www.ziyouz.com
kutubxonasi
154
yerdan menimcha, tushuv boshlanadi. Balki Kichibel ham ko‘rinib qolar. U yokda ham-mayoq yam-
yashil ko‘karib yotgandir hozir...
Ikkov yana ilgarilab ketdilar. Atrofda tekis, toza qor ko‘rpasi to‘shalgan, ba’zi yerlarda shamol
qorlarni quyunda uyub, buyug‘ yasab, tepa qilib tashlagan, ular oftobda yarqiraydi. Lekin, oldinda
allaqayda qorlik dunyo tugab, butunlay yangi olam boshlanishidan nimalardir darak berib turardi.
Ikkovlari tezroq o‘sha tomonga o‘tish, orzu qilgan joylarini ko‘rishga oshiqardilar. Ular ikki tog‘
o‘rtasidagi o‘rkachdan o‘tib borishar, yana ozgina yursalar, maqsadga yetadiganday edilar. Bo‘ston
otini yetaklagancha qor tepkilab oldinda borar, shunda birdan oyog‘ining tagida allanima qaltirab
ketganday tuyuldi. Orqa tomondan qichqirgan tovush eshitildi.
Bo‘ston daf’atan o‘girilib qaradi va anqayib qoldi: Ernazar ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan, qaygadir tushib
ketgan edi. Na o‘zi bor, na oti. Faqat u hozirgina qadam tashlagan joyda qor to‘zonlanib turardi.
— Ernazar!— vahimali qichqirdi Bo‘ston va o‘z qichqirig‘idan o‘zi qo‘rqib ketdi. Uning tovushi
tog‘larning o‘lik sukunatida guldurab aks sado berdi.
Bo‘ston qor to‘zib turgan yerga o‘zini otdi va bazo‘r o‘zini ushlab qoldi, o‘zini qandaydir
g‘ayritabiiy kuch bilan orqaga oldi. Uning oldida tubsiz o‘pqon ochildi. O’pqon qorayib yotar, undan
abadiy sovuq nafas ufurardi. Shunda Bo‘ston qorga qorni bilan yotdi-da, nima bo‘lganini aqliga
sig‘dirolmay, to‘g‘rirog‘i, bunga aslo ishonmay, qa’r chetiga surinib keldi. Uning butun vujudi, butun
fikru hayoli qo‘rqinchga aylandi, shu qo‘rqinch tanasini butunlay karaxt qilib ko‘ydi. Shunga qaramay,
Bo‘ston sudralgancha surilib borar, o‘zi tushunmagan allanima kuchiga kuch qo‘shar, nafas olishga
ko‘maklashardi. Bo‘ston tirsaklariga tiranib, yuziga yopishayotgan korlaryr sidirib, surinardi. Nihoyat,
u qor tagi ko‘k muz ekanligini tushundi. Shunda u qor tagida ko‘milib yotadigan yoriqlar va o‘yilgan
yerlar, ularga tushib ketgan yilqilar haqidagi rivoyatlarni esladi, «er yutkur», «jar yoqaga ket!» degan
qarg‘ishlar esiga tushdi. Lekin nima uchun Ernazar, Ernazargina emas, uning o‘zi ham bu baloga
giriftor bo‘ldilar?
Hech narsaga qanoat qilmadi, doim ko‘ziga oz ko‘rindi, noshukurchilik oqibati emasmikin bu?..
Bunday kulfatga duchor bo‘lishini bilganda-ku...
Bo‘ston tog‘ yorig‘igacha sudralib keldi. Uning ko‘z o‘ngida tagi-tugi yo‘k qa’r qorayib yotardi.
Tubsiz jar yoqalari xuddi shar-shar yirtilib ketganday edi. U dahshatdan titrab ketdi.
— Ernazar,—ohista pichirladi Bo‘ston, bir zum ichida uning tomog‘i qaqrab ketgandi, keyin
vahshiyona hirqiragan tovush bilan baqirdi:— Ernazar, qaydasan? Ernazar! Ernazar! Ernazar!
U jim bo‘ldi. Shunda nazarida qa’r ichidan bilinar-ilinmas ingragan bir ovoz eshitilganday tuyuldi:
«Yaqinlashmang».
Bo‘ston shunda faryod ko‘tardi:
—Ernazar! Jigarim! Men hozir! Hozir! Sabr qil! Hozir seni tortib olaman!
U jarga qulay-qulay deb, o‘zini ortga otdi. Borib otning jilovlarini sidirib torta boshladi. Ular
o‘zlari bilan Ernazarning egariga mahkamlab arqon hamda bolta ola kelgan, lekin endi bu narsalar
jarga qulagan ot bilan birga ketgan edi. Bo‘ston pichog‘ini qinidan sug‘urdi, teri tasmalar — no‘xta,
quyishqon, tizgin, uzangi, jilov bormi hammasini kesib chiqib, so‘ng bitta qilib, uzunasiga mahkamlab
bog‘ladi. Qo‘lini kesib oldi. Dag‘-dag‘ qaltirardi. Yana qa’r yoqasiga sirg‘alib bordi, ko‘ziga hech
narsa ko‘rinmas, yo‘lga qaramas, talvasa ichida titrab nafas olar, xuddi birdan jon taslim etadiganday,
Ernyozarni qutqarolmay qoladiganday qo‘rqar, joniqardi.
— Ernazar! Ernazar!— tovush berardi u.— Mana arqon! Arqon bor! Eshityapsanmi, arqon bor!
Eshityapsanmi! Ernazar! Jigarim, ovoz ber!
U abzaldan kesib yasagan arqonning bir uchini mushtiga bog‘ladi-da, ikkinchi uchini jarga tushirdi.
Lekin hech kim arqonni tutmadi, hech kim uning chaqirganiga sado bermadi. Qa’r qanchalar chuqur —
u bilmasdi. Arqon qancha joygacha tushdi — u bexabar edi.
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |