Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
emas. Muhimi go‘sht topshirish. Xalq oldida, talabchan yuqori tashkilotlar oldida yuzni yorug‘ 
etishning birdan-bir yo‘li shu. Lekin bularning barini dasht bo‘rilari ne bilsinlar. Markazlardan 
oblastlarga to‘xtovsiz sim qoqishadi. Shu kunning qat’iy talabi: qanday bo‘lmasin, yerning tagidan 
bo‘lsa ham topib, go‘sht topshirish planini bajarish kerak, vassalom. Yetar shuncha paysalga solingani. 
Besh yillik yakunlanadigan yil axir, biz xalqqa nima deymiz. Qani plan, qani go‘sht, qani 
majburiyatlar? Ammo bularni cho‘l bo‘rilari ne bilsinlar. 
«Planni albatta to‘ldiramiz,— javob yo‘llardi oblast boshqarmasi,— yaqin o‘n kunlik ichida 
bajaramiz. Joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud. Zo‘r beramiz, talab qilamiz...» 
Bu orada hech narsadan asti xabari yo‘q cho‘l bo‘rilari hamon Akbara yetakchiligida yumshoq qor 
ustidan sas-sabarsiz yurib, chekka, xoli joylarni panalab, bosqin boshlaydigan yerlariga kelib 
to‘xtadilar. O’zlarini baland o‘sgan chiy to‘plari orasiga urdilar. Ularni chiylarning qo‘ng‘ir ildiz 
to‘plaridan sira ajratib bo‘lmay qoldi. Akbaraning to‘dasiga hammasi bu yerdan baralla ko‘rinib 
turardi. Yaratilganlaridan beri hammalari bir-birlariga o‘xshash, bo‘ksalari oq, yelkalari malla 
kiyiklarning
1
son-sanoqsiz podalari xavf-xatardan xoli keng jing‘ilzor vodiyda yangi tushgan qor 
ostidagi erman, shuvoqlarni ishtaha bilan chimdib yurishardi. Akbara payt poylardi. Payt poylamasa 
bo‘lmasdi. Bosqin oldidan nafasni rostlab olish kerak. Undan so‘ng barchalari baravar podaga 
tashlanadilar va darhol hayda-haydani boshlab yuboradilar. O’shanda quvib keta turib yana nimalar 
qilish kerakligi o‘z-o‘zidan ravshanlashadi. Yosh bo‘rilarning toqatlari toq, dumlarini asabiy 
tipirlatishadi, quloqlarini dam tikkaytirib, dam shalpaytirishadi. Og‘ir, bosiq Toshchaynarning ham 
qoni jo‘shadi, tishlarini o‘ljasining biqinlariga sanchish zug‘umida g‘ijirlatadi. Biroq Akbara 
ko‘zlaridan chaqnagan o‘tni yashirar, bo‘rilarni hali bosqinga boshlamas, eng qulay payt kelishini 
poylardi. Faqat shunday qilgandagina ov baroridan keladi. Aks holda sayg‘oqlar bir zum ichida 
shamoldek yelib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladilar. Boshqa hech qaysi hayvon ulardek tez yugurolmaydi. Ha, 
payt poylash kerak.
 
Shunda, xuddi yozdagi chaqindek, osmonda yana boyagi vertolyotlar ko‘rindi. Bu safar ular tez 
pastlab uchib kelishdi. Bemalol o‘tlab yurgan sayg‘oqlarning qalin to‘plari ustiga yopirilishdi. 
Sayg‘oqlar qattiq hurkib ketdilar. Hammasi bir zum ichida ro‘y berdi. Yuzlab, minglab qo‘rqib ketgan 
sayg‘oqlar serkalarini yo‘qotib, ko‘zlari ola-kula bo‘lib, o‘zlarini bosholmon har tomonga ura 
boshladilar. Beozor mahluqlar ko‘kdan tushgan temir baloga toqat qilolmadilar. Vertolyotlarga esa 
xuddi shuning o‘zi kerak edi. Ular quturgancha to‘zg‘ib borayotgan podalarni yerga qisib, o‘rab, undan 
oldinga o‘zib o‘tib, bir podani narida o‘tlab yurgan boshqa podalar bilan to‘qnashtirib, aralash-quralash 
qilib yubordilar. Hech qachon bunday ofatga duch kelmagan, to‘z-to‘z bo‘lib ketgan minglab cho‘l 
kiyiklari es-hushlarini yo‘qotib, u yoqdan-bu yoqqa yugurishar, Mo‘yinqumda bamisoli jahannam 
qo‘pganga o‘xshar edi. Cho‘lda hech qachon bunaqasi bo‘lmagandi. Juft tuyoqlargina emas, ularning 
azaliy hamrohlari — bo‘rilar ham xuddi shunday yomon ahvolga tushdilar. 
Vertolyotlarning bu mudhish bosqinchiligini ko‘rgan bo‘rilar ham esxonalari chiqqancha, pisib 
chiylarning do‘mpaygan ildiz to‘plari tagiga biqindilar. Lekin bari bir yuraklari dosh bermay, la’nati 
yerdan ura qochishga tushdilar. Bo‘rilar bu yerdan iloji boricha tez bosh olib ketishlari, ko‘zdan 
yo‘qolishlari, bexatar joyga yetib olishlari kerak edi. Biroq, xuddi mana shuning iloji topilmay qoldi. 
Ular qochib hali uzoqqa ham bormagan edilar, banogoh to‘fon ko‘chganday yerning guvillagani, 
zirillagani eshitildi. Vertolyotlar kerakli tomonga haydab borayotgan son-sanoqsiz sayg‘oqlar aqldan 
ozdiradigan tezlik bilan bo‘rilar tomonga bostirib kelardilar. Bo‘rilar na bir chekkaga qochib 
chiqoldilar, na o‘zlarini panaga ololdilar. Ular yo‘lida nimaiki uchrasa, hammasini ostin-ustun qilib, 
majaqlab tashlaydigan, qora bulutday shiddat bilan yopirilib kelayotgan talotum ostida qoldilar. 
Agarda, ular shu onlarda bir zumgina to‘xtasalar edi, ko‘z ochib-yumguncha sayg‘oqlarning tuyoqlari 
tagida toptalib, qaro yerga qorishib ketardilar. Boshvog‘ini yo‘qotgan, o‘zini mutlaqo idora qilolmay 
1
Ayrim turkiy xalqlar, jumladan, qirg‘izlar bu kiyiklarnii bo‘kan ham deydilar. Bo‘kantog‘ degan joylarimiz shunga ishora (tarjimon 
izohi). 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish