o‘qituvchiga nisbatan tenglashishga harakat qilib, o‘z sinfdoshlariga hurmatsizlik bilan qarab
hayot tajribasidan orqada qoladi. Shuning uchun bolalarni nisbatan o‘zib ketishiga nisbiy
munosabatda bo‘lish kerak bo‘ladi.
Bolalarni individual o‘sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim-tarbiya
ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan
aqliy kamol topishi
ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog‘liqdir. Ularning aqliy va
psixologik rivojlanishi bolalarni o‘rab to‘rgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham
bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda
yashashi ularning shaxsiy o‘sish tempiga ta’sir etadi. SHu bilan birga kichik maktab yoshidagi
bolalar orasida o‘ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkinddar (nemis tilida sehrli
bolalar) deyiladi.
Ko‘pgina atoqli odamlarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo‘lganliklari
bizga
ma’lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali
ibn Sinolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur
tabib-hakim bo‘lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi deb Italiya yozuvchisi Torkvato
Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo‘lgan.
Viktor Gyugo esa
Fransiya Akademiyasining rag‘batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol
qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Bunday misollarni tarixda ko‘p keltirishimiz
mumkin. Hozirgi davrda bunday bolalarga davlatimizda katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun
maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.
Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida, yuqorida aytib
o‘tilganidek, turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan
og‘rigani muhim ahamiyatga ega.
Bundan
tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, kuyosh radiatsiyasi ham ularning
o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul—avgust) xususan tez
o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan
shug‘ullansa u sog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uyg’un rivojlanadi. (m-n.
bola nafas
organlarining takomillashuvi yurak-qon tomir tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Somatotrop gormon yoki o‘sish gormoni. O‘sish gormoni organizmda o‘sish va jismoniy
rivojlanish jarayonlariga ta’sir etadi. Bu gormonning nishon - a’zolari bo‘lib suyak hisoblanadi.
Bundan tashqari, biriktiruvchi to‘qimalarga boy: muskullar, paylar va ichki a’zolarga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. o‘sish jarayonining stimulyatsiyasi, somatotrop gormonining anabolik ta’siri
tufayli ro‘yobga chiqadi.
Gipotalamusning gipofizotrop gormonlari To’liq nomi qisqartirilgan nomi qaysi gormon
ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi
I. Rilizing-gormonlar (liberinlar)
1.Tireotropin-rilizing-gormon (tireoliberin). TRG Tiretrop gormon (TTG)
2.
Lyuteinlivchi
gormonning
rilizing-gormoni
(lyuliberin).
LG-RG
Gonadotrop
gormonlar(GTG)
3. Kortikotropin-rilizing-gormon (kortikoliberin). KRG Adrenokortikotrop
gormon (AKTG)
4. O'sish gormonining rilizing gormoni (somatoliberin). GR-RG O'sish gormoni
5. Prolaktinning rilizing-gormoni (prolaktoliberin). PRL-RG Prolaktin
6. Melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormonning rilizing-gormoni (melanoliberin). MSG-RG
Melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon
II. Ingibitor gormonlar (statinlar)
1. O'sish gormonining ingibitoromili (somatostatin). GR-IG O'sish gormoni
2. Prolaktinnig ingibitor omili (prolaktostatin) PRL-IG Prolaktin
3. Melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormonning ingibitor omili (melanostatin) MSG-IG
Melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon
O‘sish garmoni - o‘sishni boshqaradi organizmda oqsil hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Somatotropin garmoni ta’sirida qo‘l – oyoqdagi suyaklarni o‘sishini kuchaytiradi. Agarda
gipofizning oldingi bo‘lagining aktivligi oshsa (giperfunksiya) bola gavdasi bo‘yiga kuchli o‘sib
ketadi, uning funksiyasi pasayib ketsa pakanalikka olib keladi. Katta yoshli odamlarda ortiqcha
garmon hosil bo‘lsa qo‘l-oyoq panjalari burun pastki jag‘, til, ko‘krak va qorinb o‘shliqlari
kattalashadi, bunda yalomatakromegaliya kasalligi deyiladi. Prolaktin
sut bezlarida sut hosil
bo‘lishiga sharoit yaratadi. Tug‘ishdan keying pofizning prolaktin ajratishi kuchayadi va sut
yullari kengayadi sut so‘rg‘ichlarga keladi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezini funksiyasini
kuchaytiradi. Adrenokortikotron gormoni esa buyrak usti bezlarini po‘stloq qismida ishlab
chiqaruvchi glyukokartik oid gormonlarini fiziologik stimulyatoridir. Kartikotropin oqsil
parchalanishini yuzaga keltirib sintezlanishini tormozlaydi. Adrenokortikotron gormon ta’sirida
limfa tugunlari, taloq va ayrisimon bezning kattaligi va og‘irligi kamayadi. Gonadotroplar uchta
gormonlarni o‘z ichiga oladi (follikul-kuchaytiruvchi, lyuteinlashtiruvchi va lyuteotrop).
Follikul-kuchaytiruvchi garmon tuxumdonda follikulning o‘sishini, undagi suyuqlik ajralishini,
follikulani o‘rab turadigan qobiqlarini shakllantirishini kuchaytiradi. Lyuteinlashtiruvchi garmon
ovulyatsiyadan oldin tuxumdonning vezikulyar follikulaning o‘sishi uchun zarur. Bu garmon
ta’sirida ovulyatsiya bo‘lib sariq tana hosil bo‘ladi. Lyutropin esa estrogenlarning hosil bo‘lishini
kuchaytirdi. Erkaklarda esa bu garmon androgenlar hosil bo‘lishiga sharoit yaratadi. Gipofizning
o‘rta bo‘lagidagi melonatropiya garmoni pigment almashinuviga ta’sir etadi.
Gipofizning orqa
bo‘lagi gipotalamik sohaning supraoptik va paravenrikulyar yadrolari bilan bog‘langan. Bu
yadrolar neyrosekret suyuqligini o‘tkazadi. Paraventrikulyar yadro hujayralarida oksitotsin
farmoni, supraoptik yadro neyronlarida vazoperssin garmoni gipofizning orqa bo‘lagida
hujayralarida to‘planadi
2
.
.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishini
tezlashganligi aniqlangan. Bu xaqdagi ma’lumotlar 1876 yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935
yilga kelib nemis olimi E.KOX o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan tezlashuvni
Do'stlaringiz bilan baham: