Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
72
hushtak ovozi keldi. 
— Ketdik! — buyruq qildi Petruxa.— Olg‘a! 
Ular yuk xaltalarini ko‘targancha, sekinlab qolgan vagonlarga o‘zlarini urishdi. Hammasi 
pistirmadan turib hamla kilinganday ko‘z ochib-yumguncha tez ro‘y berdi. Qo‘lga nima to‘g‘ri kelsa, 
shuni ushlab, tirmashib, istagan vagon, istagan joyga chiqib, ishqilib, joylashib olish kerak edi. Keyin 
tomdan tomga, vagondan vagonga sakrab qulayroq joy topish mumkin. Undan uyog‘ini Avdiy xuddi 
yomon tush kabi eslaydi: u ko‘z o‘ngida xuddi osmon qadar qad ko‘targan zich vagonlar tagida zir 
yugura boshladi, u aqlining bir chekkasida g‘ayrishuuriy tarzda vagonlarning bunchalar yuksakligidan, 
g‘ildiraklardan chiqayotgan qoramoy hidlarining bunchalar o‘tkirligidan hayratga tushdi, g‘ildiraklar 
yana ko‘z ochib-yumguncha tezlashib ketishi hech gap emasdi. Lekin shunga qaramasdan Avdiy 
jonholatda vagonga tirmashdi, kimgadir yordamlashdi, kimlardir uni ham qo‘llab yuborishdi. Poezd 
ikki martacha sharaqlab tortildi, silkindi, g‘ildiraklar g‘asir-g‘usur bo‘lib ketdi — ular tagida qolish shu 
tobda hech gap emasdi. Biroq hammasi joyida bo‘ldi. Poezd yana bir karra qattiq siltanib, boy berilgan 
vaqtni yetkazib olish uchun shitob bilan ilgariga jadallab ketdi, Avdiy munday aylanib qarab, ichi 
bo‘m-bo‘sh yuk vagonida turganligini, o‘zining ajralmas hamroxlari Lyonka va Petruxa, kolaversa, 
Grishan ham shu yerda ekanligini ko‘rdi. Lat yegan oyoq bilan uning qanday vagonga chiqib olganini 
Xudo biladi, anavi ikkisi — Maxach va Kolya ham u bilan birga edi. Hammalarining rang-qutlari 
oqargan, hansirab nafas olishar, lekin chexralari shod va mamnun edi. Bari yaxshi tugagani va endi eng 
ishkal joyi orqada qolganiga Avdiyning sira ishongisi kelmasdi. Endi nasha yig‘uvchilar Jalpoq-Soz 
bekati tomon ketib borishar, undan u yog‘iga yo‘llar bari katta yerga, katta shaharlarga, odam 
izdihomlari ichiga eltadi... 
Yana besh soatlar chamasi yo‘l yurishlari kerak. Omad kelganini qarang: vagonda yuk 
tushirilgandan keyin qolgan shekilli, bo‘sh yog‘och yashiklar bor ekan — choparlar ularni taglariga 
o‘rindiqqa moslab olishdi. Grishan aytganday qilib, tashqaridan qaraganda, ko‘rinmaydigan bo‘lib 
o‘tirishdi. Agar bir tomondagi eshik ochilsa, vagon ichi ancha yorug‘, buning ustiga havo kirib turishi 
uchun tepadagi tirqishlar ham ko‘tarib qo‘yilgandi. 
Qandaydir kichik raz’ezdda to‘xtaganlarida, ular eshikni mahkam yopib, dim va issiq vagon ichida 
miq etmay pusib o‘tirdilar, lekin sostav oldiga hech kim kelgani yo‘q.. Petruxa ohista tashqariga alang-
jalang qildi-da, hammasi joyida, hech kim ko‘rinmaydi, dedi. Qarshidan kelayotgan passajir poezdi 
yonlaridan guldirab o‘tib ketgach, sostav yana o‘rnidan jildi, navbatdagi kichik bekatda Maxach bir 
kanistr suv topib keldi, vagondagi hayot yana jonlandi, qattiq non, konservalar yeyildi, Jalpoq-Sozga 
borganda, oshxonada to‘yib issiq ovqat yeymiz, deb orzu qilishdi. 
Poezd esa Chu cho‘llaridan tog‘lar tomon o‘tib borardi... 
May oyi oqshomlari uzoq davom etadi, hali-hamon yorug‘ edi. Undan-mundan gaplashib o‘tirishar, 
ko‘proq turli ovqatlar, pul eslanardi. Petruxa Murmanskda popukday qiz kutayotganligini esladi. 
Shunda Maxach sof kavkazcha jo‘shib dedi: 
— Menga qara, hoy, Petruxa, azizim, nima, sen Murmanskdan boshqa yerda ayolni 
qilolmaysanmi? Nima, Moskvada endi qilib bo‘lmaydimi ozgina? Ha-ha-ha! Nima, Moskvada xotin 
yo‘qmi? 
— Sen mishiqisan hali bunaqa ishlarda, Maxachka. Nimani ma’nisiga tushunarding? — qahri keldi 
Petruxaning.— Nechchiga chiqding? 
— Nechchi-nechchi! Nechchi bo‘lsa nechchi! Bizning Kavkazda mendaqalar allaqachon bola 
yasaydigan bo‘lishgan! Ha-ha-ha! 
Bu gap hammaning dimog‘ini chog‘ qildi. Hatto Avdiy ham Grishanga qarab-qarab qo‘yib, 
beixtiyor jilmaydi, u esa bir chekkada takabburlik bilan irshayardi. U boya-boyagiday yig‘ma 
kursichasiga hamon o‘sha egri tayog‘ini ushlab o‘tirardi. U xuddi boshqa choparlar kabi jo‘n sigaret 
chekar va faqat shu bilangina ularga o‘xshardi. 
Ko‘p o‘tmay ular hazil-huzul qilib borisharkan, bo‘sh yuk vagonini batamom o‘zlariniki qilib 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish