3 .2 . Surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning
ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining
mohiyati hamda vazifalari
Qonunchilikka muvofiq jinoyat ishi, m a’muriy yoki intizomiy
javobgarlik to ‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda oxirgi hal qiluvchi qaror
sud to m o n id an amalga oshirilsa ham , lekin m ana shu ishlar
yuzasidan adolatli hukm chiqarishda surishtiruv va dastlabki tergov
organlari m uhim o ‘rin tutadi.
100
Jinoyat protsessual qonun hujjatlariga muvofiq, surishtiruv va
dastlabki tergov organlari quyidagi vazifani amalga oshirishadi,
ya’ni:
• fuqarolarning, jam iyat va davlat manfaatlarini, huquq va
erkinliklarini jinoiy tajovuzlardan saqlash;
• fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida
tarbiyalash;
• jinoyatlarning oldini olish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish va jinoyatni
ochish;
• sudlarga yetarli va kerakli bo ‘lgan dalillarni kiritish, jinoyat -
chilarni qidirib topish;
• dastlabki tergovni to ‘liq va obyektiv olib borish.
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari o ‘z faoliyatlarini qonu-
niylik, odillik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning qonun
oldida tengligi va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi
prinsiplarga asoslanib amalga oshiradi.
H ar bir tergovchi jinoyat ishlarini tez va to ‘liq ochishi, jinoyat
sodir etishda ayblanayotgan shaxslar, albatta, javobgarlikka tortilish-
larini va aybi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishlari
shartligi haqidagi masalalarni hal qilishi kerak.
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tom onidan qonun
larning ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining asosiy maqsadi,
m ana shu organlar tom onidan olib borilayotgan ishlarning qan-
chalik qonunga muvofiqligi, tergovning obyektivligi, fuqarolarning
konstitutsion huquq va erkinliklarini ta ’minlash kabi masalalarni
to ‘g‘ri hal qilishdan iboratdir.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar,
0 ‘zbekiston transport prokurorlari tomonidan, davlat soliq va bojxona
qo‘mitalari idoralarida surishtiruv ustidan lozim darajada prokuror
nazoratini o ‘rnatishga qaratilgan tashkiliy va amaliy choralar ko‘rish
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
2005-yiI 17-fevraldagi jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va
erkinliklarini muhofaza qilish va ta’minlashga oid sohaviy 40-buyrug‘i
mavjud b o Llib, quyidagi m azm un va ko ‘rinishga ega:
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan
inson huquqlari va erkinliklarini ta ’minlash hamda ularni har qan~
day ko‘rinishdagi tajovuzlardan himoya qilish mamlakatimizning
huquqiy siyosati negizini tashkil etadi. Respublikamizda izchillik
bilan olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining bosh maqsadi —
101
um um e’tirof etilgan qadriyatlami hurm at qilish hamda inson huquq
va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta ’minlashdir.
Shu maqsadda, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura
to ‘g‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilinganligi, Jinoyat,
Jinoyat protsessual kodekslariga m uhim o ‘zgartish va qo‘shim chalar
kiritilganligi jinoyat protsessida shaxsning huquq va m anfaatlarini
muhofaza qilish borasida prokurorlarning faoliyatini tubdan yaxshi-
lashni taqozo qilmoqda. Ayniqsa, jinoiy jazolarning liberallash-
tirilishi munosabati bilan shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklari davlat tom onidan himoya qilinishining kafolati sifatida
prokuratura organlarining m as’uliyati yanada oshirilmoqda.
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tom onidan jinoyat
protsessual qonunchilik normalariga q at’iy rioya qilinishi ustidan
nazoratni kuchaytirish, qam oqqa olingan ham da sud qarorlari
asosida jazo o ‘tayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarining
buzilishiga yo‘l qo‘yilmaslik, shuningdek, ^udlarda jinoyat ishlari
ko‘rilishida prokuror vakolatini ta ’minlash faoliyati samaradorligini
oshirish m uhim aham iyat kasb etmoqda.
H uquqni muhofaza qiluvchi organlar ham da inson huquqlarini
himoyalash b o ‘yicha xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan sam arali
ham korlik qilish va bu borada oshkoralikka erishish inson huquq-
larining har qanday tarzda buzilishi holatlariga murosasizlik munosa-
batini shakllantirishning ta ’sirchan vositasi sifatida qaralmog‘i lozim.
Shu bois prokurorlar qonun bilan belgilangan vakolatlardan to ‘liq
foydalangan holda mamlakatdagi huquqni himoyalash m exaniz-
mining m uhim b o ‘g‘ini b o ‘lm og‘i zarur.
Yuqoridagilarga ko ‘ra, jinoyat protsessida shaxsning huquq va
erkinliklari himoyasini ta ’minlash yuzasidan prokuror nazoratini
tubdan yaxshilash m aqsadida, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Pro
kuratura to ‘g‘risida»gi Q onuni 13-moddasiga asosan,
1.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli tarm oq-
lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar,
tum an-shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokuror
lar surishtiruv va dastlabki tergovning barcha bosqichlarida jinoyat-
protsessual qonun norm alarining og‘ishm ay bajarilishi ustidan
q at’iy nazoratni ta ’minlasinlar.
Jinoyat protsessida shaxsning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitu-
tsiyasi, protsessual qonunchiligi ham da xalqaro huquqiy hujjatlarda
vakolatlangan huquq va erkinliklarining ta ’minlanishiga bosh m ezon
sifatida qaralsin.
102
2. Jinoyat ishlarini yuritish chog‘ida mutasaddi davlat organlari
va mansabdor shaxslar tom onidan qonunlarga to ‘ liq amal qilinishi
hamda shaxsning sha’ni, qadr-qim m atini hurmat qilish, fuqaro-
laming huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, aybsizlik prezump-
siyasi, jinoyat protsessining boshqa insonparvarlik prinsiplariga rioya
etilishi ustidan samarali va ta ’sirchan nazorat ta ’minlansin.
Surishtiruv va tergovning boshlang‘ich bosqichlaridan jinoyat
protsessi ishtirokchilarining qonunda belgilangan tartibda himoya
huquqi bilan ta ’minlanishiga alohida e ’tibor qaratilsin.
Surishtiruv va tergov harakatlarini o ‘tkazishda qonunni har
qanday tarzda buzish, adolatsizlikka yo£l qo‘yish, shaxsning qadr-
qimmati, sha’nini kamsitish va ayblanuvchi (gumonlanuvchi)ning
himoya huquqining buzilishi holatlariga favqulodda hodisa deb
qaralsin va aybdor shaxslaming javobgarlik masalasi qonun doirasida
hal qilinsin.
3. Protsessual majburlov choralarini q o ‘llashda qonun talab-
larining og'ishmay va so‘zsiz bajarilishi ustidan prokuror nazora-
tining ta ’sirchanligi oshirilsin.
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi,
o ‘zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefonlar orqali so‘z-
lashuvlarining sir saqlanishi to ‘g‘risidagi konstitutsiyaviy kafolat-
larni cheklash bilan bog'liq tergov harakatlarining o ‘tkazilishiga
ruxsat berishda jinoyat ishida yetarli asoslar mavjudligi sinchkovlik
bilan tekshirilsin.
Prokuror roziligisiz o ‘tkazilgan tintuvlarning asosliligi zudlik
bilan o'rganib borilsin. Zaruriyatsiz, qonunga xilof tarzda tintuv
o ‘tkazish va ashyolarni olib qo‘yishning har bir holati yuzasidan
q at’iy munosabat bildirilsin.
4. Fuqarolam i jinoyat sodir etganlikda gumon qilib ushlashning
asoslari va qonuniyligi har o ‘n kunda kamida bir marotaba tekshirib
borilsin. Shaxsning qonunga zid ravishda yoki zaruratsiz ushlangani
aniqlangan taqdirda, uni zudlik bilan ozod qilish choralari ko‘rilsin.
5. G um onlanuvchi, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish,
qamoqda saqlab turish yoki ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muas-
sasaga joylashtirish tarzidagi protsessual m ajburlov choralari
q o ‘llanilganida, bu haqda 24 soatdan kechiktirmasdan uning oila
a ’zolariga yoxud yaqin qarindoshlariga, agarda bu shaxs chet el
fuqarosi bo ‘lsa, 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga
xabar berish shartligi to ‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay
rioya qilinsin.
103
Prokurorlar tergov va surishtiruv organlari tom onidan ushlab
turilgan, qam oqqa olingan yoki ekspertiza o ‘tkazish uchun tibbiy
muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga m uhtoj
voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, qaram og‘ida
bo'lgan boshqa shaxslarini qarindoshlarining yoki tegishli muassasa-
laming homiyligiga topshirishi ham da protsessual majburlov chorasi
qoTlanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan m ol-m ulki yoxud
uy-joyi b o ‘lsa, ularning qo'riqlanishini tashkil etish choralari ko‘ri-
lishiga alohida e ’tibor qaratsinlar.
6. Qamoqqa olishga ruxsat berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish-
da prokurorlaming shaxsiy m as’uliyati oshirilsin. Bunda prokurorlar
surishtiruv va tergov jarayonida jinoyat protsessual qonunchilik
talablariga rioya qilinganligiga baho berib, barcha qamoqqa olinayot-
ganlarni shaxsan so‘roq qilib, ularga taalluqli quyidagi hujjatlarning
mavjudligi ham da ishga qo'shilganligiga alohida e ’tibor qaratishlari
talab qilinsin:
• shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
• yashash va ish (o ‘qish) joylaridan berilgan rasmiy m a’lum ot
lar ham da tavsiyanomalar;
• oilaviy ahvoli, voyaga yetmagan farzandlari va qaram og‘idagi
shaxslar haqida m a’lumotlar;
• jinoyat ishi b o ‘yicha yetkazilgan moddiy zararning to 'liq yoki
qism an to ‘langanligi haqidagi hujjatlar;
• m uqaddam sudlangan yoki sudlanmaganligi haqidagi vakolatli
organlardan olingan m a’lum otlar (talabnomalar).
Shuningdek, ish holatidan kelib chiqib, shaxsning turm ush
tarzi, xulq-atvori, sog‘lig‘i to ‘g‘risidagi va boshqa m a’lumotlar haqi
dagi hujjatlar olinib, ehtiyot chorasini qo ‘llash uchun jinoyat ishida
yetarli asoslar mavjudligi to ‘liq tekshirilsin.
7. Voyaga yetmaganlar, ayollar ham da uncha og‘ir bo'lm agan
jinoyatlami sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ehtiyot
choralarini q o ilash d a, ularning shaxsi, oilaviy sharoiti, jinoyat
oqibatlarini bartaraf etganliklari, qilmishlaridan pushaymonliklari,
m uqaddam sudlanmaganliklari holatlari inobatga olinsin.
Ularni qamoqqa olish masalasi istisno tariqasida, ayblanuv-
chining tergovdan qochib yashirinishi m um kinligi ehtim olini
tasdiqlovchi aniq asoslar bo £lgan taqdirda m uhokam a qilinsin.
8. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan
shaxslarga nisbatan ehtiyot choralarini qo'llash masalasiga e ’tibor
kuchaytirilib, uning m uhokam asi davom ida jinoyat oqibatida
104
yetkazilgan moddiy zararning qoplanganligi holatiga hal qiluvchi
mezon tariqasida qaralsin.
Yetkazilgan moddiy zararning miqdori va qilmishning ijtimoiy
xavfliligi darajasiga mutanosib ravishda, asosan, garov ehtiyot
chorasini qo‘llashga ustuvor ahamiyat berilsin.
9. Surishtiruv va tergov ustidan nazoratni amalga oshirishda,
shuningdek, dastlabki tergov va ayblanuvchilarni qamoqda saqlash
muddatlarini uzaytirish, ayblov xulolasini tasdiqlash chog‘ida e ’lon
qilingan ayblov ham da qollanilgan ehtiyot chorasining asosanligi
xolisona o ‘rganilsin. Yetarli asoslar mavjud bo‘lganda qamoqqa olish
tarzidagi ehtiyot chorasini o ‘zgartirish yoki bekor qilish masalasi
muhokama qilinsin.
Tergov jarayonida qamoqqa olish ehtiyot chorasini o ‘zgartirish
uchun qonunda ko'rsatilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda, bu
asoslar tegishli qarorda to ‘liq ko‘rsatilgan holda gumonlanuvchi yoki
ayblanuvchining qam oqdan ozod qilish masalasi ko‘rib chiqilsin.
10. Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini
himoya qilinishi yuzasidan prokuror nazoratini ta ’minlashda Bir-
lashgan Millatlar Tashkilotining «Inson qadr-qimm atini kamsituv-
chi harakatlar, qiynoq va boshqa tazyiqlarga qarshi kurash bora-
sida»gi konvensiyasi va bu boradagi 0 ‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonun hujjatlarining bajarilishiga qat’iy amal qilinsin.
11. Tergov hibsxonalari ham da jazoni ijro etish muassasalarida
mahbus va m ahkum larning saqlanishi qonuniyligi, belgilangan
muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy
jazolarning qonunga muvofiqligi, jazo o ‘tash tartibi va sharoitlarini
belgilovchi qonun talablarining bajarilishi yuzasidan har oyda bir
marotaba tekshirishlar o ‘tkazib turilsin.
Shuningdek, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasa-
laridagi sharoitlam i tegishli kelishuv asosida xorijiy davlatlaming
diplomatik korpus vakillari, xalqaro va boshqa nodavlat tashkilotlari
hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida belgilangan
tartibda o ‘rganib borish amaliyoti keng qo‘llanilgan.
Yo‘l qo ‘yilgan qonun buzilishi holatlarining sabablari sinch-
kovlik bilan tekshirilib, ulam i bartaraf etish choralari ko‘rilsin.
12. Tergov va surishtiruv davomida fuqarolarni qiynoqqa solish,
q o ‘rqitish, urish, d o ‘pposlash, ularga azob berish, ruhiy yoki jis-
moniy ta ’sir ko‘rsatish yoxud boshqa g‘ayriqonuniy usullar bilan
dalillarni to ‘plash holatlari aniqlanganida zudlik bilan aybdor
shaxslaming qonunda ko‘rsatilgan javobgarlik masalasi hal etilsin.
105
Tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan
m ahbuslarda tan jarohatlarining aniqlanishi holatlari bo'yicha
hujjatlar sinchkovlik bilan tekshirilsin va jinoyat protsessual qonun-
chilik talablari asosida qarorlar qabul qilinsin.
Jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlangan va qamoqqa olingan
shaxslarni qonunga zid tarzda tergov va surishtiruv uchun maqbul
ko‘rsatuv berishga majbur qilish hollariga y o i qo ‘yilmasin.
13. Surishtiruv va dastlabki tergovning har tom onlam a, to ‘liq
va xolisona o ‘tkazilishi ustidan nazoratni ta ’minlashda, shuningdek,
davlat ayblovini quw atlash chog'ida dalillarning jinoyat protsessual
qonunchilik talablari asosida vakolatli m ansabdor shaxs tom onidan
olinganligi, ularning ishga aloqadorligi va ishonchliligi to ‘liq
tekshirilsin.
14. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta ’minlash
haqidagi qonun talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchay-
tirilsin.
vs
Surishtiruv va tergov organlari tom onidan ichki ishlar organ-
lariga jinoyat protsessida ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti,
salomatligi, sha’ni, qadr-qim m ati va m ol-m ulkini muhofaza qilini
shini ta ’minlovchi barcha zarur choralarni ko‘rish xususida yozma
topshiriqlar berish amaliyotidan kengash foydalansin.
Bunda xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi
mavjud m a’lumotlar, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, m an-
balari, joyi, vaqti va boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlari
xabardor qilinsin.
15. Aybsiz deb topilgan va reabilitatsiya qilingan shaxsning
qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, qam oqda saqlangani, ishda
ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifa-
sidan chetlashtirilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani natija-
sida yetkazilgan moddiy zaraming undirilishi hamda m a’naviy ziyon
oqibatlarining bartaraf etilishi qonunda belgilangan tartib va muddat-
larda hal etilsin.
16. Surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat hamda sud-
larda jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatining ta ’minlanish
tarm oqlari o'rtasida amaliy hamkorlikning shakl va uslublari tako-
millashtirilsin, qonun buzilishi holatlarini o ‘z vaqtida aniqlash va
b artaraf etish maqsadida mutasaddi idoralar bilan doimiy axborot
almashinuvi yo‘lga qo ‘yilsin.
17. Sudlar tom onidan jinoyat ishi bo ‘yicha oqlov hukmining
chiqarilishi, shuningdek, tergovda jinoyat ishining reabilitatsiya
106
asoslarida tugatilishi yuzasidan zudlik bilan Bosh prokuraturaga
maxsus xabarnom alar berilsin, protsessual qarorlar bilan kelishil-
ganda esa viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar
tomonidan tasdiqlangan xulosalar bilan jinoyat ishlari Bosh proku
raturaga yuborilsin.
Bu toifadagi ishlar Bosh prokuraturaning tegishli boshqaruvlari
(bo‘lim) to m o n id an kelib tushgan kundan boshlab, har oylik
m uddatda o ‘rganilib, qonuniy baho va takliflar berilsin.
18. Fuqarolar va ularning turar joylari daxlsizligi to ‘g‘risida
konstitutsiyaviy kafolatlarga qat’iy rioya etilishi, jinoyat ishlarini
to ‘liq, har tom onlam a va xolisona tergov qilish hamda gumon-
lanuvchi va ayblanuvchilarning himoya huquqini ta’minlash borasida
prokurorlar, tergovchilar, shuningdek, surishtiruv organlari xodim-
larining shaxsiy m as’uliyati oshirilsin.
19. Surishtiruv va tergov jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi
organlari xodimlarining shaxsiy m as’uliyati oshirilsin.
Surishtiruv va tergov jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi
organlar xodimlari tom onidan inson qadr-qimm atini kamsituvchi
harakatlar, qaynash, qo'rqitish, tan jarahatlari yetkazish va boshqa
tazyiqlar qilinganligi, surishtiruv va tergovdan noroziligi, noqo-
nuniy tintuv va olib q o ‘yish harakati o ‘tkazilganligi, qonunga xilof
ravishda ushlanib, qamoqqa olinganligi, himoya huquqi buzilganligi
ham da qonunga muvofiq boMmagan boshqa x atti-h arak atlar
to ‘g ‘risida fuqarolarning murojaatlarining hal etilishi alohida nazo-
ratga olingan.
Zarur hollarda murojaat bo‘yicha muallifning bevosita ishtirokida
tekshirish o'tkazilsin. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bar-
taraf etish, ularning oldini olishga qaratilgan qat’iy choralar ko'ril-
sin hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan choralar
ko'rilsin.
Prokuratura organlarida fuqarolar va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirishda Ushbu
toifadagi ariza-shikoyatlarini hal etilishi tahliliga jiddiy e ’tibor qara
tilsin, qonun buzilishiga y o i qo'ygan mansabdor shaxslarning
qilmishiga huquqiy baho berilganligi, ko‘rilgan choralarning asos-
liligi, ularning oldini olish va mavjud muammolarga barham berish
borasidagi amaliy ishlarga m unosabat bildirilsin.
20. Fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish va jinoiyjavobgarlikka
tortishda jinoyat protsessual qonunchilik talablariga rioya qilinishi
ahvoli har yarim yilda kamida bir m arotaba Bosh prokuraturaning
107
jin o y atch ilik k a qarshi kurashishni tashkiliy-uslubiy jih a td a n
ta ’m inlash b o £limi va joylardagi tegishli b o ‘lim lar tom onidan
umumlashtirilib, tezkor va hay’at majlislari muhokamasiga kiritib
borilsin.
Fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish, shuningdek, jinoyat ishi
b o ‘yicha shaxsni ijtimoiy-xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab,
javobgarlikka tortish haqida qonunga xilof ravishda qarorlar qabul
qilgan, bundan tashqari, shu jinoyat ishlari b o ‘yicha sudda qonunga
zid fikr bergan ham da dastlabki tergov ustidan nazoratni olib
borib, asossiz xulosa tuzgan xodimlarga nisbatan prokuratura organ-
laridan bo ‘shatishgacha b o ‘lgan q at’iy choralar ko‘rilsin. Bunday
harakatlar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tom onidan bila turib
sodir etilgani aniqlangan taqdirda, ularni qonunda belgilangan
tartibda jinoiy javobgarlikka tortish masalasi k o ‘rib chiqilsin.
Shu bilan birga, fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish yoki jinoyat
ishi bo'yicha shaxsni ijtimoiy-xavfli qilm ishni sodir etganlikda
ayblab javobgarlikka tortish vaqtida yetarli asoslar mavjud bo'lib,
keyinchalik unga q o ‘yilgan ayb o £z tasdig'ini topmaganligi uchun
reabilitatsiya etilgan holatlarda xodimlaming intizomiy javobgarlikka
tortilishiga yo£l q o £yilmasin.
21. Fuqarolarni qonunga xilof ravishda ushlash, qamoqqa olish,
jinoiy javobgarlikka tortish, sudda oqlanishi holatlariga oid statistik
hisobotlarning haqqoniyligi ta ’minlansin. Oqlov hukmi chiqarilgan
yoxud sudning apellatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichlarida
reabilitatsiya asoslari bilan tugatilgan ishlar haqidagi m a’lumotlar,
sud qarorlariga protest keltirilganligidan q at’i nazar, hisobotga kiri-
tilsin.
22. Bosh prokuraturaning tegishli tarm oqlari tom onidan jinoyat
sudlov jarayonida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkin
liklariga rioya etilishi ustidan ta ’sirchan nazorat amalga oshirilib,
yuzaga kelgan masalalar kompleks tarzda hal qilinsin.
Tekshirish o £tkazish yoki am aliy yordam ko ‘rsatish uchun
joylarga chiqilganda, m azkur sohada prokuror nazorati ahvoli
ham da ushbu buyruq ijrosi albatta o ‘rganilsin.
23. Bosh prokuraturaning jinoyatchilikka qarshi kurashni tash-
kiliy-uslubiy ta ’m inlash b o ‘limi ham da qonunchilikni m ustah
kamlash muamm olari va prokuror-tergov xodimlarining malakasini
oshirish M arkazi tom onidan bu sohadagi xato va kamchiliklarni
bartaraf etish borasida tavsiya va uslubiy qo £llanm alar tayyorlanib,
m untazam ravishda o £quv mashg£ulotlari o £tkazib borilsin.
108
24.
Prokuratura organlari tomonidan inson huquq va erkin
liklarini himoyalovchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish
amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Bunday aloqalar doirasi kengaytirilib,
jinoyat protsessida qonuniylikni ta ’minlash, fuqarolarning konstitu-
tsiyaviy huquq va erkinliklarini himoyalash borasida prokurorlar
tom onidan amalga oshirilayotgan ishlardan jamoatchilikni m un-
tazam xabardor etib turish maqsadida turli konferensiyalar, qo‘shma
tadbirlar, press-konferensiyalar va boshqa vositalardan samarali
foydalanib borilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |