1.Mavzu rejasi:
Tahliliy kimyoning maqsadi va vazifalari. Organik va anorganik
moddalarning sifat va miqdor tahlili. Tahlil turlarining element, guruh tuzilishli,
molekulyar, fazaviy, kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy tahlil usullari.
Makro, yarim-mikro, mikro va ultra mikro tahlil usullariga qo’yiladigan talablar,
tahliliy kimyo rivojlanishining hozirgi zamon holati va yo’nalishlari. Tahliliy
kimyoning boshqa fanlar bilan aloqasi, tahliliy kimyo va davriy qonun.
2. Maqsadi:
Talabalarni analitik kimyoning asosiy analiz usullari bilan tanishtirish.
Analitik kimyo tarixi, D.I.Mendeleevning davriy qonuni va analitik kimyo kabi
masalalarni qisqacha yoritish.
3. Dars o'tish vositalari:
D.I.Mendeleevning davriy jadvali, analitik reaksiyalarga oid ko’rgazmali
qurollar.
4. Dars o’tish usuli
- sifatida analogira usulidan foydalaniladi.
5. Darsning mazmuni;
Tahliliy kimyo-moddalarni tahlil qilish usullari haqidagi fan bo'lib, uning
mohiyati tahlil qilishning nazariy va amaliyotga oid masalalarini hal qilishdan
iborat. Kimyoviy tahlil aynUodda tarkibida qanday elementlar mavjudligini
aniqlash bilan birga ular o’zaro qanday nisbatlarda ekanligini ham aniqlaydi va
tarkibi molekulyar formulalar tarzida ifodalanadi.Ayrim elementlar, qanday
allotropik yoki modifikatsiyadagi shaklda ekanligini ham aniqlash zaruriyati
tug’iladi.
M: СаСО
3
; С-olmos, karbin, grafit
Modda tarkibiga qanday element, molekula yoki ionlar kirishini topish,
aniqlash sifat tahlilining vazifasidir.
Tekshirilayotgan modda tarkrbini tashkil etgan element yoki ionlar
miqdorini aniqlash miqdoriy tahlilning vazifasidir.
Sifat tahlilini odatda miqdor tahlilidan oldin bajariladi.
Boshqa fanlar kabi tahliliy kimyo ham mustaqil fan sifatida o'rganiladi.
Tahliliy kimyo fani-kimyoga yaqin bo'lgan fanlar-mineralogiya, geologiya,
fiziologiya, mikrobiologiya, meditsina, agronomiya va texnika fanlari bilan
uzviy aloqada bo'ladi.
Tahliliy kimyoning nazariy asoslarini Mendeleevning elementlar davriy
tizimi, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, massalar ta’siri qonuni, kimyoviy
muvozanat, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, kompleks birikmalar hosil
bo’lishi, tuzlar gidrolizi va asoslarning amfoterligi kabi mavzular tashkil etadi.
Hozirgi davrda tahliliy kimyo zamonaviy, mukammal usullarga ega.Ular
moddalarning turli xususiyatlariga asoslangan. Masalan: moddalarning
cho’kmaga tushushi, rangi, gaz holatda bo’lishi kabi xossalariga asoslanib
tahliliy usullar yaratiladi.
5
Barcha tahlil usullarini to’rt guruhga bo’lish mumkin:
Kimyoviy,fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik.
Kimyoviy usullar-kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Tahlil jarayonida
foydalaniladigan kimyoviy reaksiyalar tahliliy reaksiyalar deyiladi. Tahliliy
reaksiyalarni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deyiladi.
Masalan: (NH
4
)CO
3
, (NH
4
)
2
S, HCl, H
2
S, NH
4
OH, K
2
Cr
2
O
7
AgNO
3
.
Ko'pchilik kimyoviy usullarning sezgirligi u qadar yuqori emas va tahlil
bajarilishi uchun ko’p vaqt sarf bo’ladi. Lekin qishloq xo’jaligida va
biologiyada muammolarni tez va aniq natijalar asosida hal etish zarur. Bu
jihatdan fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarning o’rni katta bo’lib, bular
instrumental usullar hisoblanadi.
Biologik tahlil usullari biologik ob’ektlar tahlili hisoblanadi va vizual
aniqlashlar bilan birgalikda kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy usullarni
qo’llashda asoslangan.
Fizikaviy usullar - moddanig kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy
xossalari o’rtasidagi bog’lanishlardan foydalanishga asoslangan. Masalan.
Spektral, lyuminessent, refraktometrik, diel’kometrik, va h.k.z.lar.
Masalan: spektr tahlilda 10
-6
–10
-8
g miqdordagi elemetni aniqlash mumkin.
Alanga fotometriyasida modda nurlantiriladi va uning spektriga qarab sifat
jihati, spektral rangining ravshanligiga qarab miqdori aniqlanadi. Tahlilning-
fizik-kimyoviy- usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy
o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Masalan: kolorimetrik usulda moddani
Hg konsentrasiyasi eritma rangining o’zgarishini aniqlashga asoslangan.
Konduktometriyada
bevosita
usulda
konsentrasiya
va
elektr
o’tkazuvchanlik. orasidagi bog’liqliklardan foydalanib modda miqdori
aniqlanadi.
Tahliliy reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga
qarab, sifat tahlilida, makro, mikro, yarim mikro va ul’tra mikro usullardan
foydalaniladi. Ul’tra-rnikro-10
-6
-10
-12
g yoki 1.10
-3
-10
-6
ml. Xuddu shunday
Makrotahlil - 0.5-1 g. -1-50 ml
Mikro- 0.001 g.-0.01 ml
Yarim mikro - 0.01 g. ~ 0.1 ml kabi miqdoriy nisbatlarda bo’ladi.
Mikrotahlil probirka, kolbalarda o’tkaziladi:
Mikro va yarim mikro - tahlil mikrokristalloskopik va tomchi usullaridan
foydalaniladi.
Ul’tramikro usulda-barcha operassiyalar mikroskop ostida olib boriladi.
Bajarilish sharoyiti va talabiga ko’ra quyidagi tahlil usullarini ham ajratish
mumkin:
Distansion tahlil-ma’lum masofadan turib bajariladigan tahlil usulidir.
Tahlil qilinadigan moddadagi alohida elementni sifat va miqdor jihatdan
aniqlash usuli element tahlili deyiladi.Tekshirilayotgan tahlil ob’ekti tarkibidagi
alohida funksional guruhlarni aniqlash usuli esa funksional tahlil deyiladi.
6
Namunadagi ma'lum molekulyar massa bilan tavsiflanadigan alohida
kimyoviy birikmalarni aniqlash usuli molekulyar tahlil deyiladi. Masalan, havo,
benzin, kerosin (tarkibi doimiy bo’lmagan, lekin ma’lum molekulyar ma'ssaga
ega).
Ko'p komponentli modda tarkibidagi xossalari va sirt yuzalari hamda
fizikaviy tuzilishi bilan ajralib turadigan alohida komponentlarni aniqlash
usullari to'plamiga fazaviy tahlil deyiladi.
Kimyoviy tahlilda tahliliy reaksiyalar bajarilish usuliga ko'ra umumiy va
xususiy bo'ladi.
Umumiy reaksiyalar deb reagent bir qancha ionlar bilan reaksiyaga
kirishib, bir-biriga o'xshash xossali birikmalar hosil qilishiga aytiladi.
Ca
2+
, Ba
2+
, Sr
+2
+ (NH
4
)
2
CO
3
→CaCO
3
BaCO
3
SrCO
3
Оq cho’kmalar
Turli reagentlarning alohida aniq ion bilan xarakterli reaksiya berishiga
xususiy reaksiyalar deyiladi.
Masalan:
Ba
2+
, К
2
Cr
2
O
7
→ BaCrO
4
+2K
+
Sariq rangli cho’kma
Са
2+
+ (NH
4
)
2
C
2
O
4
→СаС
2
O
4
+ 2NH
4
+
Oq cho’kma
Analitik kimyoda barcha tahlil usullariga ma’lum talablar qo’yiladi.
Tahlil usullariga qo'yiladigan umumiy talablar:
1. Reaksiyaning muhiti, masalan; NH
4
OH muhitida Ag+ AgCl holida
cho'kmaydi. Kislotali muhitda cho'kadi.
2.Temperatura- Na
+
, K
+
ionlari xona temperaturasida cho'ktiriladi.
3.Konsentratsiya. Qo'shilayotgan reaktiv ta'sirida hosil bo’ladigan birikma
o'ta to'yingan eritma hosil qiladigan miqdorda bo'lsa, cho'kma hosil bo'ldi.
4.Sezgirlik. Tahliliy reaksiyaning sezgirligi deb, tekshiriladigan namuna
tarkibidagi aniqlanadigan moddaning eng kam miqdoriga aytiladi.
5.Selektivlik Faqat kamroq sondagi ionlar bilan o'xshash natija beradigan
reaksiyalar tanlab ta'sir etuvchi yoki selektiv reaksiyalar deyiladi.
Reaksiyaning sezgirligi topilishi minimumi. va suyultirish chegarasi kabi
miqdoriy. ko'rsatgichlar bilan tavsiflanadi.
Topilish minimumi -modda yoki ionning ayni reaksiya yordamida ma'lum
sharoitda topilishi mumkin bo'lgan eng kichik miqdoridir .U mikrogrammlar
bilan ifodalanadi.M: l mkg-0,000001g=l·10
-6
g.
Suyultirish chegarasi - eritma necha marta suyultirilganda tahliliy
reaksiyaning ijobiy natija berishi saqlanib qolishini ko'rsatadi va moddaning
minimal konsentratsiyasi bilan quyidagicha bog’langan:
С=1 /V
C-moddaning
minimal
konsentratsiyasi,
V-suyultirish
chegarasi.
Eritmaning ayni modda borligini aniqlash mumkin bo'lgan minimal hajmi:
W=gv/106; ml.
7
Minimal konsentratsiya, eritmaning minimal hajmi va topilish minimumi
orasida quyidagi bog’lanish mavjud:
g=C·W·10
6
yoki C=g/W·10
6
С-minimal konsentratsiya;
g-topilish minimumi;
.Sifatiy tahlilda tahliliy reaksiyaning topilish minimumi 50 g dan yuqori,
minimal konsentratsiyasi esa 1/5· 10
-7
g/ml dan каm bo’lmasligi kerak. •
Reaksiyaning sezgirligi g,
v
ga bog’lik ekan, demak uni oshirishning
quyidagi usullarini qo’llash zarur: kimyoviy toza reaktivlarni qo’llash,
reaksiyaga xalal beruvchi moddalarni ajratish, yoki xalal bermaydigan formaga
o’tkazish, bug’latish, ekstraksiyalash, kationit va anionitlar yordamida
konsentrlash kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |