsiyaning o‘sish sur’atlari;
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik
darajasi;
aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi,
ularning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar
umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM,
YaMD, SMD,
ShD, ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy
ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda
foydalaniladi. Bu
ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari
faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy
hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi.
MHT mamlakat buxgalteriyasi
vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni
hisoblash,
mamlakat–lararo
taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli
baho berish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan
foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondashuvga yo‘l qo‘yilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: