Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
145
hammasiga o‘zim qarasam, hammasini o‘zim saqlasam, ana o‘shanda men jamoatning umum yeriga 
qaraganda yuz karra ko‘proq ish qilaman, planda ko‘rsatilgandan necha barobar ko‘p mahsulot 
yetkazib beraman, umumga tegishli yerlarda xuddi yollangan, kelasi kuzda qaerga borishga boshi 
qotgan batrakdek ishlaganda, bundan nima chiqardi? 
Ammo Bo‘ston o‘z fikrini hech kimga ma’qullata olmasdi. Albatta, avvaliga ham buni, rost, 
odamlarga yerlarni ajratib bersak, to‘g‘ri ish bo‘ladi, odamlar o‘zlarini yer egasiday his qiladilar, oila, 
bola-chaqa ham bundan bahramand bo‘lishadi, ishga baravar jon kuydirishadi, deb rozi bo‘lib turar 
edilar-da, mahalliy hushyor siyosiy iqtisodchilardan birontasi chiqib, bu axir, sotsializmning muqaddas 
qonun-qoidalarini buzish emasmikin?— deb shubha bildirgan zahoti hammalari darhol baravariga 
so‘zlaridan qaytar va bunga butunlay teskari gaplarni aytishga tushar, isbot qilishga arzimaydigan 
narsalarni isbotlab yotar edilar. Hech kim qing‘ayishda ayblanishni istamasdi. Yolg‘iz savodsiz 
cho‘pon Bo‘ston O’rkunchievgina har bir rayon yoki sovxoz yig‘inida o‘z gapidan qolmasdi. Uning 
gaplarini tinglab, qoyil qolishar, miyig‘larida kulib qo‘yishardi: Bo‘stonga nima, og‘ziga kelganini 
qaytarmay so‘ylaveradi, yo‘qotadigan narsasi yo‘q, ishdan olishmaydi, shoxini sindirish-maydi. 
Azamat yigit-da! Har safar Bo‘stonga nazariy nuqtai nazardan zarba berishadi — ayniqsa, sovxoz 
partorgi, oblast partiya maktabini bitirib diplomli savodxon bo‘lgan Qo‘chqorboev hech qo‘ymaydi. 
Ana shu Qo‘chqorboev bilan munosabatlari juda allambalo edi. Qo‘chqorboev necha yillardan beri 
sovxoz partiya tashkilotining sekretari, lekin Bo‘ston hali-hanuzgacha yaxshi bilolmaydi — 
Qo‘chqorboev o‘zini qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan soddagina qiroatxon qilib ko‘rsatadimi (balki bu 
unga nimagadir qo‘l kelsa ham ajabmas), yoki o‘zi haqiqatan ham, asli shundaymi. Ko‘rinishdan ikki 
yuzi qip-qizil axtalarga o‘xshaydi — yumurtqaday sip-silliq, doim bo‘yin-bog‘ taqib yuradi, doim 
papka, doim ishi boshidan oshib-toshib yotganday — ish ko‘p-ko‘p — chehrasi tashvishli, xuddi 
odamlarga gazeta o‘qib berayotganday labi-labiga tegmay gapiradi, bir nimani quvib borayotganday 
oyog‘i yerga tegmay yuguradi. Bo‘ston ba’zan o‘ylanib qoladi: ehtimol, Qo‘chqorboev tushida ham 
qog‘ozga qarab gapirsa kerak. 
— O’rtoq O’rkunchiev,— deb minbardan turib ta’na yog‘dirardi partorg Qo‘chqorboev,— siz 
tushunishingiz kerak axir, yer bizda umumxalq mulki hisoblanadi. Konstitutsiyamizda shunday deb 
yozilgan. Yer bizning mamlakatimizda faqat xalqqa, yolg‘iz xalqning o‘zigagina tegishlidir, boshqa 
hech kimga emas. Siz esa o‘zingizga qishlik va yozlik yaylovlar, qo‘ra, qo‘tonlar, yem-xashak talab 
qilyapsiz, biz bularni sizga xususiy mulk qilib berolmaymiz. Yo‘l qo‘ymaymiz biz bunga — sotsializm 
printsiplarini buzishga bizning haqqimiz yo‘q. Siz bizni qayoqqa boshlamoqchi va og‘dirmoqchi 
bo‘layotganingizni tushundingizmi? 
— Hech kimni hech qayoqqa boshlamoqchi emasman,— taslim bo‘lmasdi Bo‘ston.— Agar 
hammasining egasi, men emas, xalq bo‘lsa, unda mayli, mening qo‘ramga xalq borib ishlasin, men 
ko‘ray bundan nima chiqarkin. Hamonki, men o‘z ishimning xo‘jasi emas ekanman, kimdir axir, 
baribir xo‘jayinlik qilishi kerak-ku? 
— Sovet xalqi xo‘jayinlik qiladi. O’rkunchiev, yana takrorlayman, sovet xalqi va davlati 
hammasining egasi. 
— Xalq deysizmi? Unda men kimman, sizningcha? Hech aqlim yetmay qoldi. Nega men davlat 
bo‘lolmayman? Sen, partorg, o‘zing ilmli yigitga o‘xshaysanu, lekin sizlarni u yerda nimalarga 
o‘qitishgan hayronman, hech tushunmayman, aytayotgan gap-so‘zlaringga? 
— Men, o‘rtoq O’rkunchiev, sizning yetagingizda yurolmayman, burnidan ip o‘tkazib olaman deb 
o‘ylamang. Gaplaringizdan kuloq safsatalarining hidi keladi. Lekin yodingizda tursin — sizning 
zamoningiz o‘tgan va biz hech kimga sotsializm asoslarini barbod qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. 
— Mayli, o‘zingiz bilasiz, harqalay boshliqsiz,— tap tortmasdi Bo‘ston,— faqat men o‘z fikrimda 
qolaman. Ishlaydigan boshqa birov emas, men o‘zim. Sal gapga og‘zimga urasiz: Xalq! Xalq! Xalq — 
xo‘jayin! — deysiz. Bo‘pti, unda! Mayli, xalqning o‘zi fikrlab, hal qilsin, yildan yilga mol ko‘payib 
boryapti, mayda chorvaning o‘zidangina sovxozda qirq ming qo‘y-echki bor — ilgari bunaqasi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish