3.3. Prokuror vakolatlari, shakllari va usullari
Prokuror jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan
organlar tom onidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat
qilish jarayonida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
• surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan tekshirish uchun
jinoyat ishlarini, surishtiruv, tezkor-qidiruv faoliyatining hujjatlari
va materiallarini hamda boshqa m a’lumotlarni talab qiladi;
• sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza
va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda hal etish to ‘g‘-
risidagi qonun talablari ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
• tergovchilar va surishtiruvchilaming noqonuniy hamda asossiz
qarorlarini bekor qiladi;
• jinoyatlarni tergov qilish;
• ehtiyot chorasini tanlash, o ‘zgartirish yoki bekor qilish;
• jinoyat tavsifmi belgilash;
• ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish, ayrim tergov harakat-
larini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslami qidirish
to ‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;
• surishtiruv organlariga fuqarolarni ushlash, majburiy keltirish,
qamoqqa olish, qidirish, tintuv o ‘tkazish, olib qo‘yish va boshqa
tergov harakatlarini bajarish to‘g'risidagi, shu jum ladan, prokuror
yoki prokuratura tergovchisi ish yurituvida bo ‘lgan ishlar yuzasidan
qarorlarni ijro etishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir
etgan shaxsiarni aniqlash uchun zarur choralar ko‘rish to ‘g‘risida
k o ‘rsatm alar beradi;
• surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi ham da zarur
hollarda har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan
bajaradi yoki tergovni to ‘la hajmda amalga oshiradi;
• tergov ham da ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash mud-
datini uzaytirish haqida sudga iltimosnoma bilan m urojaat qiladi;
109
• jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘-
shimcha tergov o ‘tkazish to ‘g‘risidagi o ‘z ko‘rsatmalari bilan qay-
taradi;
• har qanday jinoyat ishini surishtiruv organidan olib tergov-
chiga beradi, shuningdek, uni bir dastlabki tergov organidan bosh-
qasiga, bir tergovchidan boshqasiga o ‘tkazadi;
• surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish
chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo ‘ygan b o ‘lsa, surishtiruv yoxud
dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlari olib
borilishiga sanksiya beradi;
•jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi,
jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini
to ‘xtatadi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tuga-
tishiga rozilik beradi;
• ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
• qonunga muvofiq, boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prokuratura organlari ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati
organlari bilan o ‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishadi. Jinoyat
chilikka qarshi kurashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlam i muvofiq-
lashtirilgan tarzda amalga oshirishga e ’tibor yanada kuchaytirilmoqda.
Prokuror nazoratining shakl va usullari bilan idoraviy nazorat
mavqeyini oshirish tadbirlari yanada takomillashtirilyapti.
Jinoyatlarni o ‘z vaqtida ochish va uni tergov qilish sifatini
yaxshilash maqsadida, kerakli hollarda tezkor-qidiruv faoliyati haqi
dagi m a’lum ot ham da maxfiy hujjatlarni o ‘rganib chiqish uchun
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni
32-moddasi 1-qismida k o ‘rsatilgan prokurorlarga berilgan vakolat-
lardan to ‘liq foydalanilgan holda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni
ochishda, doimiy ravishda harakatda b o ‘lgan tezkor-qidiruv guru-
hidan keng foydalanilib, bu gunih faoliyatiga katta tajribaga ega
bo ‘lgan yuqori malakali xodimlar rahbarlik qilishmoqda.
Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash, undirish,
shuningdek, musodara ehtim olini ta ’minlash choralari ko‘riladi.
Tergov sifati ham da tergov va surishtiruv ustidan prokuror nazo
ratini yaxshilash, tezkor-qidiruv samaradorligini oshirish choralari
takomillashtirilyapti.
Ilmiy texnika vositalari, kriminalistika sohasidagi yangi yutuqlar
va sud-ekspertizalaridan keng ko‘lamda foydalanilib, isbotlashning
110
m anbalaridan hisoblangan bilvosita dalillar aham iyatini sun’iy
cheklab qo‘yish hollariga barham berilmoqda. Jinoyatlarni ochish
va tergov qilishda qonunda ko‘rsatilgan, jumladan, dalillar to ‘plash,
ulam i mustahkamlash, baholashning barcha usullari imkoniyatlari
ishga solinayotir. Shahar-tum an prokurorlari IIBda yuritilayotgan
tezkor-qidiruv ishlarini bevosita o ‘rganib, qidiruv tadbirlarini
faollashtirish b o ‘yicha ko‘rsatmalar berishni m untazam amalga
oshirib borilmoqda.
Q oraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar transport, harbiy,
prokuratura, shahar-tum an va ularga tenglashtirilgan prokurorlar,
tergov va surishtiruv organlari tom onidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni
rad qilish, jinoyat ishini tugatish, tergov to ‘xtatish haqida qabul
qilingan qarorlarning asosliligini o‘z vaqtida tekshirib, ayblanuv-
chilarning tergov va suddan yashirinish hollarini oldini olish,
yashiringanlarni topish haqidagi qonun talablarining bajarilishi,
har bir jinoyat ishi b o ‘yicha tergovning faol va malakali o ‘tkazilishi
ta ’minlanyapti.
Qasddan odam o ‘ldirish, insonlaming qurbon bo‘lishiga sabab
bo'lgan ommaviy tartibsizlik, yemirilish, avariya, portlashlar va
o ‘t ketishlar, shuningdek, og‘ir oqibatlarga olib kelgan boshqa holat-
lar bo‘yicha voqea joyiga shaxsan prokuror o ‘zi chiqib, dastlabki
bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan barcha muhim tergov-tezkor
harakatlarining bajarilishini tezkorlik bilan amalga oshirishyapti.
Qayd etilgan holatlar, shuningdek, nomusga tegish, tovlama-
chilik, voyaga yetmaganlarning o ‘z joniga qasd qilishi va bedarak
yo‘qolishi, ko‘p va juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari bilan
bog‘liq bo ‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlarini amalga oshirish, valuta
va boshqa moddiy boyliklami juda ko‘p miqdorda talon-taroj qilish,
chet el fuqarosiga, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi
boshqa idoralar xodimlariga nisbatan ularning xizmat faoliyatlari
bilan bog‘liq holda sodir qilingan jinoyatlar yuzasidan aybdorlar
aniqlanm aganligi asoslari bilan tergov harakatlari t o ‘xtatilgan
hollarda, qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshirish
uch u n bunday jinoyat ishlari zudlik bilan viloyatlar va ularga
tenglashtirilgan prokurorlarga yuborilayotir.
Jinoyatlar to ‘g‘risida ariza va xabarlar ko ‘rib chiqilishining
qonuniyligi, o ‘z vaqtida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ustidan prokuror
nazoratining ta ’sirchanligi oshirilmoqda.
Har oyda kamida bir marta jinoyatlar to ‘g‘risidagi ariza va xabar-
lami qabul qilish, ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda hal qilishning qonuniyligi
i l l
qo‘shimcha manbalardan m a’lumot olgan holda solishtirish yo‘li bilan
tekshirilib, jinoyatlarni hisobdan yashirilganlik holati yuzasidan
idoraviy tartibda xizmat tekshiruvi o ‘tkazilmoqda. Qonun buzilishiga
yo‘l q o ‘ygan m ansabdor shaxslarning javobgarligi, shuningdek,
jinoyatlarni qasddan yashirgan xodimlarning jinoiy javobgarlik m a
salasi m uhim rol o ‘ynaydi.
Jinoyatchilik holati, uning o'sish, kamayish darajasi, jinoyat
laming ochilishi kabi hisobot m a’lumotlarini soxtalashtirish hollariga
chek qo‘yilishi lozim. M a’muriy va intizomiy choralar ko‘rilishi lozim
bo‘lgan, jinoyat hisoblanmaydigan harakatlarni jinoyat tariqasida
hisobga qo‘yishdek g‘ayriqonuniy amaliyotga barham berish kerak.
Tergovni har tom onlam a, to ‘la va xolisona bo‘lishini ta ’minlash
to ‘g‘risidagi qonun talablarining og‘ishmay bajarilishini, fuqaro
larning konstitutsiya bilan kafolatlangan shaxs va turar joylari
daxlsizligini, ayblanuvchilam ing himoya huquqlarini ta ’m inlash
borasida prokuror, tergovchi va surishtiruv organlari xodimlarining
alohida m as’uliyat bilan yondashuvlarini fe’minlash masalasi va
qonunni qasddan har qanday cheklab o ‘tishga, inson huquqlari-
ning buzilishiga m utlaqo yo£l q o ‘yilmasligi lozim.
Jinoyat sodir qilganlikda gum ondor sifatida fuqarolarni ushlab
turish qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytirilib, fuqarolarni vaqtin-
chalik ushlash hibsxonalarida saqlanishlarining qonuniyligini m u n
tazam ravishda har 10 kunda, kamida bir m arta tekshirishmoqda.
Og‘ir va o ‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilgan ham da xavffi jinoyatchi-
lam i duch kelgan asoslar bilan ochiqda qoldirilishining oldi olin-
m og‘i darkor.
Ehtiyot chorasi sifatida qam oqqa olishga sanksiya berish uchun
m urojaat qilishda, ayblanuvchini qamoqda ushlab turish va tergov
muddatini uzaytirish to ‘g ‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat
qilish masalasini hal qilishda prokurorlar jinoyat ishi materiallari
bilan tanishib, yig‘ilgan dalillam i chuqur o ‘rganib, tanqidiy baho
berishlari lozim. Qamoqqa olish uchun sudga sanksiya berish uchun
iltim osnom a bilan chiqishdan oldin, zarurat tu g ‘ilgan hollarda
gum on qilinuvchi va ayblanuvchilami, voyaga yetm aganlam i esa
har qanday hollarda ham shaxsan so‘roq qilishlari kerak.
B irinchi m arta sodir qilingan va ijtimoiy-xavfli bo'lm agan
jinoyatlar uchun qam oqqa olish chorasini q o ‘Ilash masalasini alo
hida diqqat bilan к о ‘rib chiqib, ayblanuvchi yoki gum on qilinuv-
chining shaxsi, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli, mehnatga m u n o
sabati haqidagi m a’lum otlar inobatga olinishi zarur.
112
Viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi va Milliy xavfsizlik
xizmati tergovchilari ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha
qamoqda saqlash ehtiyot chorasini qo‘llashga viloyat prokurorlari yoki
o‘rinbosarlari tomonidan ruxsat berilishi belgilab qo‘yilishi lozim.
Barcha prokurorlar jinoyat ishlari yuzasidan ayblash xulosasini
tasdiqlashda tergovni har tom onlam a, to ‘la va xolisona o ‘tkazil-
ganligini, e’lon qilingan aybning qanchalik asoslantirilganligini,
protsessual qonun talablariga to ‘liq rioya qilinganligini nihoyatda
diqqat bilan tekshirishi, qonun buzilganligi aniqlangan taqdirda,
tegishli choralar ko'rishi kerak bo ‘ladi. 0 ‘lim jazosi qo ‘llanilishi
mumkin b o ‘lgan jinoyat ishlari yuzasidan ayblash xulosasi shaxsan
viloyat va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tom onidan tasdiq-
lanishi kerak.
Prokuror va sudlar tom onidan qo‘shimcha tergovga qaytarilgan
jinoyat ishlari tergovi ustidan nazorat kuchaytirilib, oqlov asoslari-
siz jinoyat ishini tugatish niqobi ostida, g‘ayriqonuniy ravishda
fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish va jinoiy javobgarlikka tortish
hollarini yashirib qolishga urinishlarning keskin oldini olish lozim.
H arakatdan tugatilgan har bir jinoyat ishi viloyatlar va ularga
tenglashtirilgan prokuraturalar tom onidan o ‘rganib chiqilib, qabul
qilingan qaror asosli deb topilgan taqdirda, bu haqdagi xulosani
ilova qilgan holda zudlik bilan respublika prokuraturasining tegishli
boshqarma va b o ‘limlariga yuborishlari shart.
Sudlar yoki prokurorlar tom onidan qo‘shimcha tergovga qayta
rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ajrim va qarorlarda ko‘rsatilgan talablar
bajarilmaganligi sababli, ushbu jinoyat ishlari yana qo ‘shimcha
tergovga qaytarilgan taqdirda, tergovni sifatsiz olib borilish sabablari
viloyat va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar hay’at majlislarida
m uhokama qilinib, aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy javob-
garlik choralari ko'rilishi shart. Ishlarni ro‘yxati hay’at majlisi qaro-
rining nusxasi bilan yarim va bir yil yakuniga ko‘ra, 0 ‘zbekiston
Respublikasi prokuraturasiga yuborilib turilmog‘i kerak.
Tergovdan yashiringan ayblanuvchilarga nisbatan surishtiruv
organlari, mahalliy yoki davlatlararo qidimv e’lon qilganlari holda
ulam i ushlab keltirish (etap qilish) haqidagi qaror Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, 0 ‘zbekiston
Transport va Qurolli Kuchlarining harbiy prokurorlari tom onidan
sanksiyalanishi lozim.
Chet el fuqarosini ushlash, hibsga olish va jinoiy javobgarlikka
tortishda, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan talablarga qat’iy
8
-
21
113
rioya qilinishi belgilab q o ‘yilgan. 0 ‘zbekiston R espublikasi
hududidan tashqarida ushlangan ayblanuvchini olib keltirish (etap
qilish) haqidagi qaror 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi
orqali yuboriladi.
Jinoyatlar to ‘g‘risidagi ariza va xabarlaming ko‘rib chiqilishining
qonuniyligi, o ‘z vaqtida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ustidan prokuror
nazoratining ta’sirchanligi oshirilishi, oyida kamida bir marta jinoyatlar
to‘g‘risidagi ariza va xabarlami qabul qilish, ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda
hal qilishning qonuniyligi qo‘shimcha manbalardan m a’lumot olgan
holda solishtirish yo‘li bilan tekshirish vazifasi yuklatilgan.
Barcha prokurorlar jinoyat ishlari yuzasidan ayblash xulosasini
tasdiqlashda tergovni har tom onlam a, to ‘la va xolisona o ‘tkazil-
ganligini, e ’lon qilingan aybning qanchalik asoslantirilganligini,
protsessual qonun talablariga to ‘liq rioya qilinganligini nihoyatda
diqqat bilan tekshirish ham da jinoyat ishini tugatish yoki to ‘xtatish
haqidagi qarorlar birinchi m arta bekor qilinganda, nazorat olib
boruvchi prokurorlar tom onidan q o ‘shim dia tergov m uddati bir
oy davomida belgilanishi, shu jinoyat ishlari bo ‘yicha yana tugatish
yoki to ‘xtatish haqidagi qarorlar bekor qilingan taqdirda, JPK ning
351-moddasi talablariga q at’iy amal qilish lozimligi ta ’kidlangan.
Prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishning asosliligi va qonuniyligi
ustidan nazoratni amalga oshirishda jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari
sodir qilingan yoki tayyorlanayotgan jinoyatni tasdiqlovchi faktik
m a’lum otlarda o ‘z aksini topganligini hisobga olishi lozim.
Surishtiruv va tergov o ‘tkazish bosqichida, qonun talablari
buzilganligi haqida fuqarolardan tushgan ariza va shikoyatlar m at-
buotda chop etilgan xabarlarni har tom onlam a, to ‘la tekshirilib,
p.rokuror va tergovchilarning noto‘g‘ri harakatlari to ‘g‘risidagi ariza
va shikoyatlarni hal qilish ayni shu prokuror ham da tergovchilarga
topshirilmasligi lozim.
Fuqarolarning bedarak yo‘qolganligi to ‘g‘risidagi ariza va xabar
larni ко‘rib chiqishning qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytiril-
m og'i darkor. Ular yuzasidan shahar-tum an prokurorlarining bevo-
sita tergovoldi tekshiruvi o ‘tkazishlari, tergov qidiruv ishlari olib
borish xususida IIBga zudlik bilan topshiriqlar berib borilishi lozim.
Bedarak yo‘qolgan shaxs jinoyat qurboni b o ‘lganligi haqida asoslar
mavjud bo‘lgan taqdirda, zudlik bilan jinoyat ishi q o ‘zg‘atilishi
kerak b o ‘ladi.
Tergov va ayblanuvchilami qamoqda ushlanib turish muddatini
uzaytirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda, tergovni davom
114
ettirish zarurligining asosiy sabablari diqqat bilan o'rganilib, ayb-
lanuvchilami qamoqda ushlab turishning qanchalik asoslantirilganligi
hamda bu ehtiyoj chorasini uzaytirishning maqsadga muvofiqligiga
tanqidiy nuqtayi nazardan qaralishi kerak. Ehtiyoj chorasini
uzaytirish haqida keltirilgan iltimosnoma, ariza va shikoyatlarini ко‘rib
chiqib, hal qilinishining qonuniyligiga alohida e’tibor berilib,
qamoqdan asossiz ozod qilishga yo‘l
q o ‘y ik n aslig i
lozim.
Tergov muddatini hamda ayblanuvchilarni qamoqda ushlab
turish m uddatini uzaytirish haqidagi (iltim osnom a) qarorda,
jinoyat ishining qisqacha mazmuni, har bir ayblanuvchining shaxsi
to £g‘risidagi m a’lumotlar, ularning ushlangan vaqti, qo ‘llanilgan
ehtiyot chorasi, e ’lon qilingan aybning mazmuni, ayblanuvchi -
larning
Do'stlaringiz bilan baham: |