partishligi, mehnatni sevmasligi tezda o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Ota-
onaning bir-biriga nisbatan yuksak ahloqiy munosabatini ko`rgan bola kelgusida
oila qurganda o`z turmush o`rtog`i bilan shunday yashashga tayyor bo`lib boradi.
Hayot ilmida ona qiz bola uchun, ota esa o`g`il bola uchun ustoz, murabbiydir.
Dono xalqimizda "onasini ko`rib qizini ol, raxini ko`rib bo`zini ol" deb bejiz
aytilmagan [11,151].
Ota-onaning, avlod-ajdodlarining nojo`ya hatti-harakatlaridan, nopok
ishlarida farzand ham aziyat chekadi, shunday odamlarning farzandi bo`lganidan
ruhan afsuslanadi. Ba`zi ota-onalar farzandlarining kelajagini faqatgina moddiy
ta`minlashdan iborat deb biladilar. Shuning uchun ham turli yo`llar bilan uzoq
avlod-ajdodlariga etadigan mol-dunyo to`plashga harakat qiladilar, ochko`zlik
kasaliga mubtalo bo`ladilar. Inson jismi-jonidagi kasalliklarni davolash mumkin,
18
lekin bu kasallikni davolash juda murakkab. U insonni insoniylikdan mahrum
etadi, turli jinoyatlarga, noahloqiy hatti-harakatlar sodir etishga etaklaydi, el-yurt
ichida obro`sizlantiradi. Bunday boylik farzandga baxt emas, baxtsizlik keltiradi.
Bola uchun o`z millati, madaniyati, san`ati, dini, oila an`analari, urf-
odatlarini chuqur bilish va ulardan ma`naviy ozuqa olish, g`ururlanish tarbiyaviy
xarakter kasb etadi. Oila tarbiya maskani bo`lib, shaxsning kelajagi shu maskanda
tarbiyaning qanday amalga oshirishiga tarbiyachi hisoblanmish ota-onaning o`z
burch va vazifalariga qanday munosabatda bo`lishiga bog`liqdir. Oiladagi har bir
kishining o`z burch va vazifalariga mas`uliyat bilan yondashishi oila
mustahkamligi, jamiyat farovonligiga erishishning omili hisoblanadi. Oilaviy
munosabatlar madaniyati qanchalik yuksak bo`lsa, jamiyatning taraqqiy etishiga
shunchalik ijobiy ta`sir qiladi. Oila faqat er bilan xotin munosabatlarini emas, balki
ota-onalar
bilan
bolalar,
aka-ukalar,
opa-singillar,
qarindosh-urug`lar
munosabatlarini ham ifodalaydi. Oila jamiyat bag`rida tashkil topib, taraqqiy etib
borar ekan, o`zi ham ana shu jamiyatning kichik bir bo`lagi sifatida namoyon
bo`ladi [12,200].
Tarixiy taraqqiyot tahlili shuni ko`rsatadiki, oiladagi bu munosabatlar o`z-
o`zidan, ziddiyatlarsiz shakllanmagan. Balki zamon ehtiyojiga mos holda
o`zgarib, kurashlar jarayonida hozirgi holatiga kelgan. Hozirgi kunda ham
oilaviy munosabatlar bola, ona-bola, qaynona-kelin va boshqa oila azolari
o`rtasidagi munosabatlar turli darajada tafovutlidir.
Oilaviy
munosabatlardagi
bu
tafovutlarning
chuqurlashishi
ayrim
holatlarda oilaning barbod bo`lishiga olib kelgan. Shuning uchun oilaning
mustahqamlash
maqsadida
hamisha
oilaviy
munosabatlarin
takomillashtirib kelingan. Oilaviy munosabatning sofligi, uning oiladagi
bolalarning xulq-atvoriga, ma`naviy kamolotiga ta`sirini va ularning bolalar bilan
o`zaro munosabatiga bog`liq bo`lgan. Oiladagi kundalik munosabat, bu hatto
extiyoj bo`lib, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashining asosidir. Ota-
onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o`zaro shaxsiy masalalar
19
yuzasidan bir-biri bilan bo`ladigan munosabatlari sof, samimiy, erning xotinga,
xotinning erga nisbatan o`zaro hurmati, ularning har qanday murakkab sharoitda
ham o`zaro bir-birini tushuna olish, iffati asosiga ko`rilsagina, bunday oilada
musaffo ma`naviy muhit vujudga keladi. Otaning onaga, akaning otaga
betakalufligi, bir-biriga qo`pol muomalasi, hayotiy qiyinchiliklarni engishdagi bola
tarbiyasidagi, oilaning moddiy ta`minotidagi, turli fikrlilik shu oiladagi o`zaro
munosabatlarning buzilishga olib keladi.
Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi sabrlilik, o`ylab, aql-zakovat bilan oilaviy
yumushlarini birgalikda maslahatli hal etilishi, ularning bir-biriga mehribonligi,
farzandlarga bir hilda muomalada bo`lishi har ikkala tomonning qarindosh-
urug`lariga, qo`ni-qo`shnilariga bir hilda mehr-muhabbat, hurmat bilan qarashi, bir
so`zligi, haqqoniyligi va x.k.lar. tarbiyada ijobiy samarasini beradi. Shuningdek
ichish, chekish, giyohvandlik, yolg`ochilnk, manmanlik va boshqa shu kabi
illatlaridan holi bo`lishi oilaviy munosabat madaniyatining sofligini ta`minlovchi
xususiyatidir. Oilaviy munosabatlar madaniyatining takomillashuvi jamiyat
taraqqiyotiga hamda har bir oila a`zolarinng jamiyatda va oilada gutgan o`rni,
movqei, bajaradigan vazifasi, jamiyat va oilaning erkak va ayol farzandlariga
munosabati, g`amxo`rligi, ijtimoiy himoyasiga bog`liq bo`ladi. Oilaviy
munosabatlarining mag`zini tashkil etgan er-xotin munosabatlari oila o`zgarishi
bilan o`zgarib boradi [13,22].
Ota-onalarning farzandlarga, farzandlarning ota-onalarga munosabatini
to`g`ri yo`naltirish o`ta murakkab vazifa bo`lib, har bir oilaning o`ziga xos
xususiyatidan kelib chikib, tarbiya jarayonida turli uslublarni qo`llashni talab
etadi. Ota-onalar qanchalik ma`naviy boy, e`tiqodli va yuqori ma`lumotga ega
bo`lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o`z farzandlarida munosabat
madaniyatini shakllantira oladilar. Faqat maslahat berish, mu`qullash, jazolash,
suhbat va fikr almashish bidangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan
birgalikda ishlash, ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalashlari
kerak. Bolalar o`z faoliyatlarida ota-onalarning mashg`ulotlariga qiziqish bilan
20
munosabatda bo`lishsa, ular o`rtasida do`stona munosabatlar qaror topadi. Bolalar
ota-onalaridan, aka-opalaridan o`zaro munosabat mezonlarini o`rganib, nima
foydali ekanligini biladilar, bu orqali aniq tasavvurga ega bo`ladilar. Oila
a`zolarining turmush va hayotiy tajribalari, madaniy saviyalari qanchalik boy
bo`lsa, ular bolalar bilan shu darajada yaxshi muloqotda bo`la oladilar, ya`ni
oilada qanchalik mustahkam bo`lsa, bolalarining iste`dod va imkoniyatlarini
shunchalik boyita oladi.
Jamiyatning o`zi ham oilalarni moddiy imkoniyatlarini yaxshilash, ota-
onalarnning madaniy saviyasini oshirish, yoshlarga ta`lim va tarbiya berish
tizimlari faoliyatini yuksaltirish orqali yoshlarni jismonan sog`lom ma`naviy
barkamol, ahloqiy pok qilib o`stirishga xarakat qiladi. Ota-onalar o`zaro
munosabatlarining samimiyligi oilada bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir qiladi. Zero
oilada turmushning yaxshi tahlil etilishi, muayyan sog`lom ruhiy muhit, ya`ni
mehnat, dam olish, ovqatlanish, o`quv mashg`ulotlari, o`yinlari, sayr qilish, bo`sh
vaqtdan samarali foydalanish ko`ngildagidek ichki intizomi vujudga keltiradi.
Shuning uchun doimo, har qanday .sharoitra xam oilada mu`tadil munosabatlarni
saqlashga, unda sog`lom vaziyat o`rnatishga erishish lozim. Chunki oilada
sog`lom ruhiy muhit bo`lmas ekan, yoshlarni tarbiyalashda ham er-xotin
o`rtasidagi munosabatda xam, qo`yingki, oilaning boshqa azolari o`rtasida xam
totuvlik va ososyishtalik bo`lmaydi. Bu esa, oilada turli ko`ngilsiz voqealarning
kelib chiqishga sabab bo`ladi [14,172].
Oila - hayotiy mazmuniga hamda jamiyat tomonidan ma`qullanadigan
xususiyatlarga ega bo`lgan ijtimoiy hodisa. Unda ijtimoiy hayotning barcha asosiy
qirralari,
vazifalari
hamda
xususiyatlari,
sinkretik
tarzda
bo`lsa-da
mujassamlashgan. Inson umri mobiynida oila ta`sirini sezib turadi, dastlab ota-
onasining oilasida, so`ng o`zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham
oila insonning shaxs sifatida qaror topishiga muhim tarbiyaviy ta`sir ko`rsatadi.
Insonning shaxs sifatida hayotiy xususiyatlari, so`zsiz, oilada shakllanadi.
21
Inson oilada individual va ijtimoiy hayot ko`nikmalarini hosil qilibgina
qolmay, balki unda o`zaro munosabatlarni yo`lga qo`yish bo`yicha ota-ona
maqomini ham oladi. Shaxs ijtimoiy faolligini shakllantirishdek yaxlit jarayonning
bu qirrasiga ko`plab omillar, jumladan, oilaning moddiy farovonligi, ota-onaning
saviyasi, oilaviy qadriyatlar tizimi, bolaning ta`lim olish jarayonida ota-onaning
ishtiroki singari jixatlar ta`sir ko`rsatadi. Oilada qabul qilingan va farzandga
singdiriladigan madaniy qadriyatlar tizimi ota-onaning madaniy saviyasiga va
manaviy darajasiga ham bog`liq. Agar ota-ona o`zlari qiziquvchan bo`lishsa,
shubhasiz, ularning farzandlari ham bilimga ixlos qo`yadi. Oilada ehtiyojga
aylangan kitob o`qish sirasi, ilmga intilish yo`li farzandlarga ta`sir etadi va
muqarrar ravishda ularga o`tadi. Bolalarga xos bo`lgan ota-onaga taqlid qilish
tabiiy ravishda bilimni ham o`zlashtirish uchun ma`naviy qadriyatlarni mustaqil
ishlash mahoratini muntazam boyitib borishga bo`lgan barqaror ma`naviy
extiyojga aylanadi. Bolaning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi [15,27].
Bolaga mustaqil harakat qilish imkoniyati berilishi zarur. Aks holda, u
xayotga tayyor bo`lmay qoladi. Bolaga muayyan vazifa yuklanayotganda, oila
a`zolari ushbu vazifaning ma`suliyatini xis ettirishlari lozim. Bir so`z bilan
aytganda, bolaga berilayotgan oila tarbiyasida g`amxo`rlik bilan talabchanlik
mutanosib ravishda bo`lishi kerak. Shundagina Vatanga fidoiy, sodiq, e`tiqodi
mustahkam, jamiyat oldidagi mas`uliyatini xis etadigan, mustaqil fikrga ega
shaxsni kamolotga etkazish mumkin.
Oilada bola tarbiyasining o`ziga xos qoidalari mavjud bo`lib, ota-onalar ulardan
o`rinli foydalnishlari lozim. Xususan, ular qo`ydagicha:
22
oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish.
ota-ona obro`sini saqlash.
tarbiyada ota-ona, kattalar o`rtasida talabchanlik birligi.
bola shaxsini mehnatda tarbiyalash va h.q.
Oilada farzand tarbiyasini to`g`ri yo`lga qo`iishning asosii vazifasi, uning
ma`naviy olamida e`tiqodni shakllantirishdir. Buning uchun ota-onalar eng avvalo
oilaning mustahkam bo`lishini ta`minlamoqlari zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |