Viktor Gyugo. Klod Gyo (qissa)



Download 324,31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2022
Hajmi324,31 Kb.
#468492
Bog'liq
Viktor Gyugo. Klod Gyo [@e kutubxona]





Viktor Gyugo. Klod Gyo (qissa) 
Bundan yetti yo sakkiz yil avval Parijda Klod Gyo ismli qashshoq 
bir ishchi bo‘lardi. U o‘zining ma’shuqasi va bitta bolasi bilan 
yashardi. Men haqiqatda bo‘lib o‘tgan voqeani yozyapmanki, 
mazkur voqea jarayoni kitobxonga uning ibratli mazmunini 
yaqqol namoyon etsin. Bu ishchi yigit aqlli, layoqatli, uddaburon 
odam bo‘lsa ham, ma’lumoti yo‘q edi, ammo tabiat uni o‘z 
fazilatlaridan benasib qilmagan edi; garchi u savodsiz bo‘lsa 
ham, fikrlash layoqati yaxshi edi. Qish kunlarining birida u ish 
topolmay bekorchi bo‘lib qoldi. Kulbasida na yeyishga noni, na 
yoqishga o‘tini qolgan edi. Er, xotin va bola ayoz va ochlikdan 
azob cheka boshlashdi. Shunda Klod o‘g‘irlik qildi. Uning nima 
o‘g‘irlaganini ham, qayerdan o‘g‘irla
ganini ham aytolmayman. 
Faqat bilamanki, o‘sha o‘g‘irlikdan keyin xotini bilan bolasi uch 
kungacha qorinlari nonga to‘yib, issiq kulbada yashashdi, yigit 
esa besh yilga qamoqqa hukm qilindi. 
Jazo muddatini o‘tash uchun uni Klervo Markaziy 
qamoqxonasiga jo‘
natishdi. Klervo 

bu surgungohga 
aylantirilgan ibodatxona, kameraga aylantirilgan rohiblar 
hujrasi, sazoyigohga aylantirilgan mehrob. Ayrim odamlar 
taraqqiyotni mana shu tarzda tushunadilar va shu zaylda uni 
amalga oshiradilar. Ular “taraqqiyot” so‘zini m
ana shunday 
ma’noda ifodalaydilar.
Keling, hikoyamni davom ettiray. 
Qamoqda uni kechasiga kameraga qamashar, kunduz esa, 
turma ixtiyoridagi ustaxonaga olib borishardi. Lekin, aytib 


qo‘yishim kerak, men mahbuslarning ustaxonada ishlashlarini 
qoralamoqchi emasman. 
Bir paytlar halol ishchi bo‘lgan, endilikda o‘g‘ri hisoblangan Klod 
Gyoning qiyofasidan salobat va ulug‘vorlik ufurib turardi. U 
yosh bo‘lishiga qaramay, halitdan peshonasi ajinlardan 
burushgan, tim qora sochlari orasida bir nechta oq tolalar 
paydo 
bo‘lgan edi, chiroyli qayrilma qoshlari ostidagi chuqur 
joylashgan ko‘zlari muteona ammo dadil boqardilar, uning 
burun kataklari keng, iyagi baquvvat, og‘zi nafratona chirt 
yumilgan. U xushro‘y yigit edi. Hali jamiyat uni ne ko‘yga 
solganini ko‘ramiz.
U kamsuxan, harakatlari kamtarona edi, uning vajohatida 
qandaydir dohiliy quvvat mavjud ediki, bu narsa atrofidagi 
odamlarni unga itoat etishga undardi. U doim o‘ychan yurar, 
garchi chehrasi jiddiy ko‘rinsa ham, aslo iztirobli emas edi. 
Holbuki u hayotda beadad iztiroblar chekkandi. 
Klod Gyo hibs etilgan qamoqxonaning bosh noziri bu yerning 
mansabdor shaxsi bo‘lib, ayni paytda u ham nozir, ham ishboshi 
hisoblanardi 

u mahbuslarga xuddi ishboshidek ish 
buyurarkan, qo‘llariga asbob
-uskunalar tutqizar va bosh nozir 
sifatida ularning oyoqlariga kishan urib nazorat qilardi. Klervo 
qamoqxonasining bu bosh noziri qahri qattiq, zolimtabiat va 
shu bilan birga, kaltabin odamlar toifasidan bo‘lib, mahbuslarga 
o‘z hukmini o‘tkazishni yaxshi ko‘rar edi, lekin zarurat tug‘il
gan 
paytlarda, u o‘zini do‘lvor, oqko‘ngil odam qilib ko‘rsata olar, 
hatto hazil-
huzulga, o‘yin
-kulgiga ham moyillik bildirardi. 
Qattiqqo‘l bo‘lishdan ham ko‘ra ko‘proq qaysartabiat bo‘lgan 
bu odam hech kimning fikr-
mulohaza yuritishiga yo‘l qo‘ymas, 
o‘zi ham mulohaza qilishni xush ko‘rmasdi. Ehtimol u oilada 


yaxshi er, mehribon ota hamdir, lekin bu har bir erkakning 
burchi, zinhor fazilati emas, qisqasi, uni yovuz odam deb ham, 
yaxshi odam deb ham bo‘lmasdi. U shunday toifa odamlar 
jumlasidan ediki, bunday
lar na g‘amxo‘rlik qilishni, na 
mushfiqlikni biladi, bundaylarga hech qanday mulohaza, hech 
qanday og‘ir kechinma ta’sir etmaydi, bunday odamlar odatda 
yovuztabiat, ichi qora bo‘ladi, rahm
-shafqat nimaligini bilmay 
nafrat o‘tida yonadilar —
yonadilar-u, ammo isina olmaydilar, 
zero ularning qalbiga iliq, odamiy hissiyotlar begona. Bunday 
odamlarni bir tomoni yonayotgan bo‘lsa ham, ikkinchi tomoniga 
hech bir issiq o‘tmaydigan yog‘ochga o‘xshatish mumkin. Bu 
odamning tabiatida eng muhim va asosiy xususiyat 

q
at’iyatlik 
edi. U o‘zidagi mana shu qat’iylik xislatidan faxrlanar va doim 
o‘zini Napoleonga qiyos qilardi. Lekin bu faqat xomxayol edi. 
Shunga qaramay, bunday xomxayollar domiga ilingan, o‘jarlikni 
iroda kuchi deb, ma’lum masofadagi sham shu’lasini yulduz
deb 
e’tirof etuvchilar oramizda hali ham topilib turadi. U bironta 
bema’ni fikrga, shu to‘g‘ri, deb yopishib olsa yoki o‘zi shunday 
bir bema’ni ish qilsa, uning xato qilayotganini isbotlash uchun 
qanchadan-
qancha maqbul va odil dalillar keltirgan bo‘lishi
ga 
qaramay, u o‘z fikrida oyoq tirab turib olar va bu bilan o‘z fe’li 
qudratini namoyish qilmoqchi bo‘lardi. Bemulohaza o‘jarlik —
shunday bir tentaklikki, u ahmoqlik bilan o‘pishib ko‘rishadi va 
bora-bora, muqarrar, shu ahmoqlik maqomiga yetishadi. 
Bunday 
o‘jarlik juda ko‘p narsalarga mubtalo qilishi mumkin. 
Filhaqiqat, mabodo biron jamoatchilikning yo biron-bir 
shaxsning boshiga og‘ir musibat yoxud falokat tushsa
-yu biz bu 
falokat sababini bilish uchun uning oqibatlarini ko‘zdan 
kechirgudek bo‘lsak, deyarli hammavaqt o‘shal falokat o‘zining 
haq ekanligiga ko‘r
-
ko‘rona ishonuvchi qandaydir o‘ziga bino 


qo‘ygan, kalondimog‘ nokas va o‘lgudek qaysar odamning aybi 
bilan yuz berganining shohidi bo‘lamiz. O‘zining xohish
-irodasini 
taqdir deb va o‘zini payg‘ambar 
deb hisoblovchi bunday 
notavon va haqir odamlar bu dunyoda hali ko‘p uchraydi.
Klervo Markaziy turmasi ustaxonasining bosh noziri mana 
shunday odamlardan edi. 
Jamoatchilik kun-uzzukun aynan mana shunaqa chaqmoq 
toshni mahbuslarga urib uchqun chiqarish va olov oldirish bilan 
mashg‘ul bo‘ladi.
Bunday chaqmoq toshning metin toshga tinmay urilaverishidan 
hosil bo‘lgan uchqun ko‘pincha yong‘inlarni vujudga keltirardi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Klervoga hibs etilgan Klod Gyo 
qamoqxona qoshidagi ustaxonaga ishga tayinlangan va u 
ma’lum bir ish bilan ta’minlangan edi. Ustaxonaning bosh noziri 
Klod bilan yaqindan tanishib va bu ishchi yigitning qo‘lidan ish 
kelishini bilib, unga yaxshi muomala qila boshladi. Bir kuni 
yaxshi kayfiyatda bo‘lgan nozir Klod Gyoning g‘amga botib 
o‘tirganini va nuqul xotinim deb atagan ayolni hech tildan 
qo‘ymayotganini ko‘rib, unga taskin bermoqchi bo‘lganday gap 
orasida hazil aralash, hozir u sho‘rpeshona ayol fohisha bo‘lib 
ketgan, deb aytdi. Klod o‘zini bosib, bolam nima bo‘libdi, d
eb 
so‘radi vazminlik bilan. Lekin buni hech kim bilmasdi.
Oradan bir necha oy o‘tdi, Klod turma hayotiga ko‘nikib qoldi, 
endi u hech nima haqida o‘ylamayotganday, hech nimani 
eslolmayotganday bo‘lib ko‘rinardi. Uning tabiatiga xos bo‘lgan 
sovuq xotirjamlik yana uni jilovlab olgan edi. 
Taxminan shu paytlarda Klod o‘z o‘rtoqlariga qandaydir alohida 
ta’sirini o‘tkaza boshladi. Go‘yoki mahbuslar o‘rtasida vujudga 


kelgan gung bitimga ko‘ra, —
vaholanki nima sababdan bunday 
bitim tuzilganini hech kim, hattoki Klo
dning o‘zi ham bilmas edi, 

mahbuslar unga maslahat sola, gapiga quloq osa boshladilar, 
unga qoyil qolib, taqlid qila boshladilarki, bu endi tahsin va 
tasannoning eng yuqori darajasi edi. Shuncha bebosh, itoatsiz 
odamlarni o‘ziga itoat ettirish behad shar
afli ish edi, albatta. 
Holbuki, Klod bunaqa sharafga erishishni hatto xayoliga ham 
keltirmagan edi. Chamasi, bunday hukmronlikka sabab uning 
ko‘z qarashi bo‘lsa kerak. Har bir odamning ko‘zida doim uning 
tafakkuri aks etib turadi. Mabodo mutafakkir odam fikrlay 
olmaydigan omi kishilar davrasiga kirib qolsa, oradan 
birmuncha vaqt o‘tishi bilan barcha aqli noqis odamlar tiniq aql 
sohibi istiqboli sari astoydil va izzat-ehtirom ila intila 
boshlaydilar. Ha, shunday odamlar borki, ular o‘zga kishilar 
qalbini xud
di temirni o‘ziga tortgan magnit kabi jazb etadilar. 
Klod Gyo shunday magnitlardan edi. 
Oradan uch oy vaqt o‘tar
-
o‘tmas Klod ustaxonaning qonuni, 
nizomi va qalbiga aylandi. Uning har bir so‘zi bu yerdagi 
mahbuslar uchun qonun edi. Ba’zida uning o‘zi ham: m
en 
kimman o‘zi, Qirolmanmi yo mahbusmanmi, deb hayron 
qolardi…
Bunday vaziyat oqibatida, jamiyatning barcha tabaqalari 
davrasida uchraguvchi hol sodir bo‘ldi: barcha mahbuslar 
tomonidan e’zozlanuvchi Klodni turma xodimlari yomon ko‘rib 
qolishdi. Hayotda o‘zi shunaqa bo‘ladi. Shon
-shuhrat va nafrat 
hamisha yelkama-elka yuradi. Qullar mehri xojalar nafratini ikki 
hissa oshiradi. 
Klod Gyo ko‘p ovqat yerdi. Uning oshqozoni shunday ediki, ikki 
kishi yeb to‘yadigan ovqat unga zo‘rg‘a yetardi.


Ilgari, Klod Gyo erk
inlikda bo‘lganida, o‘z chordog‘ida o‘tirib 
olib, kun bo‘yi mehnat qilar va ishlab topgan puliga to‘rt qadoq 
non sotib olib, hammasini o‘zi yerdi. Qamoqxonada ham u kun 
bo‘yi ishlar, lekin qilgan xizmati uchun faqat bir yarim qadoq 
non bilan to‘rt untsiya,
ya’ni 100 gr. Tarj.) go‘sht olardi. Bu 
miqdor hech qachon oshirilmasdi. Shuning uchun Klod Gyo 
Klervo qamoqxonasida doimo ochlikda kun kechirardi. 
U och edi, vassalom. Lekin bu haqda churq etib og‘iz ochmasdi. 
Zero, u zorlanishni yoqtirmasdi. 
Kunlarning b
irida Klod o‘zining g‘aribona tushligini apir
-shapir 
yeb bo‘lib, hammadan oldin ishga kirishdi —
u ochlik azobini 
shu yo‘l bilan bosmoqchi bo‘lgandi. Bu asnoda qolgan 
mahbuslar chaqchaqlashib, ovqat tanovul qilishda davom 
etardilar. Shu payt birdan Klodning oldiga rangi zahil, 
nimjongina yosh bir mahbus keldi. Uning bir qo‘lida pichoq, 
ikkinchi qo‘lida hali tegilmagan ovqati bor edi. U Klodning 
ro‘parasiga turib olib, bir gap aytmoqchi bo‘lardiyu, lekin 
aytishga hech jur’at eta olmasdi. Bu mahbus yigitning 
qiyofasi 
ham, uning qo‘lidagi non bilan go‘sht ham —
hammasi Klodning 
g‘ashini keltirdi.

Nima kerak? 

deb jahl bilan so‘radi Klod.

Menga bir yaxshilik qil, 

deb qo‘rqa
-pisa iltimos qildi 
yigit. 

Nima deysan? 

dedi Klod. 

Iltimos, ovqatimni men bilan 
baham ko‘r. Bu menga juda 
ko‘plik qiladi.
Klodning mag‘rur ko‘zlari yoshlandi. U pichoqni qo‘liga olib 
nonni teng ikki bo‘lakka bo‘ldi
-
da, bir bo‘lakni o‘ziga olib yeya 
boshladi. 



Rahmat, 

dedi yosh mahbus. 

Agar xo‘p desang, doim 
shunaqa bo‘lishamiz.

Oting nima? 

deb so‘radi Klod Gyo.

Alben. 

Nega qamashgan seni? 

O‘g‘irlik qilganim uchun.

Meni ham, 

dedi Klod. 
Shu paytdan boshlab ular har kuni ovqatni bo‘lashib yeya 
boshladilar. 
Klod Gyo o‘ttiz olti yoshda edi, lekin ba’zida uni ellikka kirgan 
odam de
b o‘ylash mumkin edi —
u shunchalik jiddiy va salobatli 
edi. Alben yigirma yoshda bo‘lsa ham bu o‘g‘ri yigitning 
bolalarga xos soddadillik bilan boquvchi ko‘zlarini ko‘rgan odam 
uni, nari borsa, endi o‘n yettiga kirgan, deb aytardi. Klod bilan 
Alben qalin 
do‘st bo‘lib qolishdi; bu aka
-
uka o‘rtasidagi 
do‘stlikdan ham ko‘ra, ko‘proq ota bilan bola do‘stligiga o‘xshab 
ketardi. Zero, Alben hali deyarli bola, Klod esa 

deyarli chol 
edi. 
Ular bitta ustaxonada ishlashar, bitta kamerada yotishar, turma 
hovlisida birga sayr qilishar, ikkovining ham yeydigan noni bir xil 
edi. Ular bir-birlari uchun misoli suv bilan havo edi. 
Ko‘rinishdan, ular xushbaxt edilar.
Biz yuqorida ustaxona boshlig‘i haqida gapirib o‘tdik. Mahbuslar 
uni yomon ko‘rishardi, shunga ko‘ra, u mahbuslarni o‘ziga itoat 
ettirish maqsadida, ko‘pincha Klod Gyoga yuzlanib, undan 
yordam so‘rardi, sababki, Klod Gyoni barcha mahbuslar hurmat 
qilardilar. Qamoqxonada yetilib kelayotgan biron norozilik yo 
g‘alayonning oldini olishda Klod Gyoning kishi bilmas 
hukmronligi bir emas, bir necha marta nozirning rasmiy 


mansabiga katta dalda bo‘lgan edi. Darhaqiqat, mahbuslarning 
qahrini tizginlashda o‘n nafar jandarmdan ko‘ra Klod Gyoning 
atigi o‘n dona so‘zi ko‘proq naf keltirar edi. Klod turma noziriga 
tez-tez shund
ay xizmat ko‘rsatib turardi. Qarangki, buning 
oqibatida, nozir Klodni jinidan ortiq yomon ko‘rib qoldi. U bu 
mahbusga hasad qila boshladi. Uning qalbida Klodga nisbatan 
g‘oyatda teran, maxfiy va hech tark etib bo‘lmaydigan nafrat 
uyg‘ondi. Bu —
qonuniy hukmdorning amaldagi hokimga, kuch 
hukmining ruh hukmiga nafrati edi. 
Bunday nafratdan yovuzroq narsa bo‘lmaydi.
Lekin Klod Albenni jonidan ortiq yaxshi ko‘rar, shu bois bosh 
nozir haqida o‘ylamas ham edi.
Bir kuni ertalab soqchilar mahbuslarni juft-juft qilib saflab 
kameralardan ustaxonalarga olib ketishayotganda, bir soqchi 
Klod bilan yonma-yon borayotgan Albenni chaqirib olib, unga, 
seni bosh nozir so‘rayapti, deb aytdi.

Nimaga chaqirishibdi seni? 

ajablandi Klod. 

Bilmayman, 

deb javob qildi Alben. 
Soqchi 
uni o‘zi bilan olib ketdi.
Shu kuni ertalab Alben ustaxonaga kelmadi. Kunduzgi dam olish 
paytida Klod, Albenni hozir turma hovlisida ko‘raman, deb 
o‘yladi. Lekin Alben hovlida ham ko‘rinmadi. Hamma mahbuslar 
ustaxonaga qaytishdi, lekin yana Albendan darak 
bo‘lmadi. 
Kech kirdi. Mahbuslarni kamera-kameralariga 
tarqatishayotganda Klod ko‘zlari ola
-
zarak bo‘lib Albenni qidirdi, 
lekin u hech qayerda yo‘q edi. Chamasi, Klod shu kuni qattiq 
iztirob chekkan bo‘lsa kerak, hech qachon qilmagan ishni qildi 

turma nozirlaridan biri bilan gaplashdi. 



Nima, Alben kasal bo‘lib qoldimi? —
deb so‘radi u.

Yo‘q, —
deb javob qildi nozir. 

Bo‘lmasa, nega qaytib kelmadi? —
dedi Klod. 

Uni boshqa bo‘limga o‘tkazishdi, —
dedi beparvo ohangda 
soqchi. 
Keyinchalik sudda guvohlik berganlar, soqchining bu gapini 
eshitgan Klodning yoniq sham ushlab turgan qo‘li qaltirab 
ketganini ko‘rganlarini aytishgandi. Shunday bo‘lsa ham, Klod 
juda xotirjam ohangda so‘radi:

Bu buyruqni kim berdi? 

Janob D. 

deb javob qildi nozir. 
Ustaxona bosh nozirining ismi shunday edi. 
Ertangi kun ham oldingi kun kabi Albensiz o‘tdi.
Kechqurun ishdan keyin bosh nozir janob D. Har kungi odati 
bo‘yicha ustaxonalarni aylanib chiqa boshladi. Klod uning 
kelayotganini uzoqdan ko‘rib, dag‘al jundan to‘qilgan qalpog‘ini 
yechib, qo‘liga oldi va kulrang kamzuli —
mash’um mahbuslik 
libosini yaxshilab tugmaladi, zero, turmada mahbus kamzulining 
hamma tugmalari jo-bajo qadalgani rahbariyatga nisbatan 
hurmat ma’nosini bildiradi. Klod boshyalang holda, o‘z 
o‘tirg‘ichi
oldida bosh nozirning yaqin kelishini kuta boshladi. 
Nozir uning yonidan o‘tib ketdi.

Janob bosh nozir! 

deb murojaat qildi unga Klod. 
Nozir yurishdan to‘xtab, Klod tomonga xiyol o‘girildi.

Janob bosh nozir, 

deya takrorladi Klod, 

Albenni 
boshqa bo‘limga o‘tkazishganmish —
shu rostmi? 

Ha, 

dedi nozir. 



Afandim, 

deb gapida davom etdi Klod, 

men Albensiz 
yashay olmayman. 
So‘ng yana qo‘shib qo‘ydi:

Bilasiz, mening payogim o‘zimga yetmaydi, Alben o‘z 
nonini men bilan baham ko‘rar edi.

Bu uning ishi, 

dedi boshliq. 

Albenni bizning ustaxonamizga qaytarishning nahotki iloji 
bo‘lmasa?

Iloji yo‘q. Bu hal qilingan.

Kim hal qilgan? 

Men. 

Janob D. Bu masala mening taqdirimni hal qiladi. Bu yog‘i 
faqat sizga bog‘liq.

Men hech qachon o‘z qarorimni o‘zgartirmayman.

Afandim, men sizning oldingizda biron gunoh ish qilib 
qo‘ydimmi?

Yo‘q.

Bo‘lmasa, nega meni Albendan judo qilyapsiz? —
deb 
so‘radi Klod.

Shunga… —
deb qisqagina javob qildi nozir. 
U shu izohi bilan cheklanib, nari ketdi. 
Klod hech qanday e’tiroz 
bildirmay, boshini xam qildi. Qafasdagi 
bechora sherni jonajon do‘sti —
kuchukchadan judo qilgan 
edilar. 
Bari bir, aytib o‘tish joizki, bu judolik oqibatida Klodning boshiga 
tushgan dardu hasrat uning g‘ayrioddiy va hatto iztirobli 
ishtahasini bo‘g‘a olmadi. Shu bilan birga, bu mahbusning fe’l
-
atvorida, zohiran hech qanday o‘zgarish yuz bermaganday edi. 
U mahbus o‘rtoqlaridan birontasi bilan ham Alben to‘g‘risida 


gaplashmadi. Faqat turma hovlisida bo‘ladigan sayr chog‘ida bir 
o‘zi yurar va doim qorni och bo‘lardi. Vassalom.
Bu orada Klodni yaxshi bilgan mahbuslar uning chehrasiga 
mahzunlik va tashvish buluti tobora ko‘proq qora ko‘lanka sola 
boshlaganini payqagan edilar. Lekin u hech qachon 
hozirdagichalik beozor bo‘lmagandi.
Ko‘pchilik mahbuslar o‘z payoklarini u bilan baham ko‘rishga 
ishtiyoq bildirdilar, lekin u doim jilmayib turib rad javobini 
berardi. 
Bosh nozir o‘z qilmishini unga izohlab bergan kundan beri, Klod 
har kuni kechqurun juda g‘aroyib va alomat bir qiliq chiqardiki, 
bu qilig‘i g‘oyat jiddiy va salobatli bo‘lgan bu odamga sira 
qovushmasdi: nozir har kuni kechqurun, o‘z odati bo‘yicha, 
mahbuslarni aylanib chiqayotganida Klodning ish stoli yonidan 
o‘tarkan, u boshini ko‘tarib, janob D.ga qattiq tikilgancha, 
hasrat va g‘azab to‘la ovoz bilan, doim
bir xilda: 

Alben masalasi nima bo‘ldi? —
deb so‘rardiki, bu so‘rov 
zamirida ham iltijo, ham tahdid ma’nosi yotardi.
Boshliq, odatda, o‘zini eshitmaganga olar yoki yelkasini uchirib 
qo‘yish bilan cheklanardi.
U yelka uchirib yaxshi qilmayotgan edi, sababki, bu antiqa 
mojaroni kuzatib turgan barcha mahbuslar Klod Gyoning bir 
nimani ko‘zlayotganini aniq seza boshlagandilar. Butun turma 
ahli qaysarlik bilan qat’iy qaror o‘rtasida borayotgan bu 
kurashning qanday yakunlanishini qattiq tahlikaga tushib 
kutardi. 
Bir marta mahbuslar Klodning nozirga aytgan quyidagi gaplarini 
eshitishdi: 



Menga qarang, afandim, o‘rtog‘imni yonimga qaytaring. 
Ishoning, juda oqilona ish qilgan bo‘lasiz. Unutmang, men 
sizni ogohlantirdim. 
Yana bir marta, 

bu yakshanba kuni bo‘lga
n edi, 

Klod turma 
hovlisida bir xarsangtosh ustida tirsaklarini tizzalariga tirab, 
boshini qo‘llariga qo‘ygancha uzoq vaqt qimir etmay o‘tirdi. 
Shunda Fayet degan bir mahbus uning ro‘parasiga kelib, 
tirjaygancha qichqirdi: 

Hoy Klod, nima qilib qoqqan qoz
iqday o‘tiribsan?
Shunda Klod asta bosh ko‘tarib, Fayet tomonga qaradi
-da, 
ma’yus ohangda dedi:

Hukm chiqaryapman. 
Nihoyat, 1831 yil 25 oktyabr kuni kechqurun bosh nozir 
ustaxonalarni aylanib chiqayotgan paytda, Klod shu kuni ertalab 
yo‘lakdan topib olgan 
soat oynasini poshnasi bilan ezib 
chirsillatib sindirdi. Boshliq, nima bo‘ldi, deb so‘radi.

Parvo qilmang, 

dedi Klod, 

bu men edim. Janob bosh 
nozir, o‘rtog‘imni yonimga qaytaring.

Bu mumkin emas, 

deb javob qildi u. 

Ammo u menga juda zarur, 

dedi Klod pichirlab, lekin 
keskin ovoz bilan, so‘ng boshliqning yuziga tik qaragancha 
ilova qildi: 

Yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Bugun yigirma 
beshinchi oktyabr. Sizga to‘rtinchi noyabrgacha muhlat 
beraman. 
Turma soqchisi janob D. Ning e’tiborini Klodning tahdidiga 
qaratib, uni kartserga qamash kerak, deb aytdi. 



Kartserning hojati yo‘q, —
nafratona istehzo bilan e’tiroz 
bildirdi bosh nozir, 

bu xalq bilan yaxshi muomala 
qilishimiz kerak. 
Ertasi kuni hamma mahbuslar turma hovlisining oftob tushgan 
yeriga to‘planishib
, gangir-gungir gaplashib turishgan paytda 
Klod yolg‘iz o‘zi hovlining narigi chekkasida teran o‘yga tolib, u 
yoqdan-bu yoqqa yurardi; shunda uning oldiga Perno ismli 
mahbus yaqin keldi. 

Sen hadeb nimalarni o‘ylayapsan, Klod? Nega bunchalik 
g‘amginsan? —
dedi u. 

Bizning oliyhimmat nozirimiz janob D. Yaqinda bir 
falokatga uchramasaydi, deb qo‘rqaman,—
dedi Klod. 
25 oktyabrdan 4 noyabrgacha roppa-
rosa o‘n kun bor. Klod Gyo 
shu o‘n kun mobaynida muttasil ravishda, Albensiz ahvolim kun 
sayin yomonlashayapti, deb janob D. Ga qayta-qayta 
gapiraverdi. 
Bu zorlanishlar nozirning joniga tegdi va u Klodni bir sutkaga 
kartserga qamatdi 

Klodning iltimosi endi talabga o‘xshab 
ketayotgan edi. Xullas, Klod boshqa hech nimaga erisha olmadi. 
To‘rtinchi noyabr kuni yetib kel
di. Shu kuni ertalab Klod 
shunday xotirjam kayfiyatda uyg‘ondiki, janob D. Ning buyrug‘i 
bilan Albendan ayrilgan kundan beri hech kim uni bunday xush 
kayfiyatda ko‘rmagan edi. U o‘rnidan turib, dastavval 
karavotining oyoq tomonida turgan odmigina yog‘och 
s
andiqchasini kavlashga tushdi. Uning barcha g‘aribona bisoti 
shu sandiqchada edi. Klod u yerdan kichkinagina qaychi oldi. Bu 
qaychi va “Emil”ning1 bir jildi u sevgan ayoldan —
bolasining 
onasidan, uning avvalgi baxtiyor oilasidan qolgan esdalik edi. 
Qaychi ham, kitob ham Klodga mutlaqo kerak emas edi. Qaychi 


faqat bichish-tikishni biladigan ayolga asqotishi, kitob 

savodxon odam uchun kerak bo‘lishi mumkin edi. Klod esa 
tikishni ham, o‘qishni ham bilmasdi.
U ko‘hna monastirning ohak bilan oqlangan ravonidan o‘tib 
keta turib (qish faslida mahbuslar shu ravonda sayr qilardilar), 
derazaga o‘rnatilgan temir panjaraning yo‘g‘on chiviqlarini 
diqqat bilan kuzatayotgan Ferrari ismli mahbus oldiga 
yaqinlashdi. Klodning qo‘lida boyagi kichkina qaychi bor edi; u 
Ferra
riga o‘sha qaychini ko‘rsatib, dedi:

Men bugun kechqurun mana shu qaychi bilan panjarani 
kesaman. 
Ferrari unga ishonqiramay kulib qo‘ydi, Klod ham kulib yubordi.
O‘sha kuni ertalab Klod astoydil tirishqoqlik bilan ishladi. Hech 
qachon uning qo‘llari bu qadar epchil va chaqqon bo‘lmagan 
edi. Bu harakatidan, u go‘yo olgan buyurtmasi —
poxol 
shlyapani tushlikkacha to‘qib bitirishga jazm qilganday 
ko‘rinardi, bu shlyapani unga Trua shahrining diyonatli fuqarosi, 
Brese degan odam buyurgan va xizmat haqini oldind
an to‘lab 
qo‘ygan edi.
Klod tushga yaqin bir nimani vaj qilib, bir qavat pastdagi 
duradgorlik ustaxonasiga tushdi. 
Klod bu ustaxonaga juda kam kirardi, holbuki bu yerdagi 
mahbuslar ham uni yaxshi ko‘rishardi.

Qaranglar, Klod keldi! 
Uni o‘rab olishdi. Hamma
suyunib ketdi. 
Klod darhol butun ustaxonaga ko‘z yugurtirib chiqdi —
nozirlardan hech kim yo‘q edi.



Kim menga boltasini berib turadi? 

deb so‘radi u.

Nima qilasan? 

deyishdi hayron bo‘lgan mahbuslar.
Klod javob qildi: 

Bugun kechqurun bosh nozirni 
o‘ldirmoqchiman.
Unga, o‘zing tanlab ol, deb bir nechta boltani ko‘rsatishdi. U 
o‘tkir qilib charxlangan eng kichkina boltachani tanlab oldi va 
uni kamzuli ostidan shimining lippasiga qistirdi-da, ustaxonadan 
chiqib ketdi. Bu payt duradgorlik ustaxonasida yigirma yettita 
mahbus ishlayotgan edi. Garchi Klod ulardan o‘zi jazm qilgan ish 
haqida hech kimga aytmaslikni iltimos qilmagan bo‘lsa ham, 
hech birlari bu haqda og‘iz ochmadi. Hattoki o‘zaro 
gaplashganlarida ham bu masalani tilga olishmadi. Har bir 
mahbus voqea yechimini sukut saqlab kutardi. Bu nihoyatda 
dahshatli, lekin ayni paytda haqqoniy va barcha uchun kunday 
ravshan bo‘lgan ish edi. Buning amalga oshishiga hech kim 
monelik qila olmas edi. Klodni ahdidan qaytarish ham, bu haqda 
chaquv qilish ham hech 
kimning qo‘lidan kelmasdi.
Oradan bir soat o‘tdi. Klod sayr chog‘ida nuqul homuza 
tortayotgan o‘n olti yoshli mahbus bola oldiga borib, unga 
o‘qish
-
yozishni o‘rganishni maslahat berdi. Xuddi shu asnoda 
boshqa mahbus 

Fayet Klodga yaqin kelib so‘radi:

Nima u kamzuling ichiga yashirib olganing? 
Klod javob qildi: 

Bolta. Bugun kechqurun janob D. Ni o‘ldirmoqchiman.
So‘ng o‘zi so‘radi:

Nima, sezilyaptimi? 

Sal-pal, 

deb javob qildi Fayet. 


Ish kuni, odatdagidek, nihoyasiga yetdi. Kech soat yettida 
mahbuslarni o‘zlari ishlagan ustaxonalarga qamashdi; nozirlar 
har kungi odatlari bo‘yicha chiqib ketishdi, ular boshliq hamma 
ustaxonalarni aylanib chiqqanidan keyin qaytib kelishardi. 
Klod Gyoni ham o‘rtoqlari bilan birga ustaxonaga qamab chiqib 
ketishdi. 
Ana shundan keyin bu ustaxonada mutlaqo g‘ayrioddiy voqea 

ham tahlikali, ham ulug‘vor, yagona va beqiyos voqea sodir 
bo‘ldi.
Keyinchalik, sud tergovida aniqlanishicha, o‘sha chog‘da bu 
ustaxonada o‘g‘rilik qilib qamalgan sakson ikkita mahbus bor 
edi: Klod ham shu hisobda edi. 
Nozirlar chiqib ketishi bilan, Klod bir skameyka ustiga sakrab 
chiqdi va hammaga eshittirib, sizlarga bir gap aytmoqchiman, 
dedi. Odamlar sukutga tolishdi. 
Shunda Klod baralla ovoz bilan bayonot berdi: 

Hammangiz yaxshi bilasiz, Alben mening inim edi. Bu yerda 
beradigan ovqatlari menga yetmaydi. Chetga ishlab topgan 
besh-olti chaqa pulimga ham non sotib olaman 

shundayam qornim to‘ymaydi. Alben esa o‘z ulushini men 
bilan baham ko‘rardi. Dastlab meni boqqani uchun, 
keyinroq esa, meni 
yaxshi ko‘rgani uchun men ham uni 
yaxshi ko‘rib qolgandim. Bosh nozir janob D. Bizni bir
-
birimizdan judo qildi. Bizning inoq bo‘lganimiz unga 
zarracha ham ziyon qilmasdi, lekin u ichi qora, yovuz odam 
boshqalarni azoblashdan huzur qiladi. Men unga juda ko‘

marta iltijo qilib, Albenni yonimga qaytarishni so‘radim. 
Hammangiz ko‘rdingiz, u iltijolarimga quloq solmadi. Men 


unga to to‘rtinchi noyabrgacha muhlat berdim. Shu gapim 
uchun u meni kartserga qamadi. Ana shu vaqt ichida men 
uni sud qilib, o‘limga mahkum etdim. Bugun to‘rtinchi 
noyabr. Ikki soatdan keyin u bizni ko‘zdan kechirgani shu 
yerda bo‘ladi. Bilib qo‘yinglar, men uni o‘ldiraman. Xo‘sh, 
sizlar nima deysizlar? 
Hamma sukutda. 
Shunda Klod yana gapira boshladi. Endi u shunday g‘ayritavsif 
fasohat bilan gapirdiki, bu xislat uning tabiatiga xos edi. U 
o‘zining qanday mudhish jinoyatga qo‘l urayotganini yaxshi 
tushunishini, ammo o‘zini haq deb hisoblayotganini bayon qildi. 
U o‘z nutqini tinglayotgan sakson bir nafar o‘g‘rini halol, insofli 
bo‘lishga da’vat etib, o‘zining tamomila umidsizlikka tushganini;
Boshqa iloji qolmaganligidan o‘zi adolatli hukm chiqarishga 
majbur ekanligini; 
Turgan gapki, boshliqni o‘ldirgani uchun, o‘zi ham o‘lishi 
kerakligini lekin shunga qaramay, haqiqat yo‘lida jonini fido 
qilishga tayyor ekanligini; 
U ikki oy muttasil mulohaza qilib, nihoyat, komil ishonch bilan 
shu qarorga kelganligini; 
Uning bunday ish tutishga da’vat etayotgan narsa aslo qasos 
tuyg‘usi emas, balki adolat talabi (bunga u qat’iy ishonadi) 
ekanligini, binobarin, 
agar xato qilayotgan bo‘lsa, o‘rtoqlari bu 
haqda dangal uning yuziga aytishlarini; 
U o‘z dalillarini odilona mulohaza qilish layoqatiga ega bo‘lgan 
odamlar hukmiga ochiq-oydin havola qilayotganini; 


U janob D.ni o‘ldirmoqchi ekanligini, ammo agar bunga bir
on 
kishi e’tiroz bildiradigan bo‘lsa, uning mulohazasini eshitishga 
tayyor ekanligini bayon qildi. 
Klodning bu nutqiga javoban faqat bir kishining ovozi eshitildi. 
Kimdir dedi: 

Bosh nozirni o‘ldirishdan oldin Klod oxirgi marta unga 
murojaat qilib, uni 
gapga ko‘ndirishga urinib ko‘rsin.

To‘g‘ri fikr, —
deb rozi bo‘ldi Klod, —
men xuddi shunday 
qilaman. 
Devordagi kattakon osma soat sakkiz marta zang chaldi. Bosh 
nozir roppa-
rosa soat to‘qqizda kelishi kerak edi.
Bu g‘ayrioddiy kassatsiya sudi Klod chiqarg
an hukmni 
tasdiqlagandek bo‘lgani hamono, uning dili mutlaqo taskin 
topdi. U o‘zida qolgan jamiki faqirona kiyim
-kechaklarni, 
mahbusligida olgan barcha lash-lushlarni stol ustiga yoyib 
qo‘ydi
-
da, Albendan keyin o‘zi xush ko‘rgan boshqa 
mahbuslarni bittama-bitta chaqirib, shu buyumlarini ularga 
bo‘lashib berdi. Faqat kichkina qaychini o‘zida olib qoldi.
Keyin hamma bilan bir-bir vidolashdi. Bu vidolashuvdan 
ko‘zyosh qilganlar ham bo‘ldi, lekin Klod ularga muloyim jilva 
qilardi. 
Bu oxirgi soatning ayrim daqiqalarida Klod shu qadar xotirjam 
va hatto quvnoq kayfiyatda bo‘ldiki, ko‘pchilik o‘rtoqlari, 
keyinchalik hikoya qilib berishlaricha, shoyad, u o‘z niyatidan 
qaytsa, deb umid ham qilgan ekanlar. U hatto ustaxonani 
yoritib turgan shamlardan birini burun teshigi bilan puflab 
o‘chirib hazilkashlik ham qildi…


… U bir yosh mahbusning avzoiga e’tiborini qaratdi: uning rangi 
quv o‘chib, Kloddan ko‘z uzmay baqrayib qolgan va hozir yuz 
beradigan fojiani a’zoi
-
badani dag‘
-
dag‘ qaltirab, yurak 
hovuchlab kutardi. 

Bardam 
bo‘l, bolakay, —
mehribonlik bilan dedi unga Klod, 

bu atigi bir daqiqalik ish! 
Klod o‘z narsalarini ulashib bo‘lib, hamma o‘rtoqlari bilan 
mahkam qo‘l siqishib, vidolashganidan keyin, ustaxonaning 
burchak-burchaklaridan eshitilayotgan hayajonli gaplarni bas 
qilishni va yana ishga kirishishni buyurdi. Hamma uning 
buyrug‘iga so‘zsiz itoat etdi.
Mazkur voqea yuz berayotgan ustaxona to‘g‘ri to‘rt burchakli 
uzun xona bo‘lib, derazalari ikkala uzun devorlarga o‘rnatilgan, 
uning ikki eshigi esa, bir-biriga qarama-qarshi tarafda edi. 
Dastgohlar derazalar yoqalab qator terilib turardi, o‘rindiqlar 
dastgohlar oldiga bir uchi devor tomonga qaratib qo‘yilgandi. 
Ikki qator tizilgan dastgohlar oralig‘ida ochiq joy bo‘lib, bu ikki 
eshikni bir-
biriga ulovchi uzun yo‘lak v
azifasini bajarardi. 
Ustaxonani ko‘zdan kechirish uchun kirgan bosh nozir mana shu 
uzun va torgina yo‘lakdan o‘tib ketishi kerak edi. Odatda, u 
janub tomondagi eshikdan kirar va ikki tarafda ishlayotgan 
ishchilarga nazar tashlab o‘tib, shimol yoqdagi eshik
dan chiqib 
ketardi. Bu yo‘lni u doim hech yerda to‘xtamay tez bosib 
o‘tardi.
Klod o‘z o‘rniga borib ishga kirishdi.
Yurakni ezadigan kutish oni boshlandi. Mash’um payt 
yaqinlashib kelayotgan edi. Qo‘ng‘iroq jom chaldi.

Soat chorak kam to‘qqiz, —
dedi Klod. 


U asta o‘rnidan turdi, ustaxona o‘rtasidagi tor yo‘ldan sekin
-
sekin yurib borib, kirish eshigiga yaqin turgan chap tomondagi 
dastgohga suyandi. Uning chehrasida xotirjamlik, hattoki 
xayrixohlik nishonasi aks etardi. 
Soat to‘qqizga jom chalindi. Eshik ochi
lib, bosh nozir kirdi. 
Ustaxonada qabriston sukunati hukm surardi. Boshliq, o‘z odati 
bo‘yicha, yolg‘iz edi. Uning chehrasida har safargidek, quvnoq 
takabburlik, mag‘rurlik va beshafqatlik aks etardi; u kiraverishda 
chap tomonda, o‘ng qo‘lini cho‘ntagiga t
iqib qimir etmay turgan 
Klodni payqamay, dastlabki dastgohlar yonidan nimanidir 
yoqtirmaganday, boshini sarak-sarak qilib, bir nimalar deb 
to‘ng‘illab tez yurib o‘tdi; u atrofga loqaydlik bilan nazar 
tashlarkan, bu yerdagi hamma mahbuslarning nigohi o‘ziga
qaratilganini ham, hammani bitta mudhish fikr qamrab olganini 
ham payqamadi. 
U birdan oyoq tovushini eshitib, shaxt orqasiga o‘girildi.
Klod eshik oldidan boshlab, boshliqning orqasidan jimgina izma-
iz kelayotgan edi. 

Nima qilyapsan bu yerda? 

dedi ajablangan nozir. 

Nega sen o‘z o‘rningda emassan?
Turmada odam odamgarchilikdan chiqadi, u 

bu yerda it, 
unga sen deydilar. 
Klod Gyo boshliqning hurmatini o‘rniga qo‘yib, javob berdi:

Janob bosh nozir, sizga aytadigan ikki og‘iz gapim bor edi.

Yana nima gap? 

Alben haqida. 

Yanami? 

dedi boshliq qahri qaynab. 

Ha, yana! 

dedi Klod. 



Bundan chiqdi, 

dedi boshliq yo‘lida davom etarkan, —
bir sutka kartserda yotib chiqqaning kamlik qilibdi-da? 

Janob bosh nozir, o‘rtog‘imni yonimga qaytaring, —
deb 
gapida davom etdi Klod nozirning orqasidan ergashib 
borarkan. 

Bu mumkin emas! 

Janob bosh nozir, 

deb Klod shunday ayanchli ovoz bilan 
yolbora boshladiki, agar iblis eshitsa, uning ham ko‘ngli 
yumshab ketgan bo‘lardi, —
o‘tinib so‘rayman sizdan, 
Albenni 
qaytarib bering menga. Ko‘rasiz, unda astoydil 
tirishib ishlayman. Siz erkin odamsiz, ahvolimni 
tushunmayapsiz, haqiqiy do‘st nimaligini bilmaysiz. 
Mening hech vaqoim yo‘q… Qamoqxonaning shu to‘rt 
devoridan boshqa. Siz hamma yerga borishingiz, xohlagan 
odamingiz bilan uchrashishingiz mumkin, mening esa hech 
kimim yo‘q shu Albendan boshqa. Iltimos, uni yonimga 
qaytaring. Faqat Alben tufayli mening qornim to‘q edi, 
buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Sizga bir og‘izgina: “mayli” 
deyish qiyinmi? Klod Gyo degan va Alben degan ikkita 
odam birgalikda bitta ustaxonada ishlashsa, sizga baribir 
emasmi. Buning nimasi qiyin? Janob bosh nozir, 
mehribonim janob D., rahm qiling, aziz avliyolar haqqi-
hurmati, iltijo qilaman! 
Klod hali hech qachon turma noziriga bu qadar ko‘p
gapirmagan 
edi. Uning asab torlari tarang tortilganidan butkul tinkasi quridi 
va sukut saqlab, javobni kuta boshladi. Boshliq g‘ijinib, e’tiroz 
bildirdi: 

Bu mumkinmas. Senga aytganman. Gapni bas qil. Jonimga 
tegding. 


Shunday deb, u shoshib turgani uchun qadamini ildamlatdi. 
Klod uning orqasidan ergashib boraverdi. Shu zaylda ikkovlari 
narigi eshik oldiga yaqin borib qolishdi; sakson bitta mahbus 
nafratini ichlariga yutgancha bularni kuzatar, gaplarini eshitib 
turardilar. 
Klod boshliqning qo‘liga sekingina qo‘l uchini tekkizdi.

Hech bo‘lmasa, bitta savolimga javob bering: qaysi 
gunohim uchun meni o‘limga mahkum etyapsiz? Nega 
bizni bir-birimizdan judo qildingiz? Nega? 

Senga buni aytganman, 

dedi nozir, 

shunga… —
So‘ng 
Klodga orqa o‘girib, eshikning tutqic
hidan ushladi. 
Bunday javobni eshitgan Klod bir qadam orqaga tisarildi. Sakson 
bitta odam uning cho‘ntakdan qo‘l chiqarganini, qo‘lida bolta 
borligini dahshatdan tosh qotib kuzatib turardi. Klod bolta 
ushlagan qo‘lini yuqoriga ko‘tardi va nozir chinqirib y
uborishga 
ham ulgurmay, jon-jahd bilan uning faqat boshiga to 
boshchanog‘ini yong‘oqdek chaqib yubormaguncha zarb bilan 
uraverdi. Nozir chalqanchasiga yiqilarkan, Klod to‘rtinchi zarba 
bilan uning basharasini majaqlab tashladi. Lekin sirtiga otilib 
chiqqan 
g‘azab alangasini o‘chirish oson emas —
Klod beshinchi 
zarba bilan uzala tushib yotgan nozirning sonini jarohatladi. U 
o‘lgan edi.
Shundan so‘ng Klod boltani otib yuborib:

Endi navbat boshqasiga! 

deb chinqirdi. 
Boshqasi, deganda u o‘zini nazarda tutgan 
edi. U kamzulining 
cho‘ntagidan xotinining qaychisini chiqardi va, odamlar unga 
xalaqit qilishga ulgurmay, uni o‘z ko‘ksiga sanchdi. Qaychining 


tig‘i kalta, ko‘krakdagi yurak esa chuqur edi. U ko‘kragiga 
yigirma martacha ketma-ket qaychi sanchdi. 

Ey la’nat
i yurak, senga hech yetolmayapman! 

deb 
hayqirdi Klod. 
Nihoyat, u qora qoniga belangancha, hushidan ketib, o‘lik jasad 
ustiga yiqildi. 
Bu ikkovidan qaysi biri qotil va qay biri qurbon edi? 
Klod hushiga kelib, o‘zini kasalxona karavotida ko‘rdi. Uning 
hamm
ayog‘i doka bilan o‘rab tashlangan, tepasida shafqat 
hamshiralari parvona edi. Hatto uni so‘roq qilgani kelgan 
tergovchi ham hamdardlik bilan dedi: 

Qalay his qilyapsiz o‘zingizni?
Klod juda ko‘p qon yo‘qotgan edi, lekin o‘z joniga qasd qilish 
uchun qaychi bilan qilgan jarohatlaridan birontasi ham uni 
mahv etolmadi. Ammo uning janob D. Ga bergan zarbalaridan 
vujudga kelgan jarohatlar mahvkor jarohatlar edi. 
Tergov boshlandi. Klervo turmasidagi ustaxonalar boshlig‘ini siz 
o‘ldirdingizmi, degan savolga Klod: h
a, deb javob qildi. Undan: 
nega, deb so‘rashganda u: shunga, deb javob qaytardi.
Bu orada uning jarohatlari yiring bog‘lab, qon buzilishi oqibatida 
o‘lishiga bir bahya qoldi.
Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylari Klodni davolash va 
sudga hozirlik ko‘rish
bilan o‘tdi. Vrachlar va sudyalar Klodning 
tepasida parvona bo‘ldilar. Birinchilari uning jarohatlarini 
davolash bilan ovora bo‘lsalar, ikkinchilari uning uchun jallod 
kundasini hozirlash bilan band edilar. 


Gapni muxtasar qilaylik, 1832 yilning 16 martida tamomila 
sog‘aygan Klod Trua shahrining maslahatchilar sudiga ro‘para 
qilindi. Bu sud majlisida butun shahar ahli ishtirok etdi. 
Klod sudda o‘zini juda yaxshi tutdi. U soqol
-
mo‘ylovini yaxshilab 
olgan va sud oldida boshyalang turardi. Egniga Klervo turmasi 
mahbuslarining kulrang matodan tikilgan ko‘rimsizgina libosini 
kiygandi. 
Qirol prokurorining buyrug‘i bilan butun okrugdagi soldatlarni 
sud zaliga yig‘ib kelishdi “guvoh sifatida so‘zga chiquvchi 
mahbuslarni jilovlab turish uchun”, deb izohladi prokuror 
sud 
majlisi paytida. Guvohlarni so‘roq qilish boshlanganda hech 
kutilmagan qiyinchilik yuzaga keldi. 4 noyabr voqeasining 
shohidlaridan biron kishi ham guvohlik berishni xohlamadi. Rais, 
qattiq chora ko‘rilishini aytib, ularni qo‘rqitib ham ko‘rdi. Lekin 
u
ning gapi zarracha ham ta’sir qilmadi. Bu holni ko‘rgan Klod 
mahbuslarga yuzlanib, itoat etinglar, deb buyurdi. Shundan 
keyin guvohlarning tili biyron bo‘lib, hamma ko‘rganlarini 
gapirib bera boshlashdi. 
Klod guvohlarning gaplarini zo‘r diqqat bilan eshitd
i. Agar 
bironta guvoh sudlanuvchining aybini og‘irlashtiruvchi bitta
-
yarimta tafsilotni esidan chiqarib qo‘ysa yo uni atayin tilga 
olmasa, Klod darhol uning gapini tuzatardi. 
Shunday paytlar ham bo‘ldiki, zalda hozir bo‘lgan ayollar yum
-
yum yig‘lashdi. Sud
ijrochisi Albenni chaqirdi. Endi guvohlik 
navbati unga kelgandi. U behol qadam bosib, yig‘idan o‘pkasi 
to‘lib, entika
-
entika kirib keldi. Kira solib o‘zini Klodning 
quchog‘iga otdiki, hatto jandarmlar ham unga to‘sqinlik qilishga 
ulgurolmadilar. Klod uni 
bag‘riga bosib, yiqilib tushishdan 
ushlab qoldi va qirol prokuroriga jilmayib turib dedi: 



Mana o‘sha o‘z nonini boshqalar bilan baham ko‘ruvchi 
yovuz odam. 

Shunday deb u Albenning qo‘lidan o‘pdi.
Odamlarning sudda guvohlik berishi tugaganidan keyin, qirol 
prokurori o‘rnidan turdi va o‘z nutqini quyidagi so‘zlar bilan 
boshladi: 

Janob sud maslahatchilari, agarda odil sud qarshingizda 
turgan mana bu eng ashaddiy jinoyatchini jazoga tortmas 
ekan, butun jamoatchilik to eng tub negizigacha hayratga 
tushadi… hokazo va hokazo.
Mazkur unutilmas “nodir” nutqdan keyin Klodning advokati so‘z 
oldi. Prokurorning nutqi bilan himoyachining so‘zi 
tinglovchilarning kayfiyatida shunday og‘ishuvlarni vujudga 
keltirdiki, odatda bu narsa jinoiy protsess deb nomlanuvchi 
tortishuv chog‘ida sodir bo‘lib turadigan hol edi.
Klod, hali hamma gap aytilmadi, degan qarorga keldi va 
o‘rnidan turib, g‘oyat ajib va hayratomuz nutq so‘zladi; shu sud 
majlisiga qatnashayotgan o‘tkir didli bir ziyoli kishi bunday 
nutqdan zo‘r hayajo
n va hayratga keldi. 
Bu do‘lvor, savodsiz ishchi yigit qotilga emas, ko‘proq notiqqa 
o‘xshab ketardi. U sud oldida ochiq yuz, oydin chehra bilan 
dadil boqib turarkan, ovozini balandlatmay, ammo dil-dilidan 
chiqarib, qo‘llarini bir xilda, lekin salobat bila
n harakat 
qildirgancha gapirdi. U hamma bo‘lgan voqeani, qanday yuz 
bergan bo‘lsa shundayligicha, lo‘nda qilib so‘zlar ekan, hech bir 
narsani bo‘rttirmadi ham, bo‘lgan biron ishni yashirmadi ham. 
U ayblovning to‘g‘ri ekanligini e’tirof etib, 296 nchi modda
ga 
mardona tik qaragancha, boshini kundaga qo‘yishga rozi bo‘ldi 
va bu bilan butun jamoani qattiq hayajonga soldi; odamlar 


uning nutqidagi ayrim jumlalarni bir-birlarining quloqlariga 
pichirlab gapira boshladilar. 
Zalda dam-badam pichir-
pichir, g‘o‘ng‘ir
-g
‘o‘ng‘ir ovozlar 
ko‘tarilib turardi; Klod shunday paytlarda nafasini rostlab olib, 
butun jamoaga mag‘rurona nigoh tashlardi.
Lekin shunday daqiqalar ham bo‘ldiki, bu savodsiz ishchining 
so‘zlari xuddi yaxshi ma’lumot olgan zukko odamning nutqi 
singari nazo
kat va fasohat bilan yo‘g‘rildi. Ayni paytda u o‘zini 
kamtarin, sipo tutar, go‘yo tubsiz jar yoqalab borayotgan 
odamday so‘zida ehtiyot bo‘lar, sud ishining borishini diqqat 
bilan kuzatarkan sud ma’murlari bilan samimiy munosabatda 
bo‘lardi.
U faqat bir marta 

qirol prokurorining, biz yuqorida tilga olib 
o‘tganimiz, nutqida, Klod Gyo ustaxonalar boshlig‘ini hech 
qanday sababsiz o‘ldirgan, zero, boshliq tomonidan unga 
nisbatan na zo‘rlik, na zug‘um o‘tkazilgan, degan so‘zlarini 
eshitganida o‘z g‘azabini tiy
ib turolmadi. 

Ie, qanaqasiga! 

deb yubordi u birdan. 

Hali uning 
tomonidan menga nisbatan hech qanday zug‘um 
o‘tkazilmabdimi? Ha, albatta, siz haqsiz, tushunaman 
niyatingizni. Agar menga bir mast odam bir musht tushirsa-
yu men shu sababli uni o‘ldirib qo‘ysam, —
“muruvvat” 
ko‘rsatib, meni katorgaga surgun qilardingiz, negaki mast 
odam tomonidan menga zug‘um qilingan. Illo ichkilik 
ichmagan, es-
hushi joyida bo‘lgan odam to‘rt yil muttasil 
meni tahqirlasa, kamsitsa, to‘rt yil davomida har kun, har 
soat, har 
daqiqa sayin hech kutilmagan so‘zlar bilan 
haqorat qilsa mayli-a 

to‘rt yil surunkasiga! Men o‘z 
ayolimni sevardim 

shuni deb o‘g‘irlik qildim, —
u ana 


shu ayol haqida har xil sassiq gaplar aytib, dilimni og‘ritdi; 
mening bolam bor edi, shu bolam deb o‘g‘irlik qilgandim 

u bo‘lsa, bolam haqida bo‘lar
-
bo‘lmas gaplar aytib, meni 
iztirobga soldi; turmada beriladigan non menga kamlik 
qilardi, do‘stim o‘z ulushini men bilan baham ko‘ra 
boshladi, 

lekin u meni do‘stimdan judo, nondan 
mahrum qildi. Men undan 
do‘stimni yonimga qaytarishni 
iltimos qilsam, u meni kartserga hibs etdi. Men u politsiya 
ayg‘oqchisini siz deb chaqirsam, u menga sen dedi. Men 
unga o‘z dardimni aytsam, u menga, jonga tegding, dedi. 
Ayting, nima qilishim kerak edi sizningcha? Ha, men uni 
o‘ldirdim. Ha, men yovuz maxluqman, chunki bu qotillik 
hech qanday sababsiz yuz berdi. Siz endi meni qatl 
etmoqchimisiz? Mayli, qatl etavering! 
Men aminmanki, bu qudratli va haqqoniy dalil, faqat jismoniy 
ig‘vogina jinoyatchining aybini yumshatishi mumkin
, degan 
tuzumning naqadar adolatsiz ekanligini ochiq-oydin fosh qilib 
tashladi. Holbuki, bizning qonun chiqaruvchi idoralarimiz 
axloqiy ig‘voning naqadar mash’um ayb ekanligiga e’tibor 
berishni hech o‘ylab ko‘rmaydilar.
Muzokara nihoyasida sudya aniq va lo
‘nda xulosa chiqardi. 
Uning xulosasi quyidagicha bo‘ldi: “Uning butun umri 
qabohatdan iborat. Binobarin, u 

ma’naviy majruh maxluq. 
O‘z hayotini fohisha bilan qovushishdan boshlagan, keyin 
o‘g‘irlik qilgan va nihoyat, odam o‘ldirgan”. Bularning hammasi 
haqiqat edi. 
Sud maslahatchilari o‘z xonalariga chiqib ketishlari oldidan rais 
sudlanuvchidan, sudda qo‘yilgan so‘roqlar yuzasidan biron
-bir 
aytadigan gaping bormi, deb so‘radi.



Faqat ikki og‘iz, —
deb javob qildi Klod. 

Chunonchi, gap 
bunday. To‘g‘ri, men o‘g‘ri va qotilman, ha, men o‘g‘irlik 
qildim va odam o‘ldirdim. Lekin nima uchun o‘g‘irlik 
qildim? Nega odam o‘ldirdim? Sizlar, janob sud 
maslahatchilari, boshqa so‘rovlar qatoriga shu ikkita 
savolni ham qo‘yib ko‘ringlar.
O‘n besh daqiqalik muhokamadan ke
yin Shampan viloyatining 
janob sud maslahatchilari deb nomlanuvchi o‘n ikki nafar 
fuqarosi Klod Gyoni o‘lim jazosiga hukm qildi.
Turgan gapki, ayrim sud maslahatchilari sud jarayoni 
boshlangan chog‘dayoq sudlanuvchining quloqqa xunuk 
eshitiluvchi familiyas
iga e’tibor qaratgan edilar1 va bu narsa 
ularga yomon ta’sir etgan edi.
Hukmni Klodga o‘qib eshittirishganda, u faqat ushbu so‘zlarni 
aytish bilan cheklandi: 

Juda soz. Lekin nima sababdan bu odam o‘g‘irlik qildi? 
Nega u odam o‘ldirdi? Mana shu ikkita savol
ga sud 
maslahatchilari baribir javob bermadilar. 
Klod turmaga qaytib kelgach, bamaylixotir kechlik qildi va dedi: 

Mana, o‘ttiz olti yil umr kechirdim.
U shikoyat arizasi berishni xohlamadi. Lekin betob yotgan 
chog‘ida uni parvarish qilgan 
hamshiralardan biri yum-yum 
yig‘lab, ariza berishni iltijo qildi. Klod hamshiraga rahmi 
kelganidan bunga rozi bo‘ldi. Lekin u, aftidan, avvaliga ancha 
tixirlik qilgan bo‘lsa kerak, arizaga imzo chekkanida, ariza berish 
uchun qonun belgilagan uch kunlik muh
lat o‘tib ketgan edi.


Klodning rozi bo‘lganidan suyunib ketgan shafqat hamshirasi 
unga besh frankli tanga sovg‘a qildi. Klod pulni olib, 
minnatdorchilik bildirdi. 
Trua shahridagi barcha mahbuslar Klodni, uning arizasiga javob 
kelmasdan burun, qamoqdan qoch
irmoqchi bo‘lishdi, ular unga 
shunchalik sodiq edilar. Lekin Klod bu taklifni qat’iyan rad etdi.
Mahbuslar uning kamerasiga tuynukcha orqali juda ustalik bilan 
mix, temir chiviq va chelakning bandini tashladilar. Klod 
farosatli, uquvli odam bo‘lgani uchun,
bu narsalardan birontasi 
bilan albatta oyog‘idagi kishanni arralay olishi mumkin edi. 
Lekin u chelak bandini ham, temir chiviqni ham, mixni ham 
turma xodimiga topshirdi. 
Bir ming sakkiz yuz o‘ttiz ikkinchi yilning sakkizinchi iyunida, 
qotillik yuz bergan kunga yetti oy-
u to‘rt kun bo‘lganida 
Klodning o‘z aybini yuvadigan payti yetib keldi.
Shu kuni ertalab soat yettida Klodning kamerasiga sud ijrochisi 
kirdi va uning bir soatlik umri qolganini e’lon qildi.
Klodning avf etish to‘g‘risidagi arizasi rad etilg
andi. 

Hay, mayli, 

dedi u beparvolik bilan. 

Bugun kechasi 
juda yaxshi uxladim, kelasi tunda yana ham miriqib 
uxlarkanman. 
Irodasi baquvvat odamlarning o‘lim oldidan aytgan so‘zlari 
benihoya ulkan salobat kasb etadi. 
Kameraga ruhoniy ota, so‘ng jallod ki
rdi. Klod ruhoniyga 
ehtirom, jallodga royish ko‘rsatdi. U o‘z ruhi va jismini hech 
e’tirozsiz baxshida qilgandi.


U mudom ruhan tetik kayfiyatda bo‘ldi. Uning sochini ustara 
bilan olishayotganda, kameraning narigi burchagida turgan 
kimdir Trua shahrida vabo tarqalishi xavfi borligi haqida gapirib 
qoldi. 

Lekin endi meni, 

dedi shunda Klod jilmayib, 

hech 
qanday vabo qo‘rqitolmaydi.
U ruhoniy otaning kalimalarini diqqat bilan tinglarkan, ilgari 
hech kim u bilan din haqida suhbatlashmaganidan taassuf qildi. 
Klodning iltimosiga ko‘ra, uning qaychisini o‘ziga qaytarib 
berishdi. Qaychining bitta tig‘i yo‘q edi —
Klod o‘z joniga qasd 
qilgan paytda tig‘ sinib, uning ko‘kragida qolgan edi. U turma 
xizmatchisidan, qaychini Albenga berib qo‘yishni va qayc
higa 
qo‘shib o‘zining bugungi shuvag‘asi —
nonini ham unga berishni 
iltimos qildi. 
U yana, qo‘lini bog‘layotganlardan, o‘zining oxirgi va yagona 
boyligi 

shafqat hamshirasi sovg‘a qilgan besh frankli tangani 
o‘ng qo‘liga tutqazishlarini iltimos qildi.
Soa
t chorak kam sakkizda u odatda o‘limga mahkum 
etilganlarni kuzatib boruvchi tumshaygan shotirlar bilan 
turmadan chiqdi. U rangi quv o‘chib, yayov yurib borarkan, 
ruhoniy otaning qo‘lidagi xochdan ko‘zini hech uzmadi. Lekin u 
ruhan tetik, qadam tashlashi dadil edi. 
Bozor kuni edi. Ko‘proq odamni guvohlikka da’vat etish uchun 
qatlni atayin shu kunga tayinlashgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, 
Frantsiyada hali yarimvahshiy qasabalar bor ekanki, u yerlarning 
jamoalari nafaqat odamlarni o‘ldirishar, shuningdek, odam 
o
‘ldirganlarini aytib maqtanishar ham ekan.


Klod, hamon ko‘zini xochdan uzmagancha, taxta supaga 
shaxdam-shaxdam yurib chiqdi. U avval ruhoniy otani, keyin 
jallodni o‘pmoqchi bo‘ldi —
bu bilan u birinchisiga 
minnatdorchilik bildirishni, ikkinchisini kechirishni niyat qilgan 
edi. Jallod, sud hisobotida bayon qilinishicha, astagina uni 
o‘zidan chetlatibdi. Jallodning yordamchisi uni mash’um 
mashinaga bog‘layotganida, Klod ruhoniy otaga, o‘ng 
qo‘limning siqimidagi besh frankni oling, deb ishora qildi va 
dedi: 

Qashshoqlar uchun. 
Shu mahal shahar minorasidagi soat jom chalib, Klodning 
ovozini bosib ketdi. Ruhoniy ota, eshitmadim, deb javob qildi. 
Klod chalinayotgan jomlar orasidagi tanaffus paytini kutib turib, 
qisqagina takrorladi: 

Qashshoqlar uchun. 
Soat sakkizinchi marta jom chalib ulgurmasdan bu pokdomon 
va dono bosh bo‘ynidan cho‘rt uzilib tushdi.
Bunday tomoshalar olomonga zo‘r ta’sir etadi. Maydon 
o‘rtasida turgan gilotina pichog‘idagi qon hali yuvilmay o‘sha 
kuniyoq bozorda savdo-
sotiq bilan shug‘ullanuvchi
odamlar 
yangi joriy etilgan qandaydir soliqqa qarshi isyon ko‘tarishdi va 
soliq yig‘uvchilardan birini o‘ldirib qo‘yishlariga sal qoldi.
Bizning qonunlarimiz xalqni ana shunday itoatkorlikka da’vat 
etadi. 
Biz Klod Gyo tarixini mufassal bayon qilishni o‘z
burchimiz deb 
hisobladik, zero, imonimiz komilki, bu tarix sahifalaridan olingan 
har qanday parcha ham XIX asrda yashayotgan xalqlarning 


buyuk muammolarini hal qiladigan kitob uchun muqaddima 
vazifasini o‘tashi mumkin.
Bu insonning ajoyib hayotini asosan ikkita bosqichga 

tushkunlikka tushguncha bo‘lgan va undan keyingi davrga 
ajratish mumkin. Bundan ikkita masala kelib chiqadi: tarbiyalash 
haqidagi masala va jazoga tortish masalasi: bu ikki masaladan 
uchinchi masala 

butun jamiyat taqdiri masalasi vujudga 
keladi. 
Klod Gyo, tabiatan shubhasiz, ham jismonan, ham ma’nan 
barkamol inson edi. Xo‘sh, undagi shu ezgu fazilatlarni 
takomillashtirishga nima xalaqit qildi? Mana shu haqda o‘ylab 
ko‘ringlar.
Hali yechimi topilmagan bu g‘oyat buyuk muammo insoniyat 
hayotida zaruriy muvozanatni tiklash uchun xizmat qilishi 
mumkin: tabiat insonning inson bo‘lishi uchun qancha hissa 
qo‘shgan bo‘lsa, jamiyat ham shuncha ulushini qo‘shsin.
Siz Klod Gyoga nazar tashlang, hech shubha yo‘qki, u —
o‘tkir 
aql va ajoyib qalb sohibi. Lekin taqdir uni qabohatli jamiyat 
davrasiga uloqtirgandiki, bunda u o‘g‘rilik qilishga majbur bo‘ldi, 
keyin o‘sha jamiyat uni manfur turmaga olib borib tiqdiki, bu 
yerda u qotillik qilishga majbur bo‘ldi.
Xo‘sh, aslida kim aybdor bunga?
Umi? 
Yo bizlarmi? 
Bugungi kunda barcha zakovat ahlining miyasini band etgan 
masalalar shu qadar muhim va dolzarbki, hademay ular bizga 
albatta ro‘para keladilar, ana unda biz u masalalardan aslo ko‘z 


yuma olmaymiz, binobarin, haqiqatga tik qarab, bizdan nimalar 
talab qil
inishini hal qilishimizga to‘g‘ri keladi.
Ushbu satrlar muallifi mazkur savolga javob berishga urinib 
ko‘rmoqchi.
Shunday dalillarga duch kelarkansan, bu masalalarning naqadar 
oshig‘ich va dolzarb ekanligi haqida o‘ylarkansan, beixtiyor 
o‘zingga o‘zing, hamonki mansabdor ma’murlar shu masala 
to‘g‘risida o‘ylamayotgan ekanlar, unda nima haqda bosh 
qotirib yotibdilar, deb savol berasan. 
Deputatlar palatalari har kuni g‘oyat muhim ishlar bilan band. 
Albatta, mehnat qilmay katta daromad topuvchilarni yo‘q qilis

va davlat byudjetini ortiqcha xarajatlardan tozalash 

bular 
juda jiddiy ish. Shuningdek, mening yaxshi vatanparvar sifatida 
o‘zim tanimagan va tanishni ham istamagan graf Lobau 
janoblarining eshiklari tagida qorovul bo‘lib turishim uchun 
yoxud mansabdor 
shaxslarning amri bilan mening zobitim bo‘lib 
qolgan baqqol qo‘shnimning xohishini bajarish uchun Marini 
maydonidan paradda marsh qilib o‘tish uchun menga soldat 
mundirini majburlab kiydiruvchi qonunlar joriy qilish ham 
muhim masala. 
Ha, janob deputatlar va janob ministrlar, samarasiz bahslashish, 
maza-matrasiz har xil masalalar va mulohazalar bilan bosh 
qotirish sizlar uchun juda muhim. Masalan, eng og‘ir jinoyatchi 
hisoblanmish 

XIX asr san’atini sudning qora kursisiga jalb 
qilib, o‘zingiz berayotgan savolingizning ma’nisiga tushunmay 
so‘roq qilishingiz siz uchun nihoyatda muhim vazifa; 
yaxshiyamki, u jinoyatchi savollaringizga javob berishni 
istamaydi va istamay to‘g‘ri qiladi; janob hukmdorlar va qonun 
chiqaruvchilar, hattoki chekka shahar hamda qishloqlarning 


o‘qituvchilarini taajjubda yelka qisishga majbur etuvchi mumtoz 
adabiyot konferentsiyalarini o‘tkazish bilan vaqt o‘tkazishingiz 
juda muhim masala; shuningdek, faqat zamonaviy drama yaqin 
qarindoshlarning jinsiy aloqa qilishi, erning xotinga, xotinning 
erga vafosizligi, padarkushlik, o‘z farzandini o‘ldirish, odamlarni 
zaharlash kabi eng mash’um illatlarni kashf etdi, deb jar solish 
va bu bilan, orangizda hech qachon na Fedra haqida, na Iokasta 
bilan Edip haqida, na Medeya yo Rodoguna2 to‘g‘risida 
hech 
nima eshitmaganingizni isbotlashingiz ham foydali ish; ha, 
siyosiy notiqlarimizning Kornel va Rasinning asarlarini chop 
qilish uchun byudjetdan mablag‘ ajratish masalasi yuzasidan 
uch kunlab, to ovozlari bo‘g‘ilib qolguncha mubohasa 
yuritishlari va sh
u adabiy tortishuv chog‘ida bir
-
birlariga so‘z 
bermay (xususan, frantsuz grammatikasiga xilof ravishda tilni 
buzib javrashlari) ham benihoya zarur masala. 
Bularning hammasi muhim albatta, holbuki, bizning fikrimizcha, 
bajarilishi kerak bo‘lgan 
bulardan ham muhimroq ishlar bor. 
Masalan, deputatlar palatasida muxolifat va ministrlik o‘rtasida 
tez-tez avj olib turadigan nokerak muzokaralar orasida kimdir 
o‘rnidan turib yoki minbarga chiqib, baralla ovoz bilan quyidagi 
gaplarni aytsa, deputatlar nim
a degan bo‘lardilar:

Hey, bu yerga yig‘ilib olib, bo‘lar
-
bo‘lmas gaplar bilan 
boshni qotiruvchilar, jim bo‘linglar. Sizlar o‘zingizni muhim 
masalalar bilan mashg‘uldek qilib ko‘rsatmoqchisizlar. 
Lekin aslida hech unday emas! Eng muhim masala u 
gaplaringiz emas, balki ushbudir: 
Bundan bir yilcha muqaddam odil sud Pame shahrida bir 
insonni qiymalab tashladi, kechagina Dijonda bir ayolning boshi 


tanasidan judo etildi, Parijda Sen-Jak qopqasi oldida odamlar 
maxfiy tarzda qatl etilmoqda. 
Birinchi navbatda ana sh
u hech kechiktirib bo‘lmaydigan 
masalalar bilan shug‘ullanish lozim!
Ana undan keyin sizlar yana milliy gvardiya askarlarining 
mundiridagi tugmalar qanaqa rangda 

oqmi yo sariqmi 

bo‘lishi haqida ham qaysi so‘zdan: ishonch so‘zidanmi yo 
e’tiqod so‘zidanm
i foydalanish maqbulroq ekanligi haqida bir-
birlaringiz bilan bahslashaverishingiz mumkin. 
Ey, markaziy o‘rindiqlarda o‘tirgan hamda zalning o‘ng va so‘l 
taraflaridan joy olgan janob deputatlar, xalqning iztirob 
chekayotganidan xabaringiz bormi? 
Frantsiya respublika deb ataladimi yo monarxiya davlati deb 
yuritiladimi, xalq baribir azob chekaveradi 

bu shubhasiz hol. 
Xalq och va yupun. Qashshoqlik uni jinoyat sari yo‘llamoqda, 
fahsh botqog‘iga cho‘ktirmoqda. O‘g‘illarini qamoqxonalar, 
qizlarini fohishaxonalar tortib olayotgan xalqqa rahmingiz 
kelsin. Bizda mahbuslar ko‘payib ketdi, fohishalar ko‘payib 
ketdi. 
Bu ommaviy tus olgan ikki illat, ikki balo nimani bildiradi? 
Bu 

jamiyat vujudiga yomon qon aralashganidan dalolat 
beradi. 
Baski siz bemornin
g tepasiga konsilium o‘tkazgani yig‘ilgan 
ekansiz, dardini davolash bilan shug‘ullaning.
Siz u dardni davolashni bilmaysiz. Demak, uni oldin puxta 
o‘rganib olishingiz kerak. Siz chiqarayotgan qonunlar faqat 


vaqtincha yengillik tug‘diruvchi nayranglardir. S
iz joriy qilgan 
nizomlarning yarmi 

mutaassiblik, yarmi 

lo‘ttibozlik.
Badanni kuydirib tamg‘a bosish —
yangi yaraga tuz sepishdek 
azob. Bu o‘ta bema’ni jazo jinoyatchini umrbod jinoyat bilan 
oshno qilib qo‘yadi.
Surgun (qamoq) 

bu yaramas malham; u avval yomon qonni 
so‘rib olib, keyin uni yana
-
da ko‘proq zaharlab badanga 
singdiradi. 
O‘lim jazosi —
vahshiyona qassoblik. 
Shunga qaramay, tamg‘a bosish ham, surgun ishlari ham, o‘lim 
jazosi ham hanuz amalga oshirilmoqda. Sizlar tamg‘a bosish 
jazosini bekor q
ildingizlar, bu yog‘iga ham o‘z faoliyatingizda 
izchil bo‘ling —
qolgan ikki jazoni ham bekor qiling. 
Cho‘g‘dek qizdirilgan temir tamg‘a, surgun va gilotina —
bular 
bitta mantiqiy xulosaning uchta tarkibiy qismidir. 
Sizlar qizdirilgan temir tamg‘adan voz k
echdingiz. Lekin ayting-
chi, mahbusning oyog‘idagi kishanning va gilotina pichog‘ining 
ahamiyati kattaroqmi? 
Sizlar jinoyat bilan jazo oralig‘idagi bosqichni ifodalovchi 
o‘zingizning almisoqdan qolgan va betuturuq gradatsiyangizni 
endi buzib tashlang va uni qayta ishlang, jazoning yangi 
tarkiblarini, qonunlarning yangi kodeksini yarating, yangicha 
turmalar barpo eting, yangi sudyalarni tayyorlang. Joriy etgan 
qonunlaringizni zamonaviy rasm-taomillar bilan 
uyg‘unlashtiring.
Frantsiyada har kuni juda ko‘p oda
mlarning kallalari uzilmoqda, 
janoblar. Hamonki, sizlar tejamkorlikka amal qilayotgan ekansiz, 
bu sohada ham qo‘llang o‘sha tejamkorligingizni.


Hamonki, sizlar ortiqcha narsalarni yo‘q qilish ishtiyoqida 
yonayotgan ekansiz, birinchi galda jallod lavozimini bekor qiling. 
Frantsiyadagi saksonta jallod oladigan maosh bilan maktab 
o‘quvchilaridan olti yuz kishini ta’minlash mumkin.
Xalq haqida o‘ylanglar. Bolalarni maktab bilan, kattalarni ish 
bilan ta’minlang.
Boshqa Yevropa mamlakatlariga qiyos qiladigan bo‘l
sak, eng 
ko‘p savodsiz odamlar Frantsiyada —
sizlar shuni bilasizlarmi? 
Shu yaxshimi? Shveytsariya savodxon, Belgiya savodxon, 
Daniya, Gretsiya, Irlandiya 

o‘qish
-yozishni biladi, lekin 
Frantsiya bilmaydi! Qanday sharmandalik! 
Sizlar surgunga boring. U yerga surilganlarning hammasini 
yig‘ing. Qonundan tashqarida bo‘lgan o‘sha jabrdiydalarning 
har birini diqqat bilan kuzating. Ularning yuz tuzilishini o‘lchab, 
bosh chanog‘ini paypaslab ko‘ring. Ana shunda, siz u 
kimsalarning har qaysisi biron zoologik maxluqni 
eslatayotganini, inson zotining hayvonot olamidagi jonivorlar 
bilan omuxta bo‘lib ketganini ko‘rasiz. Ulardan biri silovsinni, 
ikkinchisi mushukni, yana biri maymunni eslatadi, ba’zilari 
qirg‘iyga yo chiyabo‘riga o‘xshab ketadilar. Bunday 
badbasharalikka, birinchi navbatda, turgan gapki, tabiat sabab, 
undan keyin 

tarbiya. 
Tabiat insonni yaratish chog‘ida uning tarhini yomon chizgan, 
tarbiya esa, tarhdagi nuqsonlarni tuzata olmadi. Sizlar shu 
haqda g‘amxo‘rlik qilinglar, xalqqa yaxshi tarbiya beringlar
, uni 
ma’lumotli qilinglar. Bu nodon va johil kishilar ongini 
rivojlantirishga urining, ularni fikr yuritishga o‘rgating. Xalqning 
aql darajasini imkon boricha kamol toptiring. 


Frantsiya savodini chiqargandan keyin uni yanada ma’rifatli 
qilishni davom etti
ring. Yo‘qsa, xalq hayotida yana boshqacha 
ishkallik yuzaga kelishi mumkin. Shuni bilingki, g‘irt nodonlik 
yomon bilimdan afzalroqdir… Lekin bu o‘rinda men ba’zi 
izohlarni aytib o‘tmoqchiman.
Sizlar qancha harakat qilmang, olomonning, xalq ommasining 

xullasi kalom, aksariyat odamlarning qismati, ularning hayoti 
hamisha, ozmi-
ko‘pmi og‘ir, g‘amgin va ayanchlidir. Ko‘pchilik 
odamlarning peshonasiga umrbod og‘ir mehnat qilish bitilgan, 
hayotning jamiki mashaqqatlarini shu ko‘pchilik o‘z yelkasiga 
ortmoqlagan. 
Qarang, qanday adolatsizlik! Hayotning barcha quvonchlari 

boylar mulkiyu, jamiki badbaxtlik va qayg‘u
-hasrat esa 
kambag‘allarga ato etilgan. Hayot torozusiga qo‘yilgan yuk 
mutlaqo teng emas. Torozining bir pallasi, shubhasiz, bosib 
ketaveradi va shu tufayli jamiyat hayotidagi tengsizlik 
tengsizligicha qolaveradi. 
Lekin siz qashshoq odamning torozi pallasidagi saodatli 
kelajakka umid, mangu mas’udlik ishtiyoqi, jannat halovati kabi 
salmoqli qadoq toshlarni qo‘ying —
shunda siz pallalar vaznini 
tenglash
tirasiz. Ana unda kambag‘alning hissasi boyniki bilan 
barobar bo‘ladi.
Buni Iso masih bilgan. 
Sizlar zulmatda hayot kechirayotgan zahmatkash, jabrdiyda 
xalqning qalbiga uning uchun hozirlab qo‘yilgan boshqa, 
saodatli dunyoga ishonch tuyg‘usini singdiring.
U taskin topib, sabr-bardosh bilan kuta boshlaydi. Umid kishini 
bardoshli qiladi. 


Qishloqlarga injil urug‘ini soching. Har bir xonadonga Bibliya 
ulashingki, har bitta kitob va injil urug‘i sochilgan har qaysi dala 
hamjihat bo‘lib, mehnatkash odamning ma’na
viy kamolotiga 
yordam bersin. 
Butun masala xalqni ma’rifatli qilishga qaratilgan. Insonda juda 
ko‘p tug‘ma xayrli iste’dodlar mavjud. Bu iste’dodlar rivoj topib, 
yaxshi mahsul berishi uchun, siz odamga ezgu fazilatning 
naqadar munavvar va muborak ekanligin
i ko‘rsating.
Odam qotillik qildi, lekin agar unga yaxshi rahnamolik 
qilinganda, u jamiyatning foydali a’zosiga aylangan bo‘lardi.
Xalqning savodini chiqaring, uni tarbiyalang, ma’rifatli qiling, 
ongiga axloq-odob tushunchalarini singdiring, undagi mavjud 
layoqatni kerakli tomonga yo‘naltiring, ana unda odamlarning 
boshini kundada chopishingizga vaj qolmaydi. 
Qodir Mirmuhamedov tarjimasi 
«Jahon adabiyoti» jurnali, 2003 yil, 2-son 
 
Mutolaada bo‘ling: 
t.me/e_kutubxona
 

Download 324,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish