Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
158
yog‘ilib kelayotganday bo‘lib tuyuldi, Gulimxon go‘yo shaffof suv ostidan turib qarayotganday 
chehrasi o‘zgarib, qiyshayib ketgandi. Uning azobini ko‘rib Bo‘ston dod solay derdi, aftoda holidan 
yuragi ezilardi. Kechagina gullab-yashnab turmaganmidi shu juvon? Bo‘ston uning es-hushini yo‘qotib 
qochib borayotgani, ustidagi ipak ko‘ylagi ko‘kragi uzra yig‘ilib qolgani, yangigina qora mahsisi 
motam uchun kiyilganday bo‘lib turgani, sochlari esa azador xotinlarniki kabi o‘rilganiga hech chiday 
olmas, ko‘ksini chok-chok qilib tashlagisi kelardi. 
— Qayokqa, qaeqqa ketyapsan, Gulimxon?— dedi Bo‘ston va beixtiyor uning qo‘lidan ushladi. 
— Men dovonga, uning oldiga boraman,— dedi Gulimxon allaqanday parishon tovush bilan. 
Bo‘ston: «E-hoy, aqling o‘zingdami? U yerda nima qilasan? Qanday yetib borasan? Bunday yupqa 
ko‘ylakda ko‘z ochib-yumguncha shamday qotib qolasan-ku?» deb urishish o‘rniga, yalinib, o‘tina 
boshladi. 
— Hozir emas. Kechasi bo‘lib qoldi, Gulimxon. Boshqa bir payt borarsan. U joyni o‘zim senga 
ko‘rsataman. Hozir unday qilma. Yur, uyga. Qizlar qo‘rqib yig‘lashyapti, Orzigul xavotir olyapti. 
Bemahal bo‘lib qoldi. Yur, endi Gulimxon, iltimos. 
Gulimxonning qaddi g‘am-alam yukidan dol edi. U indamasdi. 
— Usiz men qandoq qilaman?— hasrat bilan shivirladi u boshini chayqab.— Qandoq qilayki, u 
yolg‘iz qoldi, qandoq qilayki, uni o‘rab-chirmab, aza-motam tutib yerga qo‘yolmadim? Mozor 
bitmagan ekanmi peshonasiga? 
Bo‘ston unga nima deb taskin berishni bilmasdi. U cho‘pon yozda ham, qishda ham oyog‘idan 
qo‘ymaydigan kirza etikda, bo‘ynida sochik, suyakdor yelkalariga ilgan maykasi valangar holda 
gunohkor boshini xam qilib ayol qoshida turardi. Bemajol, gunohkor, bechora. Bu juvon yo‘qotgan 
narsaning o‘rnini hech narsa bilan hech qachon to‘ldirib bo‘lmasligini u tushunardi. Va agarda uning 
erini tiriltirib, o‘rniga o‘zi yota olsaydi, buni bir zum ham o‘ylanib o‘tirmay ado etgan bo‘lardi. 
Ular o‘z o‘ylariga botib, jim qoldilar. 
— Ketdik,— Bo‘ston Gulimxonning ko‘lidan tutdi.— Biz odamlar Ernazarni yo‘qlab keladigan 
joyda bo‘lishimiz kerak. Uyda bo‘lishimiz kerak. 
Gulimxon uning yelkasiga bosh qo‘ydi. Xuddi o‘z otasiga hasratini to‘kib solayotganday silkinib-
silkinib iig‘lab, ich-ichidan otilib kelayotgan o‘kirig‘ini bosib, nimalarnidir tinimsiz ho‘ngrab 
pichirlardi. Bo‘ston uni suyab oldi. Ular birga-birga yig‘lab, hasrati ko‘yiga botib uyga qaytdilar. 
Chappar urib gullagan tog‘ o‘t-o‘lanlarining o‘tkir muattar islariga to‘lgan osuda yoz oqshomi so‘nib 
borardi. Ernazarning qizlarini yetaklagan Orzigul ularga peshvoz chiqdi. Xotinlar bir-birlarini 
ko‘rgach, yana quchoqlashdilar va uzoq ayriliqdan so‘ng topishganday ho‘ng-ho‘ng ko‘zyoshlarini 
to‘kdilar... 
Yarim yil o‘tgach, Orzigul rayon kasalxonasida yotgan, Gulimxon esa sohil bo‘yidagi baliqchilar 
qishlog‘iga ko‘chib ketgan edi. Bo‘ston o‘sha oqshomni esladi, bostirib kelgan hislardan to‘lqinlanib, 
ko‘zini tuman qopladi. 
Bo‘ston palatada xotini yotgan karavot yonida o‘tirar, uning pajmurda, oqarib ketgan chehrasiga 
joni achib termulardi. Kuzning iliq kuni edi, palatadagi boshqa bemorlarning ko‘pchiligi hovlida 
aylanib yurishardi. Shunda Orzigulning o‘zi gap ochib qoldi. 
— Sizga aytadigan so‘zim bor edi.— So‘zlarini ohista chaynalib aytarkan, Orzigul eriga bazo‘r 
ko‘zlarini ko‘tarib qaradi. Bo‘ston shu kecha uning yana ham sarg‘ayib ketgani, oriqlaganini payqadi. 
— Qulog‘im senda, Orzigul. Nima demoqchi eding?— mehribonchilik bilan so‘radi Bo‘ston. 
— Siz doktor bilan gaplashdingizmi? 
— Gaplashdim. U aytdiki... 
—Shoshmang. Nima degan bo‘lsa degandir, keyin sizga shuni aytmoqchi edimki... 
Bu so‘zlardan Bo‘stonning yuragi orqaga tortib ketdi. U kissasidan ro‘molchasini chiqardi-da, ter 
bosgan manglayini artdi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish