Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
162
chiqdi.— O’rtoqlar, kelinglar, aqllashib olaylik,— dedi majlisga qarata Cho‘tboev tomonlarni qanday 
murosaga keltirsam ekan deb, eran-qaran o‘ylanarkan. Albatta, Bo‘ske haq. Lekin Qo‘chqorboev bilan 
hazillashib bo‘lmaydi. Xo‘sh, nima qilish kerak. Gapimiz nima haqda boryapti, deya fikrlardi 
direktor,— Mening tushunishimcha, cho‘pon yollanib ishlaydigan kimsa emas, qo‘shu-qo‘ra, 
yaylovlarning egasi bo‘lmoqchi. U o‘z nomidangina emas, shu bilan birga brigadasi va cho‘pon 
xonadonlari nomidan ham gapiryapti, biz buni ham e’tibordan qochirmasligimiz zarur. Menimcha, 
uning gapida jon bor. Cho‘pon brigadasi bizning eng kichik iqtisodiy yacheykamiz bo‘ladi. Ishni shu 
yerdan boshlash kerak. Nazarimda, O’rkunchiev hammasini o‘z qo‘liga olmoqchi, jumladan, mol-hol, 
yaylov, yem-xashak, qo‘ton-qo‘ra degandek, ishlab chiqarish uchun nima zarur — barini o‘z qo‘l 
ostida birlashtirmoqchi. U brigada hisobini joriy qilaman, deydi. Shunda har bir odam qo‘shnisi uchun 
manovdan anovgacha emas, balki o‘zi uchun ishlasa, qancha haq olishini bilsin. Men O’rkunchievning 
taklifini ana shunday tushunaman, biz buni o‘ylab ko‘rsak, arziydi, Jontoy Eshonovich,— dedi direktor 
partorgga qarata. 
— Men esa, siz bilan birga rahbarlik qilayotgan sovxozning partorgi sifatida, o‘rtoq Cho‘tboev, 
buni boshqacha tushunaman. Sotsialistik ishlab chiqarishda xususiy mulkchilik psixologiyasini 
rag‘batlantirish kimligidan qat’iy nazar, hech kimga yarashmaydigan ish va ayniqsa, xo‘jalik 
rahbariga,— ovoziga tantanavor tus berib, direktorga pisanda qildi Qo‘chkorboev. 
— Lekin ishoning axir, ishimizning manfaati shuni talab qilyapti,— o‘zini oqlay boshladi 
direktor.— Axir, yoshlar cho‘pon brigadalarida ishlashni xohlamayaptilar... 
— Demak, bizda tashviqot-targ‘ibot ishlari yomon olib borilyapti, yoshlarga Pavlik Morozov va 
uning qirg‘iz birodari Kichan Jaqipov haqida eslatishimiz kerak. 
— Bunisi endi sizning ishingiz, o‘rtoq Qo‘chqorboev,— qistirdi direktor.— Hammasi o‘z 
qo‘lingizda. Eslating, tashviq qiling. Sizga hech kim xalal bermaydi. 
— Albatta tashviqot olib boramiz, siz tashvishlanmang,— dedi iddao bilan partorg.— Butun boshli 
chora-tadbirlar ishlab qo‘yganmiz. Lekin har qanday niqobdagi xususiy mulkchilik xatti-harakatlariga 
o‘z vaqtida zarba berish juda ham zarur. Biz sotsializm asoslarini qo‘porishga yo‘l qo‘ymaymiz. 
Haddan tashqari jiddiylashib ketgan bu tortishuvga quloq solib o‘tirarkan, Bo‘ston 
O’rkunchievning shaxdi qaytdi, tomog‘iga allaqanday qo‘rqinch beixtiyor tiqilib qolganday bo‘ldi. 
Axir, u nima dedi? Bor-yo‘g‘i yerda nihoyat birovning tashqaridan bo‘ladigan ko‘rsatmasi bilan emas, 
o‘z aqlim bilan ishlashni xohlayman, deb istak bildirdi, xolos. 
— Hech kimga hech qanday qulaylik va yonbosishlar qilinmaydi,— davom etardi 
Qo‘chqorboev,— Ishlab chiqarishning sotsialistik shakllari barcha uchun majburiy. Men buni avvalo, 
o‘rtoq O’rkunchievga qarata aytgan bo‘lardim. U doim o‘zi uchun qandaydir alohida shart-sharoitlar 
talab qilgani qilgan. 
— Mengagina emas,— uning so‘zini kesdi Bo‘ston.— Bunday shart-sharoitlar hammaga kerak, 
ana o‘shanda ishlarimiz yurishib ketadi. 
— Ishonmayman! Umuman, bu qanday gap o‘zi — shart qo‘yib ishlayman deyish? Uni qiling, 
muni qiling. Siz, o‘rtoq O’rkunchiev, o‘z mol-holingiz uchun shaxsiy yaylovning ortidan quvib, Ola 
Mo‘ngu dovonida odam nobud qilganingiz yetmaydimi? Yo sizga bu hali kammi? 
— Gapir-a, gapir!— azbaroyi fig‘oni chiqib qo‘l siltadi Bo‘ston. 
Ernazarning halok bo‘lgani hakida mana shunday yo‘l-yo‘lakay va bepisandlik bilan so‘z 
yuritilgani uning hamiyatiga tekkan, dilini og‘ritgan edi. 
— Nima gapir, gapir? Nima, noto‘g‘rimi, gapim?— chaqib oldi Qo‘chqorboev. 
— Ha, noto‘g‘ri. 
— Nega noto‘g‘ri bo‘larkan? Ernazarning o‘ligi haligacha dovonda muzlab yotmayaptimi? Balki 
yana ming yil o‘sha yerda yotar. 
Bo‘ston indamadi. Majlisda shu haqda gap ochilganidan uning ko‘ngli qattiq og‘ridi. Lekin 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish