15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
219
15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
REJA:
1.
Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
2.
Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari.
3.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy
tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
4.
Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri.
5.
Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi.
Tayanch tushunchalar:
Axloqiy madaniyat, Muomala odobi, Suhbat, Imo-ishora, Etiket,Kasbiy
odob, Axloqiy tarbiya, Axloqiylik, Tarbiyalanuvchi, Komil inson, Namunaviylik, ommaviy
madaniyat, bioetika,
Madaniyatning turlari ichida, xususan ma’naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat
o‘zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo‘lishi
xilma-xil omillar vositasida ro‘y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba, tarbiya, axloqiy ta lim,
san’at ana shunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o'zgalar bilan
munosabatda an’anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ijobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik
nuqtayi nazardan yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy
bilimlarini samarali tatbiq etishga o‘rgatadi. Qisqasi, u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini
egallash va ulardan o‘z tajribalarida foydalamshi o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi
singari jihatlarni qamray oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi
hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi. Axloqiy madaniyat
doimo zamonaviydir. Ya’ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning
shaxs axloqiy hayotidagi ko‘rinishidir. To‘g‘ri, u, yuqorida aytganimizdek, ma’naviy axloqiy
qadriyatlarni butunlay inkor etmaydi, lekin ularning zamonaviy shakllarda namoyon bo‘lishini
ta’minlaydi. M. mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar
qadimdan mavjud. Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq
qiladi. Garchand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat odobi o‘z mohiyatini saqlab
qolgan bo‘lsa-da, bugun ulardan o’sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili
ko'nnadi, hatto istehzoli-kinoyaviy urg‘u kasb etadi. Biz yuqorida madaniyatning keng
qamrovlilik xususiyatini ta ’kidlab o‘tdik. Zotan madaniyatning biror sohasi yo‘qki, unda axloqiy
madaniyat bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan boMsin. U iqtisodiy madaniyatmi, tibbiy
madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir axloqiy madaniyatsiz mavjud bo‘lolmaydi.
Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi,
etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning
yashash shartini belgilab beradi. Insonlar toki jamiyat bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular bir-
birlari bilan axloqiy munosabatga kirishmay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy madaniyat ana
shu munosabatning asosi, mohiyatini tashkil etadi.
Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga oladi. Ana
shunday eng muhim unsurlardan biri — muomala odobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |