cheksiz-chegarasizdir. Olam borlig'i cheksiz kattalik va cheksiz
kichiklik, kenglik va torlik, («kabz»), yoyilish va yig‘ilish, mux-
tasarlik va mufassallik,
zarar va foyda, yaratish va yo'qotish,
berklik va oshkoralik, qotish va suyuqlanish, tug'ilish va o'lish,
tortilish va uzoqlashish birligidan iborat. Odamlar yashayotgan
yer, bunday poyonsizlik, cheksizlik ummonida kichik bir xasga
o'xshaydi. Inson olam borlig'iga qaraganda ming chandon kichik
mavjudotdir. Lekin o'sha yagona, bir butun olam borlig'i ichra
insonning o'm i va ahamiyati o'zgacha. Chunki inson borlig'ida
olam borlig'ining, hatto olam yaratuvchisi — Xudo borlig'ining
barcha xususiyatlari o'z aksini topgan.
Tan va jon birligidan
iborat bo'lgan insonda Ollohning barcha fazilatlari, xislatlarini
ko'rish mumkin. Shuning uchun ham Xudoni bilmoq uchun
inson borlig'ining turli-tuman xususiyatlarini bilmoq zarur, degan
g'oyani musulmon faylasuflari hukmiga havola qiladi. Turgan
gapki, bunday g'oyaning ilgari surilishi ayrim mutakallimlar-
ning g'ashiga tegadi.
Farididdin
Attorning tushunturishicha, inson o'zini tanimas
ekan, demak, u Haqni ham tanimaydi. Inson o'zligini tanim og'i
uchun, o'zining kimligini bilmog'i uchun, boshqa tirik mahlu-
qotlardan tubdan farq qiluvchi buyuk m o'jiza — aql-zakovatga
ega. Ana o'sha mo'jiza tufayli inson olamdagi hodisa va vo-
qealaming qay biri yaxshiyu, qay biri yomonligini bilib oladi.
O 'z manfaatlariga zid holatlarni ko'rsa orqaga chekinadi. Qilgan
xatolaridan xulosalar chiqarib, har bir qadamini o'ylab bosadi.
Hayotiga xavf-xatar solishi mumkin bo'lgan
holatlarni bartaraf
etadi. Qiyinchiliklardan qanday qilib chiqish yo'llarini o'ylab
topadi. Aniqroq qilib aytganda, yuz berishi mumkin bo'lgan
dahshatli hodisotlar girdobidan inson o'zidagi aql-zakovat vosi-
tasida chiqib keta oladi. Mabodo inson aqli va imkoniyatlaridan
foydalanmasa, ilk harakati chog'idayoq halok bo'lar edi. Odam
lar aql mash’alasi yordamida o'zlarini ham, dunyoni ham turli
badbaxtliklardan qutqaradilar. Suv ichida turib, unga g'arq bo'lib
ketmaslik yo'llarini izlab topish, insonning o'zligini anglashiga
borib taqaladi.
Attorning
fikriga muvofiq, inson o'zligini tanim asa, u chin
inson darajasiga k o 'tarila olmaydi. O 'zligini tanim agan kishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
qurt-qum ursqa, parranda-yu darrandaday gap: tug‘iladi, yey-
di, ko'payadi va o'ladi. Inson esa bu dunyoning tashvishlari
dan qutilishi, uning barcha lazzatlaridan bahram and bo'lishi
darkor. Bunday yuksak orzularga inson faqat bilim, ilm, ya’ni
m a ’rifat orqali erishadi. Alqissa, inson o'zligini m a’rifat yo r
dam ida taniydi1.
Farididdin Attorning e ’tirof etishicha, olamdagi barcha hodi-
salar,
voqealar, narsalar biri ikkinchisi bilan bog'liq, biri ik-
kinchisiga ta ’sir o'tkazadi. Ularning bari ayrimlik (yakkalik),
xususiylik, umumiylik dialektikasi qonuniga bo'ysunadi. Ayrimlik
va umumiylik bir-biriga zid, ayni paytda biri ikkinchisi bilan
bog'liq kategoriyalardir. Chunki ayrimliksiz umumiylik, umumiy-
liksiz ayrimlik yashay olmaydi. H ar bir ayrimlikda umumiylik-
ning, har bir umumiylikda ayrimlikning xususiyatlari mavjud2.
Olam va
odam munosabatlarini ayrimlik, xususiylik, um u
miylik dialektikasi chig'irig'idan o'tkazib tahlil qilgan nishopur
lik alloma, ayrimlik inson fikr-mulohazalarini konkretlik tom on
boshqarsa, umumiylik uni mavhumlik tom on boshqaradi, deydi.
Ana shunday qarich bilan olam va odam orasidagi o'zaro alo-
qadorlikka nazar solgan o'rta asr faylasufi, har qanday zam on-
ni ayrim, yakka kishi o'zgartiradi, deb qarash mantiqqa xilofdir,
deydi. Lekin yakka kishi, ya’ni yakka
shaxs umumiy voqealar-
ning ko'zga tashlangan tomonlarini o'zgartirishga qodir. Yakka
kishi olamdagi voqealarni o'zgartirishi uchun vaziyat pishib
yetilishi darkor. Olamdagi voqealar yakka kishi, ya’ni shaxs
turtkisi bilan o'zgarishi mumkin, degan g'oyani faylasuflar
e ’tiboriga havola qiladi. Aniqroq qilib aytganda, o 'rta asr sha
roitida Farididdin Attor inson olamdagi tirik maxluqotlar ichida
bunyodkorlik, yaratuvchilik xususiyatlariga ega bo'lgan
buyuk zot
ekanligini isbotlashga harakat qildi.
O 'rta asr musulmon falsafasida insonning axloqiy pokligining
eng muhim ko'rsatkichi ishq-muhabbat, vafo va jafo ekanligini
har tom onlam a tavsiflash urf bo'lganligi hech kimga sir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: