1.2. O`zbekistonda mustahkam oilani rivojlantirishning ustuvor vazifasi.
Jahon xalqlari kabi O`zbekistonda ham 15-may - xalqaro oila kuni bayram
sifatida nishonlanadi. Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993
yil 20 sentyabrida bo`lib o`tgan yig`ilishida 1994 yildan boshlab, har yili 15 may
kunini xalqaro oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilindi. Bu qarorni qabul
10
qilishdan maqsad - barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyat diqqatini
inson o`z umrini o`tkazadigan, o`z orzu umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini
ta`minlaydigan maskan - oilaning mustahkam bo`lishiga qaratishdir.
1998 yilni "oila yili" deb e`lon qilinishi va shu munosabat bilan "oila
manfaatlarini ta`minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigai chora-tadbirlar
Davlat dasturi" ning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etildi.
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish
davlatimiz siyosatining ustivor o`nalishlaridan biri ekan, u quyidagi asosiy
yo`nalishlarni o`z ichiga qamrab oladi:
oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari
huquqiy himoya qilinishini ta`minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza
qilish;
oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila
a`zolarining sog`ligini muhofaza qilish va ta`lim darajasini oshirish uchun shart-
sharoitlarni yaxshilash;
oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratish,
oilaning daromadlarini, oila a`zolarining ish bilan ta`minlash darajasini oshirish,
ro`zg`or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta`minlangan oilalarni
davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash;
oilaning ma`naviy-ahloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirsh
uchun shart-sharoitlar yaratish;
oilaning sog`lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har
tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini
takomillashtirish;
oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, oila, xotin-qizlar va
bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko`rsatuvchi statistika hisobotini
to`plash va takomillashtirish.
Oila
a`zolarining
huquqiy
savodxonligi
va
ma`naviy
madaniyatini
shakllantirish; har tomonlama sog`lom turmush tarzini qaror toptirish; oilaning
ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish; oilada tadbirkorlikni keng
11
yo`lga qo`yish; nogironlikning turli ko`rinishlarini oldini olish chora-tadbirlarini
belgilash; oilada komil insonni tarbiyalash; yoshlarni umuinsoniy va milliy
qadriyatlar mushtarakligida mustaqil hayotga tayyorlash tizimini yaratish va
amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan shug`ullanuvchi mutasaddi davlat va
jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, maktab va jamoatchilik hamkorligini
mustahkamlash; oilada sog`lom psixologik muhit yaratish zamirida oilada ba`zan
uchraydigan jinoyatchilik, nikohning bekor qilinishi, giyohvandlik, nosog`lom
e`tiqod, maishiy nopoklik, axloqsizlikning turli ko`rinishlarga yo`l qo`ymaslik kabi
masalalar bugungi kunda oilalarni jamiyat talablari darajasida shakllanishi uchun
zamindir [5].
Hozir nafaqat bizda balki jahondagi barcha demokratik dunyoviy davlatlarda
oilani mustahkamlash, tarbiyani yaxshilash, xotin - qizlar, bolalarning huquqlarini
himoya qilish, jismoniy va ma`naviy sog`lom avlodni tarbiyalash masalalariga
e`tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
tashabussi bilan (1998 yil)"oila yili", (1999 yil) "ayollar yilli", (2000 yil) "sog`lom
avlod yili", (2001 yil) "ona va bola yili", (2012 yil) "mustahkam oila yili" deb
e`lon qilinishi, O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning "jamiyatda
ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-
quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib
chiqish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni bilan Mahalla va oilani qo`llab-
quvvatlash vazirligi tashkil etildi.Prezidentning "O`zbekiston Respublikasi
Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida"gi
qarori bilan vazirlik faoliyatining asosiy yo`nalishlari belglab berildi.
2020 yil 12 fevralda O`zbekistonda mahalla va oila masalalari vazirligi
tashkil etilishi asos bo`lib xizmat qilmoqda. Ushbu qarorlarning qabul qilinishi
oilalar tinchligini har tomonlama qo`llab-quvvatlash ular bilan maqsadli ishlarni
tashkil
etish
oilalarda
ma`naviy-axloqiy
muhitni
mustahkamlash
va
sog`lomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishga to`sqinliq qilayotgan bir
qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi.
O`zbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar
12
Tashkilotining barqaror taraqqiyot dasturlari doirasida, shuningdek 2017-2021
yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor
yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasi doirasida qaraladi. Shuningdek,
respublikamizda ijtimoiy institutlarning eng qadimgisi oila va fuqarolarni o`zini
o`zi boshqarish tizimini mazmunan va mohiyatan modernizasiya qilish jarayoni
davlat tomonidan iqtisodiy qo`llab-quvvatlanmoqda. Chunki, O`zbekistonda ota-
onalar o`z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur
ekanligi Konstitusiyada belgilab berilgan [6,112].
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 fevral 2020 yilda "jamiyatda
ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-
quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib
chiqish chora-tadbirlari to`g`risida" PF-5938-son farmonida jamiyat va oilada
sog`lom va barqaror ijtimoiy-ma`naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va
osoyishtalikni ta`minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh
qilish, "Sog`lom oila – sog`lom jamiyat" va "oila muqaddas" degan ezgu
g`oyalarni
hayotga
tatbiq
etish,
oilalardagi
ma`naviy-axloqiy
muhitni
sog`lomlashtirish, milliy oilaviy qadriyatlardan kelib chiqib er-xotin, ota-ona va
farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o`rtasidagi munosabatlarni
mustahkamlashda ko`pni ko`rgan keksalarimizning o`rnini oshirish choralarini
ko`ramiz.
Mahallalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni yanada yaxshilash, o`zaro hurmat,
mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirish, milliy qadriyatlarni saqlash va
rivojlantirishda faol ishtirok etamiz. Ma`lumki, bugungi kunga qadar O`zbekiston
faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg`armasi,
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo`yicha Respublika kengashi, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi, ichki ishlar
vazirligi va o`ttizdan ortiq tashkilot hamda idoralar tomonidan uzoq yillardan
buyon bevosita oilalar bilan o`z sohalari bo`yicha faoliyat olib borilayotgan edi.
Aynan mazkur hujjat loyihasi yuqoridagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirgani
13
bilan qimmatlidir. Sababi mamlakatimiz Prezidenti ushbu me`yoriy hujjatda har bir
hudud va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshi bilgan holda oilalar bilan
ishlayotgan mutaxassislarning bilimi, malakasi, ularning asosiy ishlari bilan band
bo`lishlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig`ini idorasi va ularni texnik jihozlar
bilan ta`minlash, hatto oylik maoshlarini oshirish masalalariga ham katta alohida
e`tibor qaratdi. Mukammal to`g`ri ishlangan qaror loyihasi ajrimlar kamayishi,
nochor oilalarga yordam, noqobil oilalar ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
Oiladagi tarbiyaning muhimligi ya`ni otaning o`rni, kattalarga hurmat, ustoz-
pedagoglarni ulug`lash, milliy qadriyatlarni e`zozlash va ularni rivojlantirish zarur
masalalardan biri ekanligi qarorda o`z ifodasini topgan. Xalq farovonligi, oilalarni
tinchligi, oilalardagi hamjihatlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan vazifalarni
bajarish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va g`amxo`rliklar har birimizning
oldimizga qo`yilgan vazifalarni to`laqonli va mas`uliyat bilan bajarishimizni
taqozo etadi.[8,256]
Tadqiqot davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
"oila" markazi tomonidan Toshkent viloyatining Parkent tumani bo`limida 2018 yil
avgust oyida hamda 2019 yil yanvar oyidan viloyatning 22 ta tuman va shaharlarda
"bo`lg`usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi" tashkil qilingani ham aynan
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etilishi o`rganilgan.
Shu davr mobaynida bu maktabni o`n mingga yaqin juftlik tugatib,
sertifikatlarga ega bo`lishdi. Ushbu yosh oilalar o`rtasida so`rovnomalar o`tkazildi
va tahlillar ajrimlar holatlari bo`lmaganligini, faoliyat esa natijasisiz
ketmaganligini anglatdi. Shu bilan bir qatorda Toshkent viloyat "oila" markazining
maxsus o`quv kursi tomonidan yangi dastur asosida mahallada "xotin-qizlar bilan
ishlash va oilalarda ma`naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha
mutaxassislarning 1030 nafarining malakasi oshirilgani hududlarda muammoli
oilalar bilan yangicha yondashuv asosida ishlashga imkoniyat yaratdi. Bundan
tashqari,
mahallalarda
madaniy
tadbirlarni
tashkil
etish,
ma`naviyatga
yo`naltirilgan rang-barang ko`rsatuvlar sonini ko`paytirish bo`yicha takliflar ham
14
berilgani yoshlarning ta`lim-tarbiyasida muhim o`rin tutishi haqida ham tegishli
tavsiyalar berildi. O`ylamizki, bu hujjat yurtimizda "Obod mahalla – xavfsiz
mahalla" tamoyiliga asoslangan mutlaqo yangi tizim bo`yicha yo`nalishda to`g`ri
faoliyat olib borishimizda dasturialamal bo`ladi. Unga ko`ra, mahallalarimiz obod,
oilalarimiz tinch va farovon yashashi ta`minlanadi. Xotin-qizlar har tomonlama
qo`llab-quvvatlanib, yoshlarning ma`nan va jismonan sog`lom bo`lishiga jiddiy
e`tibor qaratiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi "jamiyatda
ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-
quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib
chiqish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PF-5938-son Farmoni bu boradagi ishlar
samaradorligini yanada oshirishga keng imkoniyat, qulay muhit yaratgan edi.
Mazkur tarixiy hujjat bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosiga videoselektor
yig`ilishida yana bir karra ahamiyat qaratilgani nafaqat biz faollar, balki
xalqimizga ham o`zgacha quvonch ulashdi, desak xato bo`lmaydi. Yig`ilishda
mahallalarni rivojlantirish uchun zarur resurs, vakolat va sharoit yaratilgani alohida
ta`kidlanib, bundan keyin barcha darajadagi rahbarlar va hokimlarning amaliy
ishlar va natijadorlikka o`tishi kerakligi vazifa sifatida belgilab berilganidan juda
quvondik.
Mazkur qarorda mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitga salbiy
ta`sir ko`rsatuvchi holatlarning oldini olish bo`yicha tizim yo`lga qo`yilmaganligi,
oqibatda ayrim mahallalarda notinch oilalar, huquqbuzarliklar ko`payganligi,
shuningdek, xotin-qizlar va voyaga etmaganlar orasida o`z joniga suiqasd qilish
holatlari uchrayotgani juda achinarli ekanligiga e`tibor qaratdi. Ayni paytda, "oila
– muqaddas" degan azaliy va ezgu g`oya qadrsizlanib, ming yillik milliy
qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi og`riqli holatlarni kamaytirib
bo`lmasligini, buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga
chiqishi kerakligi, chunki faollar, ko`pni ko`rgan oqsoqollar, tajribali
nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni
15
hal qilishga, xato qilgan yoshlarni to`g`ri yo`lga solishga qodir ekanligiga to`xtalib
o`tdi [9,26-27].
Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish haqida taklif mutasaddi
tashkilotlarning "bir yoqadan bosh chiqarib", yagona maqsad yo`lida faoliyat
ko`rsatishlarini ta`minlash, bir so`z bilan aytganda, joylarda muammolarni hal
qilishning yaxlit va ta`sirchan vertikal tizim sifatida "Obod va xavfsiz mahalla"
tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish, ushbu noyob tuzilmaga hurmat
tuyg`usini shakllantiradigan sahna asarlari va badiiy filmlar yaratish yuzasidan
bergan ko`rsatmalari – davlatimiz rahbarining chuqur va puxta o`ylab qabul qilgan
qaroridir.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |