Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/452
Sana23.06.2022
Hajmi15,64 Mb.
#694917
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   452
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko‘pchilik o‘ylaganidek, zararli tushuncha 
emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan 
boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o‘tgan bayramlari, to‘ylari, xalq og‘zaki 
ijodi, bir so‘z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha 
qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari hisoblanadi. «Ommaviy 
madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin 
boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi.
 
Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy 
madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish – eng dolzarb va ustuvor vazifadir. 
Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning 
yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot 
nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda 
yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda,
«ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil 
ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh 
vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon 
bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga 
bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. 
Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. 
Xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va 
turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin 
emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini 
o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda. 
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi 
aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar 
kamaytirish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik 
madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, 
madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy 
madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli 
buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni 
turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda 
asl maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti. 
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi 
g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun 
jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor 
qaratishimiz darkor. 
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi 
galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib 
yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan 
mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi. 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish