2.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida YaIM ishlab chiqarish tarkibi
6
Yillar
YAI
M
Sanoa
t
Qishloq
xo‘jaligi
Quri-
lish
Transpor
t va
aloqa
Savdo va
umumiy
ovqatla
nish
Boshq
alar
Sof
soliqlar
2000
100
16,2
34,4
6,9
8,8
12,3
21,4
12,5
2001
100
16,0
34,0
6,6
8,6
13,3
21,5
11,9
2002
100
16,6
34,5
5,6
9,4
12,6
21,3
12,6
2003
100
18,3
33,0
5,4
10,9
11,7
20,7
13,7
2004
100
20,4
30,8
5,6
11,9
11,2
20,1
14,1
2005
100
23,7
29,5
5,4
11,8
9,8
19,8
10,6
2006
100
24,2
27,9
5,6
12,3
10,0
20,0
10,1
2007
100
23,3
25,9
6,6
12,6
10,5
21,1
10,1
2008
100
26,0
21,9
6,2
13,9
9,6
22,4
9,9
2009
100
26,1
20,6
7,5
12,8
9,8
23,2
9,6
2010
100
20,2
32,9
5,8
11,3
9,3
20,5
12,8
2011
100
18,7
35,9
5,2
11,1
8,9
20,2
12,0
2012
100
19,3
34,9
5,3
11,2
8,5
20,8
11,9
2013
100
19,7
33,1
5,7
11,4
8,7
21,4
11,0
2014
100
20,2
33,8
5,7
10,7
8,7
20,9
10,4
2015
100
20,2
34,1
6,0
10,0
8,5
21,2
9,6
2016
100
20,6
34,0
6,0
9,6
8,5
21,3
9,2
2017
100
22,2
34,0
5,7
9,5
8,0
20,6
11,5
2018
100
26,3
32,4
5,7
8,3
7,3
20,0
11,2
2000-2018 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 16,2 foizdan 26,3
foizgacha (qurilish tarmog„ini ham qo„shib hisoblaganda 32 foizgacha) o„sdi, bunda
sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi, bu sanoatda xomashyoga
yo„naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor tovarlar ishlab
6
O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma‟lumotlari
5
chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi
hisoblanadi. Bu avvalo mamlakatimiz iqtisodiyotida industrial sanoat tarmoqlari va
xizmatlarning jadal rivojlanib borayotgani bilan izohlanadi.
Qo„shilgan qiymatlar yig„indisi ko„rinishida hisoblangan YaIM tarkibiga sof
bilvosita soliqlar, ya‟ni davlat budjetiga tushgan qo„shilgan qiymat solig„i, aksiz
solig„i va bojxona boji to„lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat budjetidan ishlab
chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o„rtasidagi farq ham qo„shiladi.
Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi 2000 yilda O„zbekiston Respublikasida 12,5
foizni, 2018 yilda esa 11,2 foizni tashkil etdi. Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi
kamayib borishini ijobiy tendensiya deb baholash mumkin.
Shu bilan birga, ushbu davrda qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishi o„sishining
yuqori sur‟atlari (har yili o„rtacha 6,2 %) saqlab qolingan holda YAIM tarkibida
qishloq xo„jaligining ulushi 34,4 foizdan 32,4 foizgacha o„zgardi.
O„zbekiston mustaqillikni qo„lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda
mamlakatning g„alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini
o„zimizda ishlab chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash strategik
maqsadi qo„yildi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta
qisqartirildi, bo„shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g„alla,
meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari etishtirila boshladi.
O„zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik,
neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati,
temir yo„l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-
ovqat va to„qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi. Asaka va Pitnak
shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar,
Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk
avtomobillari ishlab chiqarish bo„yicha yangi zavodlar ishga tushirildi. Neft-gaz-
kimyo tarmog„ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, SHo„rtan gaz-kimyo majmui,
Qo„ng„irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o„g„itlar zavodi va bir qator boshqa
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Mustaqillik yillarida xizmatlar ko„rsatish sohasi O„zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanuvchi tarmog„iga aylandi.
Barchamizga ayonki, xizmat ko„rsatish sohasi iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi. Jahon tajribasi bugun
aynan ushbu soha yalpi ichki mahsulotni shakllantirish, aholi bandligini ta‟minlash,
odamlarning farovonligini oshirishda etakchi o„rin tutishini ko„rsatmoqda.
Agar 2000 yilda YAIM tarkibida xizmat ko„rsatish sohasining ulushi 42,5 foizni
tashkil qilgan bo„lsa, so„nggi 18 yil mobaynida mazkur sohaning jadal tarkibiy
siljishlari (o„rtacha o„sish sur‟ati 114%) ushbu sohaning YAIMdagi ulushini 2005
yildagi 41,4 %dan 2018 yilda 35,6 %gacha o„zgarishini ta‟minladi (2.2- jadval).
Qayd etish joizki, 2019 yil yanvar oyida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan
2017 yil uchun YaIM ko`rsatkichi keng miqyosda qayta ko`rib chiqildi va bu asosan
qishloq xo`jaligi tarmog`i ma`lumotlaridagi o`zgarishlar natijasida kelib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |