Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
174
O’sha kuni ertalab Bo‘ston uyqudan ko‘zini ochganda, quyosh azot chiqqan edi. U tong 
qorong‘usida qo‘shga yetib kelib, to‘rt soatlar chamasi uxlagan edi. Ertalab Gulimxon otasini bezovta 
qilmasin deb, Kenjashni qancha ushlamasin, ko‘chish tashvishlari bilan ovora bo‘lib ketib, 
kichkintoyni andak ko‘zdan qochirib qo‘ydi. Bolakay allanimalarnidir chuldirab, hadeb otasining 
yuzlarini silab, shapatilay boshladi. Bo‘ston ko‘zini ochdi, kulib kichkinani bag‘riga bosdi, butun 
jismi-joni unga ajib bir mehr-muhabbat bilan to‘lqinlandi. Uning pushti-kamaridan dunyoga kelgan 
kichkina, sog‘lom, harakatchan bo‘lib o‘sayotgan, hali ikkini to‘ldirmagan esa-da, ziyrakligi, ota-
onasini sevishi, yuzi, sumbati, qiliqlari quyib qo‘yganday o‘ziga o‘xshashi, faqat qora olxo‘riday 
porlagan ko‘zlarigina onasini eslatib turishi bilan behad quvonch bag‘ishlardi. Bir so‘z bilan aytganda, 
bolamisan bola edi va unga qarab turib, Bo‘ston shunday ajoyib o‘g‘ilchasi borligidan g‘ururlanardi. 
— Nima deysan, o‘g‘lim? O’rnimdan turaymi? Qani, qo‘limdan tortib yuborchi? Tort, tort, ana, 
barakalla! O’ho‘, polvon-ey! Ana endi qani, qani, otasining bo‘ynidan bir achomlasinchi, oh-oh! 
Gulimxon bu orada unni qovurib, sut va tuz solib quyuq qalmoq choy hozirladi. Qalmoqchoy 
erining jonu tani edi. O’tarlargina emas, hatto itlar ham uzoq tog‘larga chiqib ketgan, O’rkunchievlar 
xonadoni jilla qursa, shu tobda bemalol, xotirjam o‘tirib choy ichsalar mumkin edi. Ko‘plar cho‘pon 
xonadoniga bu farog‘at kamdan-kam paytlar muyassar bo‘lishini yaxshi bilmaydilar. Chorvaga yil 
bo‘yi kecha-kunduz tinmay ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, agar suruvni ming bosh deb hisoblasak, 
qo‘zisi bilan bir yarim ming deyavering, mana bunaqa o‘tirib choy ichishga qo‘l tegadimi. Cho‘pon 
xonadonlari buni faqat orzu qiladilar. Ular ko‘chish oldidan bamaylixotir o‘tirib choy ichishardi. So‘ng 
yoz bo‘yi tog‘larga chiqib ketishadi. Mashina peshinga yetib keladigan edi. O’shangacha hammasini 
yig‘ishtirib, saranjom-sarishta qilib qo‘yishlari kerak. 
— Voy, hech ko‘zimga, ishonmayman,— derdi nuqul Gulimxon,— qanday, yaxshi, joning rohat 
qiladi, tinchlikni qarang! Sizni bilmaymanu men hech ketgim kelmayapti. Keling, uyda qola qolaylik. 
Kenjashjon, otangga ayt, hech yoqqa bormaylik. 
Kenjashjon nimalarnidir bidirlar, dam otasi, dam onasining tizzasiga chiqar, Bo‘ston esa 
ko‘ngilchanlik bilan xotinining gapini ma’qullardi: 
— Shundaymi? Mayli, nima qipti, yoz bo‘yi bu yerda yashasak? 
— Xo‘p, aytdingiz-da,— kulardi Gulimxon,— ikki kun o‘tmay suruv qaydasan deb, hayyo-hayt 
jo‘nab qolardingiz, keyin sizga Do‘nko‘likda quvib ham yetib bo‘lmasdi! 
— Rost, Do‘nko‘likni minib ham yetolmaysan! — tasdiqlardi iyib ketgan Bo‘ston va so‘ng 
dikraygan mo‘ylabini silab qo‘yardi. Bu uning ko‘ngli to‘lganligini bildirardi. 
Ular xontaxta atrofida yerda o‘tirib shunday nonushta qilishar, bolakay atroflarida girdikapalak 
bo‘lib yurardi. Ota-onasi unga ovqat yedirmoqchi bo‘lib urinishar, lekin bolakay bugun sho‘xlikni 
avjiga chiqargan, o‘ynar, chopar, tinchlik bermasdi. Hech joyda o‘tirishni, ovqat yeyishni istamasdi. 
Eshikni havo dim bo‘lib ketmasin deb, lang ochib qo‘yishgan, shuning uchun Kenjash dam sayin 
tashqariga yugurib chiqar, galdirab hovli aylanar, ona tovuq atrofida pildirashib yurgan kichkina, 
xurpaygan jo‘jalarni tomosha qilardi. Bu qorovul Qudurmatning tovug‘i edi. Qudurmatning o‘zi 
yaylovga chiqib ketgan, uning xotini Asilgul O’rkunchievlar bilan birga mashinada boradigan edi. 
Asilgul boya ularnikiga kirib chiqqan, yuklarni yig‘ishtirib qo‘ydim, tovuqni jo‘jalari bilan savatga 
solsam bas, buni mashina kelganda qilsam ham bo‘lar, hozir kirlarimni yuvib, quritib olay, degan edi. 
O’sha kuni ertalab shunday o‘tmoqda edi. Quyosh ko‘tarilib, tuzukkina qizdira boshladi. Hamma 
o‘z ishi bilan ovora. Bo‘ston xotini bilan yuklar, tugun, bo‘xchalarni bog‘lardi. Asilgul kir yuvar, ora-
chora uning tashqariga mag‘zava to‘kkani eshitilardi. Kichkintoy Kenjash esa o‘z holiga o‘ynab yurar, 
dam uyga chopib kirar, dam chopib chiqar, jo‘jalar atrofida o‘ralashardi. 
Bu orada mehribon kurk tovuq jo‘jalarni hovlining narigi chekkasiga yer titgani boshlab ketdi. 
Kichkintoy jo‘jalar orqasidan do‘mbillab chopdi, shu tariqa ular saroyning baland devori orqasiga o‘tib 
qoldilar. Bu yerda qariqizlar va otquloqlar o‘sib yotar, yoz bo‘lgani uchun osoyishta, jimjit edi. Jo‘jalar 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish