52
Huquqshunoslik
1. Oz miqdorda talon-taroj qilish.
2. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini
buzish.
3. Ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan)
nostandart oynalar o‘rnatilgan
transport vositalaridan
foydalanish.
4. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va
yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish.
5. Transport vositalari haydovchilarining harakat
tezligini oshirib yuborish, yo‘l belgilari va yo‘l hara ka ti -
ning boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi.
6. Transport vositalari haydovchilarining harakat
xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib
harakat qi
-
lishda qatnashishi.
7. Transport vositalari haydovchilarining temir-
yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi.
8. Transport vositalarini mast holda boshqarish.
9. Kema haydovchilarining kichik hajmli kema
lari ni
mast holda boshqarishi.
10. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l
harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan
jarohati yoki oz miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga
olib kelishi.
11.Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi
transport vositalarining
yoki boshqa mol-mulk
ning
shikastlanishiga olib kelishi.
12. Boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘l
-
magan shaxslarning transport vositalarini bosh qarishi.
13. Transport vositalari haydovchilarining mastligi
yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan
o‘tishdan bo‘yin tovlashi.
14.Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirok
chilari -
ning harakat qoidalarini buzishi.
15. Mayda bezorilik.
16. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid so-
ladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida
saqlash.
53
17. Fuqarolarning jamoat
joylarda ibodat liboslarida
yurishi.
18. O‘qotar qurollardan belgilangan tartibni buzgan
holda otish.
19. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajar-
maslik.
20. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qo-
nunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish.
21. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki
tashish qoidalarini buzish.
22. O‘qotar qurollarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta
ro‘yxatdan o‘tkazish) muddatlarini yoki ularni hisobdan
o‘tkazdirib qo‘yish qoidalarini buzish.
Yuqorida ko‘rsatilgan
huquqbuzarlikni sodir etgan
taqdirda, voyaga yetmaganlar umumiy asoslarda ma’-
muriy javobgarlikka tortiladilar. Sodir etilgan huquq
-
buzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga
olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan ishlar voyaga
yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi shahar, tuman,
shaharlardagi tuman komissiyalari ixtiyoriga berilishi
mumkin.
Oz miqdorda talon-taroj qilgan shaxslarning ishlari
esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
Militsiya xodimining qonuniy
talablarini bajarmaslik
turidagi voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquq
-
buzarligini ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ko‘rib
chiqadilar.
Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarligi
kam ahamiyatli bo‘lsa, aybdor o‘z qilmishidan chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa, o‘z qilmishining oldini
olishga harakat qilsa va boshqa yengillashtiruvchi holat-
lar
asosida sodir etilsa, huquqbuzarni ma’muriy javob-
garlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan chegarala
-
nish mumkin.
Ma’muriy qamoq chorasi o‘n sakkiz yoshga to‘l
-
magan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi mumkin emas.
Ma’muriy huquqbuzar voyaga yetmaganlarga ma’-
III b o b. Ma’muriy huquq asoslari
54
Huquqshunoslik
muriy jazo qo‘llashdan oldin u shaxs kimligini,
qanday
sharoitda tarbiya olganligini, nima sababdan tar
tib
buzishga yo‘l qo‘yganligini sinchiklab o‘rganib chiqib,
iloji boricha tushuntirish, tarbiyalashni qo‘llash maq
-
sadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: