93
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar
majmui nazarda tutiladi.
Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga
o‗tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul
emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta
taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan
usullarning asosiylari bo‗lib hisoblanadi. Bu usullar o‗rtasidagi nisbat mamlakatlar
va davrlar bo‗yicha turlicha bo‗lib,
mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o‗tkirlik darajasi, davlatning
moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi.
Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli
mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-
95 foizni tashkil etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga
undirilishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan
foydalaniladi:
-
soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy
boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi;
-
soliqlar ularni to‗lovchilar o‗rtasida teng (adolatli)
taqsimlanishi;
-
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatmasligi;
-
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
-
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‗lishi;
-
soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi.
Davlat byudjeti daromadlarining amal qilishi mexanizmi haqida so‗z borar
ekan, avvalo byudjet daromadlarining nazariy asoslariga to‗xtalish maqsadga
muvofiqdir. Ayrim adabiyotlarda, ma‘ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda ―davlat
byudjeti daromadlarining asosiy bosh manbai soliqlardir‖, degan bizning
nazarimizda birmuncha noto‗g‗ri bo‗lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida,
davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‗lib mamlakat yalpi milliy
mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat
markazlashgan pul fondiga
mablag‗larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.
Soliqlar
majburiy pullik to‗lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib,
bu munosabatlar soliq to‗lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z
mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‗rtasida sodir bo‗ladi. Korxona va
tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli
xizmatlarni ko‗rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda
ham pul to‗lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham
soliq munosabati bo‗la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan
yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo‗li bilan majburan
davlat byudjetiga mablag‗ to‗plash jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlar davlat byudjetiga, davlatning boshqa maqsadli jamg‗armalariga
kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo‗lgan pul munosabatlaridir.
94
Shuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‗lganligi
uchun bozor iqtisodiyoti
munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor
iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya‘ni har bir yuridik shaxs, tadbirkor o‗z tovariga
erkin baho belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va o‗zi
iste‘molchini topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat
ular daromadlarining bir qismini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida
ololmaydi. Soliq shaklida daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi
organning qarori zarur, ya‘ni qonuniy asosda undirilgan to‗lov byudjetga o‗tadi.
Erkin iqtisodiyot
sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo‗ladi, demokratik
to‗lovga aylanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, soliq munosabatlarini tashkil
qilishda soliq to‗lovchilar va davlat o‗rtasida daromadlar taqsimlanayotganda
tomonlarning iqtisodiy manfaatlarini albatta e‘tiborga olish zarur. Davlat soliq
to‗lovchilar daromadini istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning
ma‘lum chegarasi mavjud.
Bu chegarani davlat, soliq to‗lovchilarning mahsulot
ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Ikkinchi
tomondan,
soliqlardan
makrodarajada
iqtisodiyotni
rivojlantirish,
bozor
infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli
moliyaviy resurslar to‗plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq
to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‗z
ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: