3.4. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning
qonunlar ijrosini ta’minlashi ustidan prokuror nazorati
2001-yil 29-avgustda qabul qilingan va 2001-yil 27-oktabrdan
kuchga kirgan 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi
«Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasi prokuratura organlari
faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga bag'ishlangan bo ‘lib, shu asosiy
yo‘nalishlar ichida tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dast
labki tergovni amalga oshiradigan organlar tom onidan qonun-
117
laming bajarilishi ustidan nazorat qilish ham da ularning jinoyat
chilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bir
yo‘nalish qilib berilgan. Shular ichidan tezkor-qidiruv faoliyati
haqida ilgari bizning qonunchiligimizda tushuncha berilmagan edi.
Q ator ham do'stlik davlatlari qonunchiliklarida bu haqda alohida
tushuncha mavjud. M asalan, Rossiya Federatsiyasida «Tezkor
qidiruv faoliyati to ‘g‘risida»gi Q onun 1992-yil 13-martda qabul
qilingan. Ushbu qonun bo'yicha tezkor qidiruv faoliyatiga yaxshi
tushuncha berilgan.
Barchaga m a’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasining juda k o ‘p
qonunlari sobiq Ittifoq respublikalarining qonunchiliklariga o ‘xshash.
Chunki, ilgari shu davlatlarning qonunchiliklari asosini Ittifoq
qonunlari asoslari tashkil qilgan edi. Albatta, Ittifoq tarqalgandan
so‘ng, har bir ham do‘stlik davlatlari o ‘zlarining milliy va etnik
kelib chiqishlari, urf-odatlariga mos holda o‘z qonunlarini qayta ishlab
chiqib, qabul qilishgan. 0 ‘zbekiston Respublikasida ham mustaqil-
likka erishilganidan so‘ng, xuddi shu asoslarga ko‘ra, ya’ni o ‘z
milliy turm ush tarzimiz, urf-odatlarimiz, m a’naviy boyliklarimiz
va dunyoqarashlarimizga xos qonunlar qabul qilina boshlandi. Hozirda
m unosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi 500 dan ortiq yangi
qonunlar qabul qilingan. H am do‘stlik davlatlari tom onidan qabul
qilinayotgan bir qancha qonunlar predmeti bizning qonunlarimizga
o ‘xshab ketadi. Shundan kelib chiqqan holda hozircha 0 ‘zbekiston
Respublikasi prokuratura to ‘g ‘risidagi qonun b o ‘yicha tezkor-
qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tom onidan qonunlar
ijrosi ustidan nazorat haqida quyidagilarni ta ’kidlab o ‘tish mum kin.
Tezkor-qidiruv faoliyati sohasidagi nazorat yuridik jihatdan
o‘zida ko‘rsatib o ‘tilgan prokuror nazorati yo‘nalishining bir qis-
mini aks ettiradi. Shu bilan birga, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga
oshiruvchi organlarning qonunlarni ijro qilishlari ustidan nazorat
qilish obyektlari, predm eti, tashkil etilish asoslari va vakolatlari
nuqtayi nazaridan o ‘zining alohida xususiyatlariga egadir.
T ezk o r-q id iru v faoliyati b o ‘yicha q o n u n lar ijrosi ustidan
nazoratni amalga oshirishda prokurorlar tom onidan, aw alam bor,
uning tarkibi va huquqiy-m e’yoriy asosini bilishni nazarda tutadi.
Tezkor-qidiruv faoliyati, bu — qonun yo‘li bilan tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus huquq-vakolatlar berilgan
davlat organlarining tezkor b o ‘linmalari tom onidan o ‘z vakolatlari
doirasida oshkora va xufyona amalga oshiriladigan fuqarolarning
118
sog‘lig‘ini, hayotini, mulkini, huquq va erkinliklarini, davlat va
jamiyatni jinoiy xurujlardan muhofaza qilishga qaratilgan tezkor-
qidiruv tadbirlaridir.
Tezkor-qidiruv faoliyatining vazifasi quyidagilardan iborat:
• jinoyatlarni aniqlash;
• jinoyatlarning oldini olish;
• jinoyatlarni ochish va aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka
tortish;
• shu bilan birga, uni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan
yoki sodir etayotgan shaxslarni aniqlash;
• surishtiruv, tergov va sud organlaridan qochib yurganlar,
jinoiy javobgarlikdan bosh tortgan shaxslarni, bedarak yo‘qolgan
deb e ’lon qilingan shaxslarni qidiruvini amalga oshirish;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining harbiy, iqtisodiy yoki ekologik
xavfsizligiga tajovuzni vujudga keltiruvchi faoliyatlar yoki holatlar
haqida m a’lumotlar yig‘ish.
Bundan tashqari, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi
organlar o ‘z vakolatlari doirasida quyidagi qarorlarni qabul qilish
uchun m a’lum otlar yig‘ish huquqiga egadirlar:
• davlat sirini tashkil etuvchi m a’lumotlarga ruxsatnomasi borligi
to ‘g‘risida;
• shaxslarning sog‘lig‘i va hayotiga, shu bilan birga, atrof-
muhitga yuqori darajada xavf tug‘diruvchi obyektlardan foydalanish
bilan bog‘liq bo ‘lgan ishlarga ruxsatnoma olish haqida;
• tezkor-qidiruv faoliyatida ishtirok etishga ruxsatnoma olish
haqida yoki uni amalga oshirish natijasida olingan materiallardan
foydalanishga ruxsatnoma olish haqida;
• tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda va tayyorlashda ishtirok
etgan shaxslar bilan hamkorlik munosabatini o ‘rnatish to ‘g‘risida;
• tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xavfsiz-
ligini ta ’minlash masalalari to ‘g‘risida;
• xususiy detektivlik va qo'riqchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga
ruxsatnoma berish to ‘g‘risida.
Ushbu qonun ko‘rsatmalariga muvofiq, tezkor-qidiruv faoliyati
sohasida nazoratni amalga oshiruvchi prokuror ushbu faoliyatini
qonun chegaralaridan chiqmasligini kuzatib bormog‘i lozim. Shu
o'rinda prokurorlar qonun bo ‘yicha aynan qaysi organlar tom o
nidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolati borligini,
qaysi davlat organi shu huquqqa ega ekanligini aniqlab olishlari
zarur.
119
Bunday organlarga: 0 ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik organlari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq,
valutaga oid jinoyatlar va jinoiy darom adlam i legallashtirishga qarshi
kurashish departam enti ham da uning joylardagi b o ‘linm alari,
0 ‘zb ek isto n R espublikasi davlat ch eg ara xizm ati o rganlari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari kiradi.
T ezkor-qidiruv faoliyatining eng keng doirasi ichki ishlar
organlarining b o ‘linm alariga to ‘g ‘ri keladi. Ushbu bo ‘linm alar
militsiya tizimida mavjud. Tezkor-qidiruv faoliyati militsiya uchun
asosiy vazifalaridan biridir. IIV organlari tezkor-qidiruv faoliyatini
am aldagi qonunlarga h am da IIV to m o n id an chiqarilgan ular
faoliyatini tartibga soluvchi buyruqqa asosan amalga oshiradilar. Unga
ko ‘ra, albatta, jinoyat ishi q o ‘zg‘atilishi lozim bo ‘lgan jinoyat
ishlari bo ‘yicha jinoyatlarni aniqlash, ochish, oldini olish, kelib
chiqish shart-sharoitlarini bartaraf qilish; ^urishtiruv, tergov va
sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidiruvini amalga
oshirish, jinoiy jazoni o ‘tashdan b o ‘yin tovlaganlarni qidirish;
bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidirish tezkor qidiruv faoliyatining
asosini tashkil qiladi.
Jinoiy jazolarni ijro etish tizim ining axloq tuzatish muassasa-
larida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish m ahkum larni,
axloq tuzatish muassasalari xodimlarini va boshqa shaxslarni shaxsiy
xavfsizligini t a ’m inlash m aqsadida am alga oshiriladi. U shbu
muassasalarda belgilangan jazoni o ‘tash tartibini buzish hollari
ham da tayyorlanayotgan va amalga oshirilgan jinoyatlarni aniqlash,
oldini olish va ularni bartaraf qilish, jazoni o ‘tashdan bosh tortgan
m ahkum larni, qochganlarni belgilangan tartibda qidirib topish;
mahkumlar tom onidan axloq tuzatish muassasalariga yetib kelgunga
qadar sodir etilgan jinoyatlarni ochish va aniqlash bo ‘yicha o ‘zaro
faoliyat yuritish orqali ham tezkor-qidiruv faoliyati amalga oshi
riladi.
Milliy xavfsizlik organlari josuslik jinoyatini aniqlash, oldini
olish, ochish va keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilish, terroristik faoliyat, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, nar-
kotik vositalar va qurollarning noqonuniy oboroti, kontrabanda va
boshqa jinoyatlarni ochish va aniqlash, oldini olish va bartaraf
qilish, qonun bilan o ‘z vakolatlari doirasida surishtiruv va dastlabki
tergovni amalga oshirish, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitu-
tsiyaviy tuzumini zo‘rlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni o ‘z oldiga maqsad
120
qilib qo ‘ygan jam o at tashkilotlari, jinoyatchi guruhlar, alohida
shaxslar hamda noqonuniy harbiy tuzilmalar faoliyatini aniqlash,
ochish, bartaraf qilish va oldini olish yuzasidan tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshiradilar.
Yaqin tariximizga nazar tashlasak, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlar va
jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
esa tezkor-qidiruv faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi, 0 ‘zb ek isto n Respublikasi Y azirlar M ahkam asining
2001-yil 6-iyuldagi «Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga
qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi
291-sonli qaroriga asosan amalga oshirar edi, ushbu Vazirlar M ah
kamasining qarori o ‘zgartirildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining 2003-yil 30-martdagi 216-sonli «Valuta nazoratini
amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar
tom onidan valutaga oid qonun buzilishlari to ‘g‘risidagi m a’lu-
motlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga
oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi
haqida»gi Nizomni tasdiqlash to ‘g‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar M ahkam asining 2002-yil 28-noyabrdagi « 0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga
qarshi kurashish departam enti faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 415-sonli qarorining 7-bandi ijrosini ta’min
lash maqsadida qabul qilgan buyrug‘i asosida faoliyat ko‘rsatayotgan
edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi
«Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan
olingan darom adlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchay
tirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi PQ-331-sonli qarori qabul
qilindi. Qarorda qayd etilishicha, mamlakatning huquqni muhofaza
qilish, moliya organlari tom onidan soliq sohasidagi qonunbuzar-
liklarni aniqlash va ularga barham berish, korrupsiya, soliqlar va
boshqa majburiy to ‘lovlarni to ‘lashdan bosh tortish, naqd pul va
xorijiy valuta mablag‘larining noqonuniy aylanishiga qarshi kura
shish b o ‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda.
Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda qonuniylikni ta ’minlashda
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va
valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departam enti muhim
o ‘rin egallamoqda. 0 ‘zining 5 yillik faoliyatida Departam ent tom o
nidan soliq va valutaga oid 52 mingtadan ortiq qonun buzilishlari
121
aniqlangan bo ‘lib, 13530 tasi b o ‘yicha jinoiy ishlar qo ‘zg‘atildi,
38887 nafar shaxslar m a’muriy javobgarlikka tortildilar.
K o‘rilgan choralar natijasida jam i 142,9 mlrd so‘m miqdoridagi
moddiy zarar va budjetga qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa
majburiy to ‘lovlar undirildi. Respublikaga noqonuniy olib kirilgan
22,4 mlrd socmlik tovar-m oddiy boyliklar olib qo ‘yildi. Xorijiy
valutaning yashirib qolinishi, chetga chiqib ketishi, noqonuniy
aylanishi bilan bog‘liq 2420 qonunbuzarliklar fosh etildi. Shu
bilan birga, soliq, valuta, boshqa iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish ishlarini tashkil etishda jiddiy kamchiliklar va foydalanil-
magan imkoniyatlar mavjud.
Iqtisodiy, moliyaviy, soliq sohalarida sodir etilgan jinoyatlar-
ning shart-sharoitlari va sabablarini, «xufyona biznes»ni shakllanish
yo‘llarini, xorijiy valutaning chetga chiqib ketish kanallari va ko‘p
m iqdordagi pul m ablag'larining bankdan tashqari noqonuniy
aylanishi m an b alarin i aniq lash va b a rta ra f etish ishlarining
samaradorligi past darajada qolmoqda. Jinoiy faoliyatdan olingan
darom adlarni legallashtirish holatlarini chuqur tahlil qilish, aniq
lash, oldini olish va ularga barham berishdagi axborot-tahliliy ishla-
rida zamonaviy tahlil usuli, uslublari va vositalari keng qo‘llanil-
mayotir.
M azkur jinoyatlarning ijtim oiy-xavfliligi tizim dagi barcha
tezkor-tergov, bank, boshqaruv va nazorat qiluvchi tuzilm alam ing
iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi huquq buzishlarini o ‘z vaqtida
aniqlash va zararsizlantirish bo ‘yicha kompleks va aniq muvofiqlash-
tirilgan tarzda faoliyat ko‘rsatishlarini talab etadi.
Moliyaviy razvedka va monitoringning samarali tizimini yaratish,
tezkor-qidiruv faoliyatida axborot-komm unikatsiya texnologiya-
laridan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy kurashish vosita-
larni joriy etish m uhim vazifa hisoblanadi.
Tezkor xizmat va surishtiruv bo‘linmalarining faoliyati asosan,
yaqqol ko‘rinib turgan qonun buzilishlarini aniqlash va oldini olishga
yo'naltirilgan bo‘lib, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarini
chuqur o ‘rganish va sabablarini aniqlash ta ’m inlanm ayotir. Soliq
va valuta sohasidagi qonun buzilishlari va ularni sodir etgan shaxslar
to ‘g ‘risidagi m a’lum otlarning yagona markazlashtirilgan hisobini
yuritish va m a’lumotlarning kom pyuter bazasini yaratish ishlari
tugallanm agan.
Iqtisodiy, moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini
tashkil etish, kriminogen vaziyat m onitoringini amalga oshirish,
122
ushbu sohada profilaktika ishlarini olib borishda huquqni muhofaza
qiluvchi organlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, moliya
va bank muassasalarining o‘zaro hamkorlik darajasi zamon talablariga
javob berm aydi. D epartam ent organlarida kadrlarni tanlash,
tayyorlash, qayta tayyorlash ishlari, tahliliy, tezkor bo ‘linmalarning
maxsus texnika va kriminalistika vositalari bilan ta ’minlanishi tubdan
qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.
Iqtisodiy, valuta-moliya va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi
kurashish faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, 0 ‘zbekiston
R espublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan d aro m ad larn i
legallashtirishga va terrorizm ni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to ‘g‘risida»gi Q onuni talablari ijrosini ta ’minlash maqsadida:
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq
va valutaga oid jin o y atlarg a qarshi kurashish d ep artam en ti
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq,
valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga aylantirilishi qayd
etildi.
D epartam ent tuzilmasida Jinoiy faoliyatdan olingan darom ad
larni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilsin,
departam ent va uning hududiy b o ‘linmalari boshqaruv xodimlari-
ning cheklangan soni 20 nafarga ko‘paytirilishi belgilandi.
Belgilab q o ‘yilsinki, departam ent 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan vakolatli
huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi, soliq, valutaga oid
jinoyatlar va huquq buzilishlariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan
darom adlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-
tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuning
dek, sodir etilgan qonun buzilishlari oqibatida yetkazilgan iqtisodiy
zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar departam entning asosiy vazifalari etib belgilangan:
• soliq, valutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlarini o ‘z vaqtida
aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish;
• jinoiy faoliyatdan olingan darom adlarni legallashtirishga va
terrorizm ni moliyalashtirishga qarshi kurashish to ‘g‘risidagi qonun
hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
• davlat soliq siyosati amalga oshirilishini ta ’minlash;
• soliqqa tortish bazasini kengaytirish;
• soliq to ‘lovchilami qamrab olinishi va hisobining to ‘liqligini
ta ’minlash;
123
• soliqlarni to ‘lashdan bo‘yin tovlash, qochishning mumkin
bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini, «xufyona» iqtisodiyotning
shakllanish yo‘llarini, korrupsiya hollarini o‘z vaqtida aniqlash va
bartaraf etish;
• valuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotlarning to ‘liqligi
hamda obyektivligini nazorat qilish;
• xorijiy valuta mablag‘larining qonunga xilof ravishda chetga
chiqib ketishi, olib kelinishi va olib chiqilishi, noqonuniy muoma-
lada bo‘lishi va valuta ayirboshlash operatsiyalari bilan bog‘liq boshqa
qonun buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish;
• moliyaviy razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish;
• jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va
terrorizmni moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan kanallari va mexa
nizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan moliyaviy, mulkiy operatsiyalar
monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;
• aniqlangan huquq buzilishlari to ‘g‘risida tegishli huquqni
muhofaza qilish organlari bo'linmalariga jinoiy ta’qibni tashkil etish,
m a’muriy ta ’sir choralarini ko‘rishlik uchun o‘z vaqtida axborot
taqdim etish;
• soliq va valuta-moliya sohasida aniqlangan jinoyatlar va huquq
buzilishlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq, nazorat qilinadigan
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar
to ‘g‘risidagi m a’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish
va yuritish;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari va
shartnomalariga muvofiq, valutani tartibga solish sohasida, shuning
dek, jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari hamda xalqaro ixtisoslash-
gan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborotlar
ayirboshlash;
• soliq siyosati va valuta muomalasini tartibga solish, shuningdek,
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi
kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish
masalalari bo‘yicha keng tushuntirish, profilaktika ishlarini amalga
oshirish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari tez-
kor-qidiruv faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda
qabul qilingan «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni bilan
tartibga solinadi. Bojxona organlari o‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston
124
Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu qonunga, 0 ‘zbekiston
Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnoma-
lariga amal qiladilar (Qonunning 3-moddasi). Davlat bojxona
xizmati organlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirar ekan,
qonunning 5-moddasiga asosan, o‘z vakolatlari doirasida quyidagi
huquqlarga egadirlar:
• tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o‘zini ko‘zdan ke-
chirish;
• yuridik va jismoniy shaxslardan ko'zdan kechirish uchun
tovarlar va transport vositalarini, shuningdek, zarur hujjatlarni
taqdim etishni talab qilish;
• valuta nazoratini amalga oshirish;
• moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek, yuridik
va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun
hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish;
• bojxona nazoratidan o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda
boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;
• bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar saqla-
nayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish;
• bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mate-
riallami belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda jismoniy va yuridik
shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;
• bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan
tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan
hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo‘yish;
• eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar 0 ‘zbe-
kiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda, shu
ningdek, aksiz markalari qo'yilmagan tamaki mahsulotlari va alko-
golli ichimliklar 0 ‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda,
transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va
saqlanganda, ularni musodara etish to ‘g‘risida qaror qabul qilish;
• surishtiruv o‘tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
• bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan
texnikaviy va maxsus vositalarni qo‘llash hamda cfonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar;
• Davlat bojxona xizmati organlari shu bilan birga, fuqarolarning
konstitutsion huquqlariga zid bo‘lmagan xalqaro bojxona organlari
talablariga binoan, bojxona masalalari bo‘yicha boshqa shartnomalarga
125
asosan, chet el davlatlarining bojxona yoki vakolatli organlari
talablariga binoan, tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishi mumkin;
• tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa davlat
organlari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyati tegishli qonunlar va
boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilangan tartibda, faqatgina ularga
yuklatilgan masalalarni hal etish uchun o'tkazilishi mumkin. Tez
kor-qidiruv faoliyati tarkibini tezkor-qidiruv faoliyati tadbirlari
tashkil etadi;
• prokuror nazoratining yana bir vazifalaridan biri qonunda
belgilanmagan tezkor-qidiruv tadbirlarini o ‘tkazilishi holatlarini
aniqlash va oldini olish va tezkor-qidiruv organlarining o‘z vako
latlari doirasida faoliyat yuritishlari ustidan nazorat qilishdan iborat;
• tezkor-qidiruv tadbirlari muhim bo‘lgan holatlarda tezkor-
qidiruv organlarining harakatsizligi tezkor-qidiruv faoliyatini
tartibga soluvchi qonunlar talablarining bajarilmasligini namoyon
qiladi. Shuning uchun bunday turdagi faktm aniqlagan prokuror
tezkor-qidiruv organlari qonun tomonidan belgilangan vazifalarga
erishish uchun, barcha harakatlarni amalga oshirilishi uchun
choralar qo‘llashi lozim;
• jinoyatlarni ochish va tergov qilish uchun muhim ahamiyatga
ega bo'lgan m a’lumotlarni olish, tezkor-qidiruv organlarining o‘z
huquqiy majburiyatlarini bajarish borasidagi dastlabki muvaffa-
qiyatli qadamidir. Yana shu narsa muhimki, ma’lumotlaming jinoiy
protsessual faoliyat doirasida qo‘llanishi uchun (surishtiruv organ
lari) tergovchilarga o ‘z vaqtida yetib kelishini ta’minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |