A n V a r c h o r iy e V


Qarang: Xaiq so'zi, 2000-yiI, 28-iyun; 2000-yil, 17-noyabr



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

Qarang: Xaiq so'zi, 2000-yiI, 28-iyun; 2000-yil, 17-noyabr.
Farididdin Attor Nishopur shahri yaqinidagi Kadikon qishlog‘ida, taxmin-
larga ko‘ra 1119 yoki 1136-yillarda tavallud topgan. Shayx Rukiiddin xonoqosida
mujoxidat va riyozat bilan shug‘ullangan. Nishopur madrasalarida tahsil ko‘rgan.
Makka, Misr, Iroq, Shorn shaharlarini kezib, so‘fiy shayxJar kitoblarini o ‘rgangan.
SoTiylarning yirik arbobi darajasiga ko‘tarilgan. Uning fikr-mulohazalarida shialik
ruhi sezilib turgani uchun Nishopur sunniylari shoimi kofirlikda aylab, mol-
mulkini tortib oladilar va shahardan badarg‘a qiladilar. Buyuk shoir 1229-yilda
mug‘ul istilochilari qo‘Iiga asr tushadi. Ular uni chopib tashlaydilar. Attorning
diniy-falsafiy qarashlari «Ilohiynoma», «Asrornoma», «Musibatnoma», «Haydar-
noma». «Muxtornoma», «Xisravnoma», «Sharqul qalb», «Mantiqut tayr», «Bub
bulnoma», «Ush-tumoma» kabi dostonlarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


cheksiz-chegarasizdir. Olam borlig'i cheksiz kattalik va cheksiz 
kichiklik, kenglik va torlik, («kabz»), yoyilish va yig‘ilish, mux- 
tasarlik va mufassallik, zarar va foyda, yaratish va yo'qotish, 
berklik va oshkoralik, qotish va suyuqlanish, tug'ilish va o'lish, 
tortilish va uzoqlashish birligidan iborat. Odamlar yashayotgan 
yer, bunday poyonsizlik, cheksizlik ummonida kichik bir xasga 
o'xshaydi. Inson olam borlig'iga qaraganda ming chandon kichik 
mavjudotdir. Lekin o'sha yagona, bir butun olam borlig'i ichra 
insonning o'm i va ahamiyati o'zgacha. Chunki inson borlig'ida 
olam borlig'ining, hatto olam yaratuvchisi — Xudo borlig'ining 
barcha xususiyatlari o'z aksini topgan. Tan va jon birligidan 
iborat bo'lgan insonda Ollohning barcha fazilatlari, xislatlarini 
ko'rish mumkin. Shuning uchun ham Xudoni bilmoq uchun 
inson borlig'ining turli-tuman xususiyatlarini bilmoq zarur, degan 
g'oyani musulmon faylasuflari hukmiga havola qiladi. Turgan 
gapki, bunday g'oyaning ilgari surilishi ayrim mutakallimlar- 
ning g'ashiga tegadi.
Farididdin Attorning tushunturishicha, inson o'zini tanimas 
ekan, demak, u Haqni ham tanimaydi. Inson o'zligini tanim og'i 
uchun, o'zining kimligini bilmog'i uchun, boshqa tirik mahlu- 
qotlardan tubdan farq qiluvchi buyuk m o'jiza — aql-zakovatga 
ega. Ana o'sha mo'jiza tufayli inson olamdagi hodisa va vo- 
qealaming qay biri yaxshiyu, qay biri yomonligini bilib oladi. 
O 'z manfaatlariga zid holatlarni ko'rsa orqaga chekinadi. Qilgan 
xatolaridan xulosalar chiqarib, har bir qadamini o'ylab bosadi. 
Hayotiga xavf-xatar solishi mumkin bo'lgan holatlarni bartaraf 
etadi. Qiyinchiliklardan qanday qilib chiqish yo'llarini o'ylab 
topadi. Aniqroq qilib aytganda, yuz berishi mumkin bo'lgan 
dahshatli hodisotlar girdobidan inson o'zidagi aql-zakovat vosi- 
tasida chiqib keta oladi. Mabodo inson aqli va imkoniyatlaridan 
foydalanmasa, ilk harakati chog'idayoq halok bo'lar edi. Odam ­
lar aql mash’alasi yordamida o'zlarini ham, dunyoni ham turli 
badbaxtliklardan qutqaradilar. Suv ichida turib, unga g'arq bo'lib 
ketmaslik yo'llarini izlab topish, insonning o'zligini anglashiga 
borib taqaladi.
Attorning fikriga muvofiq, inson o'zligini tanim asa, u chin 
inson darajasiga k o 'tarila olmaydi. O 'zligini tanim agan kishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


qurt-qum ursqa, parranda-yu darrandaday gap: tug‘iladi, yey- 
di, ko'payadi va o'ladi. Inson esa bu dunyoning tashvishlari­
dan qutilishi, uning barcha lazzatlaridan bahram and bo'lishi 
darkor. Bunday yuksak orzularga inson faqat bilim, ilm, ya’ni 
m a ’rifat orqali erishadi. Alqissa, inson o'zligini m a’rifat yo r­
dam ida taniydi1.
Farididdin Attorning e ’tirof etishicha, olamdagi barcha hodi- 
salar, voqealar, narsalar biri ikkinchisi bilan bog'liq, biri ik- 
kinchisiga ta ’sir o'tkazadi. Ularning bari ayrimlik (yakkalik), 
xususiylik, umumiylik dialektikasi qonuniga bo'ysunadi. Ayrimlik 
va umumiylik bir-biriga zid, ayni paytda biri ikkinchisi bilan 
bog'liq kategoriyalardir. Chunki ayrimliksiz umumiylik, umumiy- 
liksiz ayrimlik yashay olmaydi. H ar bir ayrimlikda umumiylik- 
ning, har bir umumiylikda ayrimlikning xususiyatlari mavjud2.
Olam va odam munosabatlarini ayrimlik, xususiylik, um u­
miylik dialektikasi chig'irig'idan o'tkazib tahlil qilgan nishopur­
lik alloma, ayrimlik inson fikr-mulohazalarini konkretlik tom on 
boshqarsa, umumiylik uni mavhumlik tom on boshqaradi, deydi. 
Ana shunday qarich bilan olam va odam orasidagi o'zaro alo- 
qadorlikka nazar solgan o'rta asr faylasufi, har qanday zam on- 
ni ayrim, yakka kishi o'zgartiradi, deb qarash mantiqqa xilofdir, 
deydi. Lekin yakka kishi, ya’ni yakka shaxs umumiy voqealar- 
ning ko'zga tashlangan tomonlarini o'zgartirishga qodir. Yakka 
kishi olamdagi voqealarni o'zgartirishi uchun vaziyat pishib 
yetilishi darkor. Olamdagi voqealar yakka kishi, ya’ni shaxs 
turtkisi bilan o'zgarishi mumkin, degan g'oyani faylasuflar 
e ’tiboriga havola qiladi. Aniqroq qilib aytganda, o 'rta asr sha­
roitida Farididdin Attor inson olamdagi tirik maxluqotlar ichida 
bunyodkorlik, yaratuvchilik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk zot 
ekanligini isbotlashga harakat qildi.
O 'rta asr musulmon falsafasida insonning axloqiy pokligining 
eng muhim ko'rsatkichi ishq-muhabbat, vafo va jafo ekanligini 
har tom onlam a tavsiflash urf bo'lganligi hech kimga sir emas.

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish