A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)


Ahmad Yugnakiy.
Hibatul haqoyiq. («Haqiqatlar sovg‘asi»). Qadimiy hikmatlar.
Toshkent, 1987, 422-bet.
2 Burhoniddin Marg‘inoniy 1123-yilda Marg‘ilonda tavallud topgan. Boshlang‘ich
ma’lumotni o‘z ona shahrida olgan. Rishton, Marg‘ilon, Buxoro va Samarqand
shaharlarida oliy diniy ta’lim olgan. Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Fiqh,
hadis ilmlarini har tomonlama o ‘rgangan. Musulmon qonunshunosligining yirik
nazariyotchisi darajasiga ko‘tarilgan. Musulmon qonurohunosligiga oid bir necha
asarlar yaratgan. Uning butun islom olamiga mashhur bo‘lgan «Hidoya» asari
1178-yili Samarqandda yozilgan. Ushbu asar fors, ingliz, rus tillariga taijima
qilingan. Asar 1994-yilda o ‘zbek tiliga qayta nashr etildi. Buyuk fiqhshunos olim
1197-yilda vafot etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


maslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, m ehr-oqibat 
kabi insoniy fazilatlarga ega bo ‘lishga da’vat etdi.
Burhoniddin M arg'inoniy inson har qadamda ro‘baro‘ kela- 
digan dolzarb hayotiy muammolar, jumladan, oilaviy va ijti­
moiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, 
burch va mas’uliyatga taalluqli muammolami islom axloqi va 
huquqi mezonlari nuqtayi nazaridan hal etib berdi. 0 ‘zining 
«Nikoh kitobi»da yoshlar tarbiyasida milliy urf-odatlaming ahami­
yati haqida to ‘xtalib, qadimgi milliy an ’analarimizdan biri bo'lgan 
nikoh bo‘lg‘usi kelinning moddiy manfaatlarining kafolatlani- 
shiga e’tiborni qaratish zarur, degan g‘oyani ilgari surdi. Bun­
day oddiy kafolat bo'lishi uchun kuyov kelinga m ahr tayin- 
lashi lozim. Boshqacha aytganda, kuyov kelinning o ‘z ko‘chmas 
mulkiga ega bo'lishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit- 
lami yaratishi lozim. Ushbu mulkka kelindan boshqa hech kim 
egalik qilolmaydi. O'z navbatida xuddi o ‘sha mulk oilaviy hayotga 
endigina qadam qo‘yayotgan yosh ayolning iqtisodiy manfaat­
larini himoya qilishga qaratilgan edi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning fikriga ko‘ra, jamiyatning negizi 
ham, inson ruhiy-m a’naviy olamining beshigi ham oiladir. Shu­
ning uchun ham o ‘rta asrning m ashhur fiqhshunos olimi oilani 
har tomonlama mustahkamlashga zamonasining hukmdorlarini, 
butun ilm ahlining e’tiborini qaratadi. Oilani mustahkamlashga 
qaratilgan bir qator qoidalar ishlab chiqadi va uni shariat 
qonunlari orqali rasm iylashtiradi. C hunonchi, B urhoniddin 
Marg‘inoniy tom onidan ishlab chiqilgan kelinga m ahr tayinla- 
nishi haqidagi shariat qonuni bir tom ondan yosh kelinning o ‘z 
mulkiga ega bo‘lishi uchun, uning insoniy qadr-qimmatini o‘miga 
qo‘yish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan bo ‘lsa, ik­
kinchi tom ondan ushbu jarayon oldi-sotdiga aylanib ketmasligi 
uchun mahrning miqdori ham belgilab berildi. C hunonchi, 
mahrning eng kam miqdori o ‘n dirham qilib belgilandi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning e ’tirof etishicha, oila qurayot- 
gan kuyov va uning ota-onalari ham bir talay majburiyatlarni 
o ‘z zimmalariga olishlari zarur. Chunonchi, kelin tushgan xo- 
nadonda uning normal yashashi uchun shart-sharoit yaratilishi, 
xususan, baholi-qudrat jihozlangan uy yoki alohida xona bo‘lishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


darkor. Ko'rinib turibdiki, marg'ilonlik fiqhshunos alloma o ‘rta 
asr sharoitidayoq inson turmush tarzi, xulq-atvori, xatti-hara­
katida qonun talablariga rioya qilishga d a ’vat etdi. Inson sha’ni, 
qadr-qimmatini qonun yordamida himoya qilishga urindi. Inson­
ning buyuk qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qildi. 0 ‘zining 
butun ongli umrini ana shunday oliy qadriyatga safarbar qildi.
Burhoniddin Marg‘inoniy inson m a’naviyatiga doimiy ozuqa 
berib turadigan qudrat — ilm va m a’rifatdir, deb tushuntirdi. 
S huning u ch u n ham jam iy at m a ’naviy kam oloti u c h u n
mas’uliyatni ilm ahliga yukladi. 0 ‘zining ilmiy-intellektual salo- 
hiyatini xayrli, xususan, odam lar orasida do‘st-u birodarlikni 
targ‘ibot qilish, m a’rifat tarqatish ishlariga baxshida etgan olim- 
u fozillami ulug‘ladi. Kishilarga m a’rifat tarqatish ishlariga sarf- 
lanmagan bilim yoki ilm ahlining ishini buzg‘unchilik deb 
baholadi. Shuning uchun ham marg‘ilonlik fiqhshunos alloma 
nafaqat olim-u fuzalolar, balki oddiy fuqarolar orasida ham 
cheksiz hurmat-izzatga sazovor bo‘ldi. Odamlar Marg‘inoniyni 
«Hidoya yo‘lining sarboni» deb atay boshladilar. Musulmon 
olamida esa u «Burhoniddin val milla», ya’ni «din va millatning 
hujjati» degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi‘.
0
‘rta asr musulmon falsafasi, xususan, inson haqidagi fikr- 
mulohazalar xazinasini yangi dalillar bilan to ‘ldirishda Sharq 
adabiyotining mashhur namoyandasi Farididdin Attorning2 ham 
xizmatlari salmoqli bo‘ldi.
Farididdin Attor o ‘zining asarlarida (xususan, «Javharuz zot» 
asarida) olamning bir butun yagona vujud ekanligini isbotlashga 
harakat qildi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha bir butun olam borlig‘i

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish