Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
69
Xudosi butunlay boshqa deb o‘ylovmiding? Cherkovlaru yana boshqa tashkilotlarda nima, sizlar pul 
ishlatmaysizlarmi? 
— E, bu butunlay boshqa narsa-ku! 
— Bas! Diydiyo qilma! Dunyoda hamma narsa sotiladi va olinadi, jumladan, sening Xudoying 
ham. Lekin men odamlar maza qilib kayf sursinlar deyman. Sizlar so‘zda va buning ustiga narigi 
dunyoda va’da qilgan narsalarga men bu dunyoning o‘zida muyassar etaman. Yolg‘iz kayf rohat-
farog‘at bag‘ishlaydi, olamda o‘zingni qushday erkin his qilasan, ko‘klarga uchasan. Mayli, bu rohat, 
bu lazzat ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketsin. Mayli, u faqat ro‘yo bo‘lsin. Lekin unda baxtiyorlik, 
unda saodat va unga faqat hushni yo‘qotib yetish mumkin. Siz, taqvodorlar esa, hatto mana shu 
ro‘yodan ham mahrumsizlar. 
— Lekin gaping to‘g‘ri — bular bari ro‘yo. 
— Bo‘lmasa-chi? Besh tiyin to‘lab, haqiqat topmoqchimisan? Bekorlarni aytibsan, avliyo ota! 
Boshqa baxt bo‘lmagandan keyin achchiq og‘u uning o‘rnini bosadi. 
— Yo‘q narsaning o‘rnini to‘ldir deb, senga kim aytdi! Bularning bari yovuz niyatdan boshqa 
narsa emas! 
— O’pkangni bos, o‘pkangni bos, Kallistratov! Durustroq o‘ylab ko‘rsang, men axir sizlarning 
yordamchingizman! 
— Ya’ni qanday? 
— Qanday bo‘lardi. Sira hayron qoladigan yer yo‘q! Odam yaratilgandan beri unga nimalarni 
va’da qilishmadi, xo‘rlangan va haqoratlanganlarning qo‘yni-qo‘njilarini ne-ne ajoyibotlar bilan 
to‘ldirib tashlashmadi: ana, qarasang, Xudo saltanati kirib kelyapti, ana qarasang, demokratiya, ana 
tenglik, ana birodarlik, ana kollektiv hayot baxti, ista — ana, Kommuna qurib yashayver, o‘zingni 
ko‘rsatib ishlasang, ana senga jannat bog‘lari. Haqiqatda esa nima? Faqat quruq so‘z! Men bo‘lsam, 
agar bilsayding, ko‘ngli yarimtalar, g‘aribu g‘urabolar, munglig‘ bechoralarga ermak beraman, 
hayollarini chalg‘itaman. Men yashinqaytarg‘ichman, odamlarni orqa yo‘l orqali yetib bo‘lmas Xudo 
sari boshlab boraman. 
— 
E, sen men o‘ylagandan ham xatarliroq ekansan! Sen dunyoni butunlay ostin-ustin qilib 
tashlashing mumkin. Hatto tasavvur ham qilish qiyin va qo‘rqinchli! Yaxshiyam, Napoleon 
bo‘lmaganing! 
— Yuqoriroqdan kelaver. Napoleon ham gapmi? Meni o‘z erkimga qo‘yib berishsa, eh-he, nimalar 
qilmasdim! Agar biz birdan G’arbga borib qolsak, qulochimizni qaylarga yozmas edik, deysan. 
O’shanda sen ham men bilan tortishib o‘tirolmasding, yaxshilikka ham, yomonlikka ham mening 
ko‘zlarim bilan qaragan bo‘larding... 
— Bunga shubham yo‘q. Lekin sening bu so‘zlaringda qo‘rqinchli bir narsa ko‘rmayman. 
Gaplaring yangi emas. Sen, Grishan, odamlar ishonchini yo‘qotib qo‘ygan joyda kun ko‘rmoqchi 
bo‘lasan, bunga o‘rgatish ham unchalar kiyin emas. Hammasi yomon, hammasi yolg‘on, shunday 
ekan, o‘zingni kayf qilib ovuntir. Sen o‘tgan barcha narsalarni qoralaysan, seningcha shunday bo‘lsa, 
qani, odamlarni dunyoga boshqacha karashga o‘rgatmaysanmi, qo‘lingdan kelsa. Imon — kayf emas 
senga, imon ne-ne avlodlar boshdan kechirgan azob-uqubatlarning mevasi, imonga erishmoq uchun 
ming yillab va har kun mashaqqat chekmoq kerak. Sen o‘z sharmandali hunaring bilan olamning azal 
tartibotini buzmoqchi, yorug‘ kunni tunga aylantirmoqchi bo‘lasan. Hozir ayshingni surasan, keyin 
kulfatini tortasan, sen ko‘klarga ko‘tarib maqtayotgan kayfdan so‘ng, albatta, jinnilik boshlanadi, so‘ng 
odam butunlay tubanlikka botadi. Nega sen buyog‘ini gapirmaysan? Sen aytgan kayf — g‘irt 
ablahlikning o‘zi emasmi? Axir, go‘yo Xudo oldiga borganday bo‘lib, aslida iblisning quchog‘iga 
tushasan-ku. Bunisi qanday bo‘ldi? 
— Kanday bo‘lardi. Qasosli dunyo. Bunga ham jazo bor. Yashaganning jazosi o‘lim... Sen bu 
haqda hech o‘ylaganmiding? Nega jim bo‘lib qolding? Sen, avliyoga mening bu fikrim yoqmaydi, a! 
— G’ayri Iso fikrmi? Hech qachon! 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish