maslik,
haromdan hazar qilish, insof va diyonat, m ehr-oqibat
kabi insoniy fazilatlarga ega bo ‘lishga da’vat etdi.
Burhoniddin M arg'inoniy inson har qadamda ro‘baro‘ kela-
digan dolzarb hayotiy muammolar, jumladan, oilaviy va ijti
moiy
munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo,
burch va mas’uliyatga taalluqli muammolami islom axloqi va
huquqi mezonlari nuqtayi nazaridan hal etib berdi. 0 ‘zining
«Nikoh kitobi»da yoshlar tarbiyasida milliy urf-odatlaming ahami
yati haqida to ‘xtalib, qadimgi milliy an ’analarimizdan biri bo'lgan
nikoh bo‘lg‘usi kelinning moddiy manfaatlarining kafolatlani-
shiga e’tiborni
qaratish zarur, degan g‘oyani ilgari surdi. Bun
day oddiy kafolat bo'lishi uchun kuyov kelinga m ahr tayin-
lashi lozim. Boshqacha aytganda, kuyov kelinning o ‘z ko‘chmas
mulkiga ega bo'lishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit-
lami yaratishi lozim. Ushbu mulkka kelindan boshqa hech kim
egalik qilolmaydi. O'z navbatida xuddi o ‘sha mulk oilaviy hayotga
endigina qadam qo‘yayotgan yosh ayolning iqtisodiy manfaat
larini himoya qilishga qaratilgan edi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning fikriga ko‘ra,
jamiyatning negizi
ham, inson ruhiy-m a’naviy olamining beshigi ham oiladir. Shu
ning uchun ham o ‘rta asrning m ashhur fiqhshunos olimi oilani
har tomonlama mustahkamlashga zamonasining hukmdorlarini,
butun ilm ahlining e’tiborini qaratadi. Oilani mustahkamlashga
qaratilgan bir qator qoidalar ishlab chiqadi va uni shariat
qonunlari orqali rasm iylashtiradi. C hunonchi, B urhoniddin
Marg‘inoniy tom onidan ishlab chiqilgan
kelinga m ahr tayinla-
nishi haqidagi shariat qonuni bir tom ondan yosh kelinning o ‘z
mulkiga ega bo‘lishi uchun, uning insoniy qadr-qimmatini o‘miga
qo‘yish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan bo ‘lsa, ik
kinchi tom ondan ushbu jarayon oldi-sotdiga aylanib ketmasligi
uchun mahrning miqdori ham belgilab berildi. C hunonchi,
mahrning eng kam miqdori o ‘n dirham qilib belgilandi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning e ’tirof etishicha, oila qurayot-
gan kuyov va uning ota-onalari ham bir talay majburiyatlarni
o ‘z zimmalariga olishlari zarur.
Chunonchi, kelin tushgan xo-
nadonda uning normal yashashi uchun shart-sharoit yaratilishi,
xususan, baholi-qudrat jihozlangan uy yoki alohida xona bo‘lishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
darkor. Ko'rinib turibdiki, marg'ilonlik fiqhshunos alloma o ‘rta
asr sharoitidayoq inson turmush tarzi, xulq-atvori, xatti-hara
katida qonun talablariga rioya qilishga d a ’vat etdi. Inson sha’ni,
qadr-qimmatini qonun yordamida himoya qilishga urindi. Inson
ning buyuk qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qildi. 0 ‘zining
butun ongli umrini ana shunday oliy qadriyatga safarbar qildi.
Burhoniddin Marg‘inoniy inson m a’naviyatiga
doimiy ozuqa
berib turadigan qudrat — ilm va m a’rifatdir, deb tushuntirdi.
S huning u ch u n ham jam iy at m a ’naviy kam oloti u c h u n
mas’uliyatni ilm ahliga yukladi. 0 ‘zining ilmiy-intellektual salo-
hiyatini xayrli, xususan, odam lar orasida do‘st-u birodarlikni
targ‘ibot qilish, m a’rifat tarqatish ishlariga baxshida etgan olim-
u fozillami ulug‘ladi. Kishilarga m a’rifat tarqatish ishlariga sarf-
lanmagan bilim yoki ilm ahlining ishini buzg‘unchilik deb
baholadi. Shuning uchun ham marg‘ilonlik
fiqhshunos alloma
nafaqat olim-u fuzalolar, balki oddiy fuqarolar orasida ham
cheksiz hurmat-izzatga sazovor bo‘ldi. Odamlar Marg‘inoniyni
«Hidoya yo‘lining sarboni» deb atay boshladilar. Musulmon
olamida esa u «Burhoniddin val milla», ya’ni «din va millatning
hujjati» degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi‘.
0
‘rta asr musulmon falsafasi, xususan,
inson haqidagi fikr-
mulohazalar xazinasini yangi dalillar bilan to ‘ldirishda Sharq
adabiyotining mashhur namoyandasi Farididdin Attorning2 ham
xizmatlari salmoqli bo‘ldi.
Farididdin Attor o ‘zining asarlarida (xususan, «Javharuz zot»
asarida) olamning bir butun yagona vujud ekanligini isbotlashga
harakat qildi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha bir butun olam borlig‘i
Do'stlaringiz bilan baham: