1
2-MAVZU. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR
Reja:
2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
2.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
2.3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
2.4. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi
nisbat
2.5. Nominal va real yalpi ichki mahsulot
2.6. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
Mamlakat
iqtisodiyoti
rivojlanishini
tahlil
qilish,
milliy
iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo„yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko„rsatkichlardan
foydalaniladi.
Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va
iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi.
1
Alohida firmalar
faoliyatiga baho berishda qo„llaniladigan ko„rsatkichlardan farqli tarzda bu
ko„rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub‟ektlari faoliyatiga umumiy baho
berish, makroiqtisodiy tahlil o„tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo„jaligida
raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko„rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy
daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy
tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste‟mol (C), Jamg„arish (S) ko„rsatkichlarining hajmi
va o„sish sur‟atlari;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o„sish
suratlari;
resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko„rsatkichlar
(Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste‟mol baholari indeksi, inflatsiyaning
o„sish sur‟atlari;
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
aholining moddiy ne‟matlar va xizmatlar iste‟moli hajmi, ularning
jamg„armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur‟ati kabi ko„rsatkichlar umumiy
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo„llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD,
ShTD, C, S ko„rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini
tahlil etishda foydalaniladi.
1
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 17
2
Bu ko„rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub‟ektlari faoliyatlari natijasi sifatida
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi.
MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o„tagani holda uning standartlaridan kelib
chiqqan
holda
makroiqtisodiy
ko„rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo
taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o„rganish, unga tizimli baho berish
uchun yuqorida sanab o„tilgan barcha ko„rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda
bir tomonlama yondoshuvga yo„l qo„yilishi mumkin.