M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


 O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

1.4. O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda 
makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish 
yondashuvlaridan foydalanish 
 
Global tovar bozorlaridagi noaniqlik va beqaror vaziyatni, ko‘plab 
yirik mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygani hamda 


16 
boshqa jiddiy tahdidlarni e’tiborga olib, Davlat o‘z iqtisodiy siyosatini 
qanday murakkab sharoitlarda amalga oshirishi kerakligini yaxshi 
anglaydi. 
Shuning uchun makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha 
o‘zini oqlagan chora-tadbirlar va mexanizmlardan foydalanish 
masalalari ustuvor vazifa sifatida saqlanib qoladi. 
Umuman olganda, mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy 
demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor 
munosabatlariga 
va 
xususiy 
mulk 
ustuvorligiga 
asoslangan 
iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot 
kechirishi uchun shart- sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda 
O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirildi. 
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, 
mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda 
zamon talablaridan kelib chiqqan holda, iыtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim 
ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifalarini amalga 
oshirish yo‘lida 2017-yil 7-fevralda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, 
ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan 
uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-
iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari 
kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida 
makroiqtisodiy 
kompleksda o‘z yechimini kutayotgan qator 
muammolar mavjudki, Harakatlar strategiyasida ushbu muammolarni 
bartaraf etish ko‘zda tutilgan. 
Bunday muammolarga milliy valuta va ichki baholarning 
barqarorligi, valuta kursining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi 
bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi, tadbirkorlik 
subyektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valutadan erkin foydalana 
olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning mavjudligi, 
tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, 


17 
aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy 
rivojlanishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. 
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va 
liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator 
chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valuta va narxlarning 
barqarorligini ta’minlash, valutani tartibga solishning zamonaviy bozor 
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning 
daromad 
bazasini 
kengaytirish, 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqalarni 
kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab 
chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-
logistika infratu–zilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy 
investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq 
ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning 
zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda 
tutilmoqda. 
2017–2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari 
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq 
dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 
yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i 
ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish