Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
144
ham xuddi shunday ishonardi. Faqat bir marotabagina so‘qir qismat uni tiz cho‘kishga majbur qildi, 
pushaymonlik o‘tida qovurdi, va shundan boshlab u shubhalarning zil, alamli yuki nima ekanligini 
bildi... 

Gulimxonning avvalgi eri marhum Ernazar bilan to u nobud bo‘lgungacha uch yil birga ishlashgan 
edi. So‘z yo‘q, xo‘p ishchan yigit, o‘ziga puxta edi — Bo‘stonning brigadasiga xuddi mana shunday 
odam kerak edi. Ernazarning o‘zi ish so‘rab keluvdi, shundan boshlab, birga baqamti ishlab ketishdi. 
Kuz payti edi, bir kuni u Bo‘stonni yo‘qlab kelib qoldi. O’shanda Bo‘stonning otari qish tushguncha 
Beshkungayda turgan edi. Maslahatga kelgan edim, dedi. Choy ichib o‘tirib, gaplashib oldilar. Duch 
kelgan odam bilan ishlash jonga tegdi, deb shikoyat qildi Ernazar. Qancha harakat qilma, agar katta 
cho‘ponning ixtiyori o‘zida bo‘lmasa, foydasi yo‘q. Umr o‘tib ketyapti, ikkita qizim bo‘y yetib qoldi, 
erta-indin turmushga berish kerak, vaqtning oqar suvday o‘tishini ko‘r, jonimni jabborga berib 
ishlayman, lekin boshim qarzdan chiqmaydi, uy soldim, uy qurishning o‘zi bo‘ladimi, sizning qo‘l 
ostingizda ishlasam, Bo‘ske, (uni hurmat qilib shunday deb chaqirdi),— yashirishning nima hojati bor, 
ishlash ham mumkin, tishlash ham. Jun topshirsang, et topshirsang, qo‘zi olsang, hammasiga, Bo‘ske, 
sizda mukofot chiqadi, qo‘ling pul ko‘radi-ku, ishqilib. Shuning uchun oldingizga iltimos bilan keldim, 
agar rozi bo‘lsangiz, direktor bilan gaplashib ko‘ring, meni sizga o‘ng qo‘l, birinchi cho‘pon qilib 
o‘tkazsin. O’zingiz ham bilasiz, yerga qaratib qo‘ymayman, aks holda buki gapirib ham o‘tirmasdim... 
Bo‘ston Ernazarni ilgaridan bilardi. Nima qilmasin, bir sovxozning odamlari. Buning ustiga 
Gulimxon xotini Orzigulning uzoq qarindoshlaridan edi. Hullas, o‘z odami. Lekin qanday bo‘lmasin, 
Bo‘ston Ernazarga darhol ishondi va keyin hech qachon bundan afsus chekkani yo‘q. 
Hammasi mana shundan, shu jo‘ngina turmush voqeasidan boshlandi. 
Ular tez til topib, chiqishib ishlab ketdilar. Chunki Ernazar ham xuddi Bo‘stonday o‘z ishining 
tug‘ma egasi edi. Lekin shu bilan birga boshqa ba’zi birovlarning nazarida g‘irt tentakning o‘zi: ya’ni 
sovxozga tegishli mol-holga xuddi o‘z shaxsiy moliday qarardi. Esi pastmi, nima balo? Boshqa ishlar 
ham tamomila hamin-qadar edi — xuddi o‘zi uchun qilayotganday o‘lib-tirilar, sovxozning nafi uchun 
kuyib-pishardi. Mehnatsevarlik Ernazarning qon-qoniga singib ketgandi. Tabiatan o‘zi shunday edi. 
Lekin hayot urinishlariga bu xislatini yanada pishitgan edi. Bu fazilat hamma xalqlarga xos, u hamma 
odamlarda tabiiy bo‘lishi kerak, faqat birovlar o‘zida bu fazilatni o‘stirib, kuchaytirib boradi, boshqalar 
esa yo‘q. Mundoq kallani joyiga qo‘yib o‘ylab qarasang, dunyoda qanchadan-qancha yalqov 
ishyoqmaslar — kattalar, yoshlar ichida ham, erkaklar, xotin-qizlar ichida ham bor. Qanchadan-qancha 
baxtsizliklar va bechorachiliklar hammasi har qachon, hamma zamonlarda faqat va faqat tanballikdan 
yuzaga chiqqanligi hamda yuzaga chiqaverajagini odamlar xuddi tushunmaydiganga o‘xshaydilar. 
Lekin Bo‘ston bilan Ernazar mehnat desa, o‘zini tomdan tashlaydigan, bir-birlariga juda yaqin odam 
edilar. Shuning uchun jonni jonga suqib deganday, ahil ishlashar, bir-birlarini so‘zsiz tushunishar, 
ko‘ngillaritsi topar edilar. Ammo hayot ekan, chamasi, xuddi mana shuning o‘zi ularning hayotlarida 
tuzatib bo‘lmasdek bir hollarni yuzaga chiqardi... 
Darvoqe, bu aslida shundaymi yoki shunday emasmi, yana ne bilaylik...Gap shundaki, oilaviy 
ishlab chiqarish brigadalari paydo bo‘lmasdan ancha avval Bo‘ston O’rkunchiev xuddi oldindan 
nimanidir sezganday qulay payt keldi deguncha o‘ziga, to‘g‘rirog‘i, o‘zining brigadasiga doimiy 
foydalanish uchun yer ajratib berishlarini talab qilgani qilgan edi. Cho‘poncha odmiroq til bilan bayon 
etilgan, ammo ayrim qotib qolgan rasmiyatchilar nazarida g‘ashga tegadigan ushbu talabdan murod-
maqsad shu ediki, koshkiydi, o‘zimning yaylovim, o‘tloq-maydonlarim bo‘lsa, koshkiydi, o‘zimning 
suruv va otarlarim bo‘lsa, ularga tomingdan chakka o‘tib yotsa boshi og‘rimaydigan xo‘jalik mudiri 
emas, shaxsan o‘zim javob bersam, podalarni bosh oqqan tomonga haydab yurmay, tog‘dagi o‘z yozgi 
yaylovlarimda boqsam, o‘sha o‘tloqlar boshqa birovga emas, mening o‘zimga biriktirib qo‘yilsa, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish