Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
172
Og‘ir, chorasiz dard Akbarani ezardi. U bo‘shashib, erinchoq, loqayd bo‘lib qoldi. Duch kelgan 
mayda-chuyda darranda-parrandalarni ovlab yurdi. Ko‘p mahal vaqtini ko‘zdan yiroq ovloq 
maskanlarda ma’yus o‘tkazardi. Tog‘lardan ming-minglab qo‘y-qo‘zilar poda-poda bo‘lib o‘tib 
borardi. Ana shu to‘polon, shovqin-suron ichida bitta-yarimta adashgan-uloqqan qo‘y-qo‘zini o‘marib 
ketishdan osoni yo‘q edi. Lekin Akbara bular bilan ishi bo‘lmas, bariga beparvo edi. 
Akbara uchun dunyo o‘z qimmatini yo‘qotib qo‘ydi. Unga o‘tgan umri haqida xotiralargina qolgan 
edi. Akbara kallasini dastpanjalariga qo‘yib kuni bo‘yi Mo‘yinqum cho‘llarida, Aldash dala-tuzlarida, 
bu yerda, Issiqko‘l bo‘ylarida kechirgan quvonch va qayg‘ularga to‘lgan kunlarini eslardi. Uning ko‘z 
o‘ngidan Toshchaynar bilan birga o‘tkazgan kunlari kunma-kun, oyma-oy, soat-basoat o‘tar, va har 
safar Akbara hasratini alamli joniga sig‘dirolmay o‘rnidan turib ketar, atroflarda sho‘ridahol sang‘ir, 
so‘ng yana qayg‘uli qartaygan boshini panjalariga tashlab yerga cho‘zilar, yana bolalari esiga tushardi. 
Dam yaqinda o‘g‘rlab ketishgan to‘rt bolasini, dam Mo‘yinqum qirg‘inida halok bo‘lganlarini, dam 
Aldash bo‘yida qamishzorda yonib ketganlarini xotirlardi. Lekin, hammadan ham ko‘proq u o‘zining 
Toshchaynari — alp kelbat, sadoqatli erkagini esga olardi. Goho,nashazor ichra uchratgan o‘sha g‘alati 
tayloq kishi yodiga tushardi. Ko‘z o‘ngiga uning bolalari bilan yalang‘och, himoyasiz holda 
o‘ynashmoqchi bo‘lgani kelardi. Akbara kekirdgini uzib tashlash uchun unga hamla qilganda, azbaroyi 
qo‘rqib ketganidan boshini qo‘llari bilan changallagancha, yerga cho‘kkalab qolgan, so‘ng 
shilingpocha bo‘lib tiraqaylab qochgan edi... Keyin uni qish boshlanganda Mo‘yinqumda tong 
qorong‘usida saksovulga osilgan holda uchratishdi. O’shanda uning tanish yuziga tikilib-tikilib, 
termulib-termulib qaradi, so‘ng u qovoqlarini sal-palgina ko‘tardi, unga ohista nimadir deb shivirladi 
va jim bo‘ldi... 
Endilikda o‘tgan hayot unga tush, takrorlanmas tush kabi tuyulardi. Lekin, shularning bariga 
basma-bas hali umid o‘lmagan edi, umid Akbaraning yuragida yashardi — goho-goho nazarida oxirgi 
jigarporasi hali albatta topiladiganday edi. Shuning uchun ham, Akbara kechalari Bo‘ston qo‘rasi 
atroflarida o‘g‘rincha izg‘ar, lekin endi yoqasini chok etib, yuraklarga vahima solib uvlamas, faqat 
uzoqdan turib qulog‘i ding tinglardi: shoyad shamol bo‘yiga bo‘y qo‘shilib qolgan bulturuqlarining 
akillaganlarini olib kelsa, shoyad, ularning tanish va ne farog‘atli bo‘y-islarini dimog‘iga ufursa... O’, 
shunday mo‘‘jiza ro‘y bera qo‘ysaydi! Akbara hech narsaga qaramasdi, na odamlar va na itlardan 
qo‘rqib o‘tirmasdi, o‘zini laziz bolalari sari otardi, ularni asoratdan xalos etardi, qanot-quyruq chiqarib 
bu yerlardan yiroq-yiroqlarga, o‘zga diyorlarga boshlab ketardi, bo‘rilarga xos hur va qiyin-qattiq 
hayot kechirardi. Bo‘rilarga o‘zga ne kerak... 
Shu kunlari Bo‘stonning yugur-yuguri ko‘payib ketdi. Ko‘chish tashvishlari yetmaganday bunga 
yana qandaydir ahmoqona idora ishlari ham qo‘shildi. Qo‘chqorboev har qalay po‘pisa qilganday 
yuqori tashkilotlarga Bo‘ston O’rkunchiev ustidan shikoyat yozib jo‘natdi va u yerdan kim haq, kim 
nohaq aniqlash uchun komissiya yuborildi, lekin komissiya bir fikrga kelolmadi. Komissiyaning ayrim 
a’zolari cho‘pon Bo‘ston O’rkunchievni partiyadan o‘chirish kerak, chunki u partorg shaxsiyatiga 
tegib, uni haqorat qilgan va shuning barobarida partiyaning o‘ziga ma’naviy ziyon yetkazgan desa, 
boshqa a’zolar bunday qilishning hojati yo‘q, chunki cho‘pon Bo‘ston O’rkunchiev ish yuzasidan 
gapirgan va uning tanqididan maqsad mehnat unumdorligini ko‘tarish bo‘lgan, derdi. Komissiyaga 
Bozorboy No‘yg‘utovni ham chaqirishdi. Undan Bo‘ston O’rkunchiev iniga qaytarishni talab qilgan 
bo‘ri bolalari haqida yozma ravishda tushuntirish olishdi... Xullas, hamma qoidalarga rioya qilingan 
qog‘ozbozlik boshlandi... 
Keyingi ikki marta chaqirganlarida Bo‘ston bormadi. Suruvni tog‘larga haydashim, xonadonim 
bilan yozgi yaylovga ko‘chishim kerak, vaqt ziq, shuning uchun mensiz o‘zlaringiz hal qilaveringlar
men komissiya lozim topsa, har qanday jazoga roziman, deb ayttirib yubordi. Bo‘stonning bunday 
xatti-harakati Qo‘chqorboevga g‘oyatda qo‘l kelib, xursand bo‘ldi.
Lekin, cho‘ponning shundan o‘zga chorasi ham yo‘q edi. Yozgi yaylovlarga ko‘chish boshlangan, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish