96
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga
qishloq xo‗jalik tovar ishlab
chiqaruvchilarining yagona yer solig‗i va yuridik (noqishloq xo‗jalik) va jismoniy
shaxslar tomonidan to‗lanadigan yer solig‗i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra soliqlar
egri va to„g„ri
soliqlarga yoki
bevosita va
bilvosta
soliqlarga
bo‗linadi.
To‗g‗ri
soliqlarni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
soliq
to‗lovchilarning o‗zi to‗laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to‗lovchisi ham,
haqiqiy to‗lovchisi ham bitta shaxs bo‗ladi. To‗g‗ri soliq yukini boshqalar
zimmasiga ortish holati bu yerda bo‗lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va
mulkdan to‗lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To„g„ri soliqlar
bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri daromaddan soliq to‗langanligi
uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‗p qismini
ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish
imkonini yaratadi va shu
yo‗l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning
stavkalari ko‗paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib,
iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‗liqdir.
Egri soliqlarning
yuridik jihatdan to‗lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar)
yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) bo‗lib, soliqning haqiqiy og‗irligi
keyingi (so‗nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi, ya‘ni bu yerda haqiqiy soliq
to‗lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga
ustama ravishda qo‗yiladi. Bu soliqlarning ijobiy
tomoni respublikada ishlab
chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida
tovarlar ko‗p bo‗lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati
oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli
ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi
tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda
olishni ham, byudjetga to‗lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni - muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu
soliqlar mehnat bilan band
bo‗lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‗g‗ri soliqlar
stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‗proq mahsulot ishlab
chiqarishni ko‗paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‗g‗ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini
tahlil qilish mumkin. Masalan. AQSh da to‗g‗ri soliqlar salmog‗ining byudjet
daromadida 90 foizga yaqin bo‗lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal
qilayotganidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona boji,
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi.
Byudjet tizimi bo‗g‗inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‗ra soliqlarning
umumdavlat va mahalliy soliqlarga
bo‗linishi hukumat idoralarining markaziy
hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‗linishi asosida kelib chiqadi (9.2-rasm).
97
Har bir hokimiyat idoralari o‗zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan
kelib chiqib, o‗z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo‗lishi kerak.
Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni - mudofaa, milliy
havfsizlikni ta‘minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish,
turli ijtimoiy
xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa
bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari
hajmi ham salmoqli bo‗lishi shart. Qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, yuridik
shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan
soliqlar respublika byudjetiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: